Urganch Davlat universiteti Tarix fakulteti


yil 15 avgust kuni ikkita mustaqil davlat Hindiston Ittifoqi va Pokiston dominion davlati tashkil topganligi e'lon qilindi. Hindiston hukumatini Javaharla'l Neru, Pokistonnikini esa Liakat Alixon


Download 1.03 Mb.
bet2/7
Sana02.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1074763
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi arxiv ishi tog’risdagi qonuni

1947 yil 15 avgust kuni ikkita mustaqil davlat Hindiston Ittifoqi va Pokiston dominion davlati tashkil topganligi e'lon qilindi. Hindiston hukumatini Javaharla'l Neru, Pokistonnikini esa Liakat Alixon boshqardi.

  • 1947 yil 15 avgust kuni ikkita mustaqil davlat Hindiston Ittifoqi va Pokiston dominion davlati tashkil topganligi e'lon qilindi. Hindiston hukumatini Javaharla'l Neru, Pokistonnikini esa Liakat Alixon boshqardi.
  • Hindiston va Pokistonning mustaqillikka erishishi atrofda- gi ingliz mustamlakachilariga ham katta ta'sir ko'rsatdi. 1948 yil 4 fevral kuni Syeylon (Shri Lanka) mustaqilligi e'lon qilindi. Nepal va Birma ham shu davrda mustaqillikka erishdi.

Hindistonning bo'linishi ko'plab muammolarni keltirib chi- qardi. Bo'linish paytidagi mojarolarda odamlarning ommaviy o'ldirilishi uzoq yillarga Hindiston va Pokiston o'rtasida o'zaro dushmanlik hissini shakllantirdi. O'z yurtini tashlab, boshka xududlarga ko'chish ham millionlab kishilar hayotiga tasir qildi, 17 million kishi uy-joyi va mol-mulkidan ayrildi. O'zaro qirg'inlar paytida ko'plab kishilar halok bo'ldi, faqat 1948 yil yanvargacha 2 mln kishi jabr ko'rdi.
Eng og'iri Panjob va Bengaliyaning bo'linishi bo'ldi. Bu jara- yonda hindlar, sikhlar va musulmonlar o'rtasida qonli to'qnashuvlar boshlandi, okibatda 500 ming kishi halok bo'ldi. Hindistonning bo'linishi jahonning yangi tarixidagi eng katta aholi migrasiyasi- ni keltirib chiqardi - 12 mln hindlar, sikhlar va musulmonlar o'z uylarini tashlab, tashkil qilingan yangi davlatlar – Hindiston va Pokiston xududiga tarqalib ketdi.

Hindistonning ko'plab hududlarida majburiy ko'chib kelganlarning juda katta lagerlari paydo bo'ldi. Masalan, Dehli atrofida Panjobdan qochib kelganlar uchun 400 ming kishilik lager kurildi. Hindu Mahasabxa va Rashtriya Svayamsevak sangx (RSS «Vatanning ko'ngilli xizmatchilari ittifoqi») singh shovinistik tashkilotlarning igvolari tufayli musulmonlar qirg'ini juda katta mikyos kasb etdi. Tartibsizliklarni bartaraf qilish uchun armiya va ma'muriy organlarni jalb qilish qiyinchilik tug'dirardi, zotan ularda ham diniy mansublik bo'yicha bo'linish mavjud edi.

  • Hindistonning ko'plab hududlarida majburiy ko'chib kelganlarning juda katta lagerlari paydo bo'ldi. Masalan, Dehli atrofida Panjobdan qochib kelganlar uchun 400 ming kishilik lager kurildi. Hindu Mahasabxa va Rashtriya Svayamsevak sangx (RSS «Vatanning ko'ngilli xizmatchilari ittifoqi») singh shovinistik tashkilotlarning igvolari tufayli musulmonlar qirg'ini juda katta mikyos kasb etdi. Tartibsizliklarni bartaraf qilish uchun armiya va ma'muriy organlarni jalb qilish qiyinchilik tug'dirardi, zotan ularda ham diniy mansublik bo'yicha bo'linish mavjud edi.

O'zaro qirg'inga qarshi norozilik sifatida 1948 yil 12 yanvar- da M. Gandi ochlik e'lon qildi. 18 yanvar kuni Dehliga yig'ilgan diniy jamoalar vakillari zo'ravonliklarni to'xtatishga va'da berdilar. Ammo hindlar M.Gandi, J. Neru va Hindiston Milliy kongressining (HMK) boshqa rahbarlarini musulmonlarni himoya qilganlikda aybladi. 1948 yil 30 yanvarda 500 ming kishi ishtirok etgan juda katta miting chog'ida Hindu Mahasabxa tashkilotidan bo'lgan hind-mutaassibi tomonidan M.Gandi o'ldirildi.
M.Gandining o'limi hindlar uchun juda katta milliy fojia bo'ldi. Bu fojia jazavaga tushgan olomonni bir oz jilovladi, o'ylab ko'rishga, qon to'kishni to'xtatishga majbur qildi.
Mamlakatning bo'linishi yagona infratuzilma faoliyatini ham izdan chiqardi: poezdlar temir yo'llarda to'xtab qoldi, elektr ta'minotida uzilishlar boshlandi. Paxta, jut (Hindiston kano pi), bugdoy ekiladigan asosiy qishloq xo'jalik hududlari Po- kistonga, sanoat hududlari Hindistonga o'tdi. Hindistonda

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling