Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»
Mashg`ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o`quv didaktik tarqatma materiallar
Download 245.69 Kb.
|
Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»
Mashg`ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o`quv didaktik tarqatma materiallar
1.Psihologik va pedagogik maslahat iboralarini eshitganinganingizda fikringizga qanday so`zlar iboralar keladi? Degan savol bilan magistrlarga murojaat etiladi: Bunda biz interfaol usullardan biri aqliy hujum usulini qo`llaymiz .Aqliy hujum g`oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodir. “Aqliy hujum ” metodi biror muammoni echishda talabalar tomonidan bildiririlgan erkin fikr va mulohazalarini to`plab,ular orqali ma`lum bir echimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og`zaki shakllari mavjud. Aqliy hujum ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha har qanday mulohaza va takliflarni billdirishlari mumkin.Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo`ladi.Metod samarasi fikrlar xilma –xilligi bilan tavsiflanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi qaytadan ifodalanmaydi Aqliy hujum tugagach muhimlik jihatiga ko`ra eng yahshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi. 2.Psihologik va pedagogik maslahatlarni samarali tashkil etishning shart sharoitlari haqidagi fikrlar munozarasini “3х4”pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4 ta kichik guruhlarga bo`linadi.Har bir guruh uchun bir varaq qog`oz olinib,psihologik va pedagogi maslahatlarni samarali tashkil etishning shart sharoitlari haqidagi fikrlar haqida 3 tadan guruh fikrini yozishni hamda hamda bu fikrlar yozilgan qog`ozni (saot strelkasi yo`nalishi bo`yicha ) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi.Keyingi guruh esa yana yana bu haqda uchta fikr bilan to`ldirishi va keying guruhga uzatishi lozim.Shu tarzda davom etib har bir qog`ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo`lgach,guruhlar bu fikrlarni tahlil etib guruhning bir umumlashtirilgan fikrini bildirilishi talab etiladi. 3.Psihologik va pedagogik maslahat ishlarining mazmuni,bochqichlari asosiy qoidalarini muhokama etish uchun kichik guruhlarda ishlash metodidanfoydalanish maqsadga muofiq.Kichik guruhlarda ishlash uchun3 ta kichik guruhga bo`linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib ushbu masalalar bo`yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi. 1-guruh uchun tarqatma materiallar. Download 245.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling