Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Download 1.66 Mb.
bet2/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

Oraliq nazorati. ...........................................................

11 modul Modda almashinish jarayonlari va xossalari.


12 modul Quritish jarayonlari va uskunalari, ularni


hisoblash. ....................................................................


13 modul Materiallarni qattiqligi va ularni maydalash


jarayonlari. ...............................................................


14 modul Engil, maxsus, kompozit va quruq qorishmalar,


4

ularning ishlatilishi.


YAkuniy nazorat ..................

3. Mustaqil ta’lim mavzulari ..


4. Glossariy


5. Namunaviy dastur


6. Ishchi o‘quv dasturi


7. Tarqatma materiallar


8 Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini

qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ..........................


9. Fanni o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo‘yicha boshqa


materiallar keltirilishi mumkin .............................


10. Fan bo‘yicha xorijiy adabyotlar (elektron


shaklda) ..............................................................................

5
1-Modul. Kirish. “Qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayoni va apparatlari" fanining axamiyati va vazifasi


Reja

Kirish




  1. Gidromexanik jarayonlar.




  1. Issiqlik almashinuv jarayonlari.




  1. Modda almashinuv jarayonlari.




  1. Kimyoiy jarayonlar.




  1. Mexanik jarayonlar. Nazorat savollari.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.




Kirish.

O‘zbekistonning mustaqil milliy demokratik davlat sifatida rivojlanishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biri «Ta’lim to‘g‘risida» gi yangi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning qabul qilinishi bo‘ldi.


Keyingi yillarda qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarish yanada rivojlanganligi va hozirgi paytda u xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biriga aylanib borayotganligi ”Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar” kursini yaratish zarurati vujudga kelganligini ko‘rsatadi.


Yurtimizda xalq xo‘jaligi uchun ayniqsa qurilish sohasida malakali mutahassislar tayyorlashda ―”Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar” fanining aloxida o‘rni bor.


Ushbu fan talabalarga ixtisoslik fanlarini chuqur o‘zlashtiribgina qolmay, ularni hisoblash usullarini, qanday yo‘l bilan ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va texnologik qurilmalardan unumli foydalanishni o‘rgatadi.


6


Asosiy elementar jarayonlar.

Xom ashyoni materialga, buyumga yoki iste’mol predmetlariga aylantiruvchi jarayonni o‘rgatuvchi fan bu texnologiyadir, ya’ni texnologiya deganda xom-ashyoni iste’mol buyumiga aylantirish maqsadida o‘tkaziladigan bir qator usullar tushuniladi. Quriish materiallarini turlari nihoyatda ko‘pligiga qaramasdan ularni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar sanoqlidir. Ularga: a) maydalash (xom ashyoni kukun holiga keltirish), b) navlarga ajratish, v) aralashtirish (ya’ni gamogen xolatga keltirish) g) shakl berish va zichlash, d) issiqlik va termik qayta ishlash kabi jarayonlar kiradi. Mehnat qilib xom ashyoni berilgan ishlab chiqarish yo‘nalishiga mos maxsulotga aylantirish jarayoniga asosiy jarayonlar deyiladi. Masalan sement yoki ohak ishlab chiqarishda kuydirish, temir beton ishlab chiqarishda shakl berish va issiqlik yordamida qayta ishlash, issiqlik izolyasiyasi materiallarida bug‘lanish va h.z.


Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda kechayotgan texnologik jarayonlarni asosan besh turga bo‘lish mumkin. Ular:


1.Gidromexanik jarayonlar


2.Issiqlik almashinuv jarayonlari


3.Modda almashinuv jarayonlari


4.Kimyoviy jarayonlar


5.Mexanik jarayonlar


1.Gidromexanik jarayonlar-bu shunday jarayonlarki ularni kechishi mexanika va gidrodinamika qonunlari bilan belgilanadi. Ularga quvurlar orqali suyuqlik yoki gaz uzatish, suyuqliklarni aralashtirish,emulsiya suspenziyalarni cho‘ktirish, filtrlash, donador va sochiluvchan moddalarni mavhum qaynashi kabi jarayonlar kiradi.


Xalq xo‘jaligining qaysi soxasida bo‘lmasin kechayotgan jarayonni tezligini oshirishga harakat qilinadi, chunki jarayonni tezligini ortishi qurilmaning ish unumdorligini ko‘payishiga olib keladi. Har qanday jarayonda ham xarakatlantiruvchi kuch jarayonni tezligiga to‘g‘ri, qarshilikka



7


esa teskari proporsional bo‘ladi. Harakatlantiruvchi kuch-gidromexanik jarayon uchun bosimlar farqi bo‘lsa, issiqlik almashinish jarayonlari uchun harorat farqi, modda almashinuv jarayonlari uchun esa konsentratsiya farqi sifatida aniqlanadi. Shuning uchun ushbu kinetik jarayonlarni proporsiya ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:



  1. kA

bu erda M-jarayonni so‘ngi natijasini ifodalovchi kattalik,  - jarayonni harakatga keltiruvchi kattalik, - vaqt, A - berilgan jarayon yoki apparat uchun ish parametrini tavsiflovchi kattalik, K - proporsionallik koeffitsienti





  1. Issiqlik almashinish jarayonlari bu shunday jarayonki unda issiqlik harorati yuqori jismdan harorati past jismga o‘tishi kuzatiladi.

Ularga isitish, sovutish, bug‘latish va boshqalar kiradi. Issiqlik almashinish jarayonini tezligi issiqlik o‘tkazish qonunlari bilan belgilanadi. Ularni quyidagi kinetik tenglama orqali ifodalash mumkin.


Q t K t



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling