Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
Umumiy tushuncha. Gidrostatika suyuqliklarni muvozanat qonuniyatlarini o‘rganadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek gidromexanik jarayonlar asosida gidrodinamikaning qonunlari yotadi va bu qonuniyatlardan issiqlik va modda almashuvi hamda kimyoviy jarayonlarni samaradorligini oshirishda foydalaniladi.
Gidravlikada suyuqlik, gaz va bug‘larning birlashtirib umumiy bir nom – tutash muhitlar yoki suyuqlik deb yuritilishi qabul qilingan. Bunga sabab suyuqlik va gazlar tovush tezligidan kichik tezlik bilan harakatlanganda ularning harakat qonuniyatlari bir xil bo‘ladi. Suyuqlik va gazlarning ko‘pchilik xossalari bir-biriga yaqin va o‘xshashdir. Masalan suyuqliklar ham, gazlar ham muayyan bir shaklga ega emas, ular qanday idishga solinsa shu idish shaklini egallash xususiyatiga egadirlar. Ularni qovushqoqliklari o‘rtasida farq juda katta emas, kritik haroratdan yuqori haroratda suyuqlik bilan gazlar orasidagi farq umuman olganda yo‘q desa xam bo‘ladi. Gidravlikani asosiy qonuniyatlarini keltirib chiqarishda ideal suyuqlik 10
egan tushunchadan foydalaniladi. Ideal suyuqlik deb qovushqoqligi yo‘q, bosim ostida sira ham siqilmaydigan, harorat ortganda esa zichligi o‘zgarmaydigan suyuqlik tushuniladi. Tabiatda aslida bunday suyuqlik yo‘q. Har qanday suyuqlik ham bosim ortganda juda oz miqdorda bo‘lsa ham siqiladi. (tomchilanuvchi suyuqliklar) va harorat ortganda ularning zichliklari kamayadi. Bunday suyuqliklarga real suyuqliklar deyiladi. Real suyuqliklar o‘z navbatida tomchilanuvchi va elastik suyuqliklarga bo‘linadi. Yuqorida aytib o‘tilgandek tomchilanuvchi suyuqliklarni hajmiy kengayish koeffitsenti juda kichik bo‘ladi. Elastik suyuqliklarda esa (gazlar va bug‘lar) harorat yoki bosim o‘zgarishi bilan ularni hajmi ham o‘zgarishi kuzatiladi. Idishga solingan suyuqlik shu idish devorlariga va tubiga ma’lum bosim bilan ta’sir ko‘rsatadi. Suyuqlikni o‘zi ham har bir nuqtasida ma’lum bosim ostida bo‘ladi. Agar suyuqlik muvozanatda bo‘lsa, ya’ni tinch holatda turgan bo‘lsa u holda undan hayolan ajratib olingan elementar yuzaga gidrostatik bosim kuchi ta’sir etadi. Shu bosim kuchini kuch ta’sir etayotgan yuzaga nisbati gidrostatik bosim deyiladi va Ifoda bilan aniqlanadi. Bosimni o‘lchov birligi kuchni yuzaga nisbati kabi aniqlanadi. Ya’ni SI o‘lchovlar birligi tizimida bosim N/m2 yoki Pa da o‘lchanadi. Ko‘pincha bosimni metr suv ustuni, millimetr simob ustuni, atmosfera, bar kabi o‘lchov birliklarida ham ifodalash mumkin. Xususan 1at=1kg /sm2 10 metr suv ust=735,5 mm.sim.ust = 0,9181 bar = 9,8x 104 Pa ga teng. Agar bosim atmosfera bosimidan ortib ketsa-ortiqcha bosim deyiladi, kamayib ketsa-siyraklanish (vakuum) deyiladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling