Urganch davlat universiteti «tasdiqlayman»


Xitoy yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari


Download 364.5 Kb.
bet19/34
Sana22.08.2023
Hajmi364.5 Kb.
#1669187
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
33267 Yangi tarix ishchi dastur 2022. ХАМДАМдан

Xitoy yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari.
Ilk yangi davrda Xitoyda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. Manchjurlar hukmronligining o’rnatilishi. Manjur hukumatining ichki siyosati. TSin imperiyasining agrar siyosati. Savdo-sotiq, manufaktura, hunarmandchilik va shahardagi ijtimoiy ahvol. Manjur hukmdorlarining bosib olish siyosati. TSin sulolasining tashqi siyosati. Xitoyning yakkalanish siyosati. Xitoy xalqining Manjur hukmdorlariga qarshi kurashi. TSin imperiyasining iqtisodiy va siyosiy ahvoli. G’arb mamlakatlari va Xitoy. Birinchi ingliz-xitoy (afyun) urushi. 1842-1844 yillardagi tengsiz shartnomalar. Dexqonlar urushining boshlanishi. Taypinlar va ularning ichki va tashqi siyosati. TSin hukumati va G’arb davlatlari. Taypin davlatining qulashi. Xalq haraqatlari. Dungan-uyg’ur qo’zg’oloni. Yoqubbek va uning siyosati. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari. Iqtisodiy va siyosiy munosabatlar. XIX asr oxiri -XX asr boshida Xitoy. Xitoyda yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va ularning xususiyatlari. Kan Yuvey rahbarligida islohotchilik harakati. Sun Yatsenning birinchi tashkiloti – “Xitoy uyg’onishi ittifoqi”. Ixetuan qo’zg’oloni va uning mag’lubiyatga uchrashi. 1901 yilda tuzilgan Yakunlovchi protoqol va Xitoyning yarimmustamlaka holiga tushib qolishi. XX asr boshlarida Xitoyda iqtisodiyotning rivojlanishi. 1905-1907 yillarda Xitoyda norozilik haraqatlarning o’sishi. “Birlashgan ittifoq” (tukmen). Sun-Yat-Senning “3 tamoyili”. Sinxay inqilobining boshlanishi. Sin saroyining siyosati. Respublika hukumatining tuzilishi va Sun Yatsenning vaqtincha prezident qilib saylanishi. Sin sulolasi hokimiyatining tugatilishi. Yuan Shikayning hokimiyatga kelishi. Gomindanning tashkil bo’lishi. Birinchi jahon urushi yillarida Xitoyning siyosiy va iqtisodiy ahvoli.

2

3.

Hindiston yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari.
Ilk yangi davrda Hindiston. Boburiylar davlatining inqirozi. Hindistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. XVIII asrning 2-yarmida Hindistonda Angliyaning hukmronligi. Hindiston va Ost-Hind kompaniyasi. Hindiston Angliyaning xom ashyo manbai. Hindistonda yer egaligi qatlamining shakllanishi va hind ziyolilarining paydo bo’lishi. Yangi shaharlarning rivojlanishi. 1857-1859 yillardagi xalq qo’zg’olonlari. XIX asrning 60-yillarida Hindistondagi ichki va tashqi vaziyat. Iqtisodiy va madaniy munosabatlar. XIX asrning oxiri - XX asrning boshida Hindiston.Hindiston iqtisodiyoti va mustamlakachilik zulmining kuchayishi. Agrar munosabatlar. Hindistonga ingliz sarmoyasining kirib kelishi. Hindistonda tovar-pul munosabatlarining o’sishi. Milliy sanoat rivojlanishi. 1860-1870 yillarda milliy ozodlik harakati va undagi asosiy oqimlar. Hindiston milliy kongressining tashqil bo’lishi va uning faoliyati. Musulmon jamoa harakati. 1906-1908 yillarda ishchilar va dexqonlar harakati. “Svaraj” va “svadeshi”. 1905 yilda Bengaliyaning bo’lib yuborilishi va ommaviy haraqatlar. Birinchi jahon urushi davrida Angliyaning Hindistondagi siyosati. M.M.Gandi faoliyatining boshlanishi.



2


4


Download 364.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling