Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
5-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.
Quritish qurilmalarida qurish protsesslarini o‘rganish. Quritish jarayoni kinetikasi Kojux-trubali issiqlik almashinish apparatlari (kojux ichiga olingan trubali apparat, qisqacha kojux-trubali apparat). Bu tipdagi apparatlar juda keng tarqalgan. Bunday isitkichlar qobiq (kojux) ichiga joylashgan trubalar to‘plamidan iborat bo‘lib, trubalarning uchlari to‘rlarga mahkamlangan bo‘ladi (19.1-rasm). Apparatning yuqorigi va pastki qismlarida qopqoq flanets yordamida truba to‘riga biriktiriladi. Yuqorigi va pastki qopqoqlarga isitilayotgan yoki sovitilayotgan agentlarni berish uchun shtutser mo‘ljallangan. Trubalar to‘rlarga razvalsovka, payvandlash, kavsharlash va salьniklar yordamida biriktirilishi mumkin (20.2-rasm). Issiqlik tashuvchi agentning birinchisi trubalarning ichidan, ikkinchisi esa trubalar va apparatning ichki devori oralig‘idagi bo‘shliqdan harakat qiladi. 193
20.1-rasm. Bir yo‘lli kojux-trubali issiqlik almashinish apparati:
1-qobiq; 2-truba to‘rlari; 3-trubalar; 4-qopqoq; 5,6-issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 7-bolt; 8-qistirma. Bir yo‘nalishli kojux-trubali issiqlik almashinish apparati ko‘rsatilgan. Bunda isitiluvchi gaz yoki suyuqlik qopqoqdagi patrubka orqali bitta trubadan kirib, o‘sha trubadan chiqib ketadi. Ko‘pincha, bu tipdagi isitkichlarda isitilayotgan va issiqlik berayotgan muhitlar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. Isituvchi agent doim isitkichning yuqorigi qismidan va isitilayotgan muhit esa apparatning pastki qismidan trubalar ichiga beriladi. Bu muhitlarning yo‘nalishi isitkichdagi yo‘nalishga mos keladi, chunki isitilayotgan vaqtda temperatura ortishi va kamayishi bilan ularning zichliklari o‘zgaradi. Masalan, bug‘ o‘z issiqligini berib sovishi natijasida uning zichligi oshib, pastki qarab harakat qiladi. Bundan tashqari, muhitlarning bu yo‘nalishida ularning tezliklari bir xil taqsimlanib, apparatning ko‘ndalang kesimida issiqlik almashinish o‘zgarmas bo‘ladi. 194
20.2-rasm. Trubalarni truba to‘rlariga biriktirish usullari: a) razvalsovka; b) kanalsimon teshiklar orqali razvalsovka qilish; v) payvandlash; g) salniklar bilan zichlash. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling