Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
Sana13.06.2020
Hajmi0.74 Mb.
#118535
Bog'liq
171-QXALTE Karimjanova Ambarjon


 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 

TEXNIKA FAKULTETI 

QHALTE YO`NALISHI 

 

 

 



Urganch davlat univerisiteti texnika fakulteti 171-QHALTE talabasi 

Karimjanova Ambarjon Ravshanovnaning “arxitektura tarixi” 

fanidan yozgan 

 

 

 



 

 

Mavzu:    

Toshkentning oshxona-fabrikalari, turmush umumlashtirilishadagi 

yutuqlar va kamchiliklar.

 

 

 

 



 

 

 



 

                                    

 

               Urganch 2020 - yil 



 

 



 

 

 



Reja: 

 

1.Go'zal  Toshkent 



2.Toshkentning oshxona-fabrikalari haqida ma'lumot 

3.Turmush umumlashtirilishidagi yutuqlar va kamchiliklar 

4.Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Bugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi 



sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va 

ularning  zamonaviy  ko‘rinishdagi  talqini  diqqatimizni  o‘ziga  jalb  etadi.  Shuni 

ta’kidlash lozimki, binoda xoh u tarzda bo‘lsin, xoh interyerda, an’anaviy dekorativ 

grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi ko‘rinishi binolarimizning ko‘rkiga 

ko‘rk qo‘shib turibdi (Qodirova,2004). Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan 

Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, Liboslar galereyasi va yana ko‘plab 

mustaqillik yillarida bunyod etilgan binolarimizni kiritishimiz mumkin.

 

 



Yuqorida  sanab  o‘tilgan  binolar  ichida  Xalqaro  forumlar  saroyi  shubhasiz 

Toshkentda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarning eng mahobatli va ulug‘vor 

ko‘rinishlaridan biridir. 

Binoning tashqarisiga nazar tashlasak, umuman olganda, u zamonaviy ruhda 

bajarilgan. Ammo oq marmardan ishlangan an’anaviy shakldagi ustunlar, binoning 

karnizidagi sharafa, yog‘och o‘ymakorlik eshiklar, turli milliy uslubdagi dekorlar 

an’anaviy me’morchiligimiz bilan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

 

 



“Yoshlar  ijod  markazi” binosi  tarzlari  zamonaviy  minimalizm  uslubida  hal 

qilingan.  Asosiy  tarzning  katta  yuzasini  oq  devorlarga  kontrast  holda  to‘q  tus 

berilgan  oynalar  egallagan.  Ammo  bu  tarzdagi  asosiy  kirish  oldida  milliy 

arxitekturaga xos bo‘lgan ustunli peshtoq tashkil qilingan. Ustunlar shaklan ko‘proq 

zamonaviy, dekorativ elementlar deyarli ishlatilmagan.

 


 

 



 

Bino  karnizida  elementlari  yiriklashtirilgan  sharafa  tarzga  o‘ziga  xos  shakl 

bergan. 

 

Eski  Juvada  qad  ko‘targan  “Liboslar  galereyasi”  tarzlari,  an’anaviy  jamoat 



binolaridagi kabi, suvalmagan va yuqori qismi moviy gumbaz bilan yakun topgan. 

Binoni tashqi ko‘rinishi sarg‘imtir g‘ishtli devor, oq rangli sharafa va moviy rang 

gumbazning kompozitsion birligi vositasida xal qilingan. Asosiy tarzda katta yuzani 

zamonaviy  arxitekturaga  xos  bo‘lgan  vitrajlar  egallagan.  Binoning  asosiy  kirish 

qismidagi  ikkita  yog‘och  o‘ymakorlik  ustunlari  bu  bino  arxitekturasini  uning 

orqasida joylashgan eski “Laylakli” masjid arxitekturasiga yanada yaqinlashtiradi. 

Ammo ustunlarni yog‘ochdan emas toshdan ishlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 

 


 

 



Umuman  olganda,  “Liboslar  galereyasi”  eski  shaxar  tarixiy  zonasida 

zamonaviy binolar arxitekturaviy dizayni yechimi qay tarzda bo‘lishiga misol bo‘la 

oladi. 

Poytaxtimizdagi yana bir diqqatga sazovor jamoat binolaridan biri bu yaqin 



o‘tmishda  Toshkent  shahar  hokimiyati  bo‘lgan  hozirgi  paytda  Respublika  Xalq 

banki boshqaruvi binosidir. 

 

 

Binoni “ToshkentboshrejaLITI” instituti loyihalagan, muallif arx.F.Tursunov. 



Ushbu binoda an’anaviy dekorativ ornament elementlari ko‘p  qo‘llanilgan bo‘lib, 

buni  ayniqsa  binoning  bosh  tarz  qismida  ko‘rish  mumkin.  Bosh  tarzning  markaz 

qismida islimiy naqsh bilan bezalgan peshtoq binoning arxitekturaviy obrazini to‘la 

ifoda  etishga  yordam  bergan.  Peshtoqdagi  naqshlarda,  karnizdagi  sharafalarda 

asosan bitta oq rang qo‘llanilgan. Bu tamoyil zamonaviy arxitekturaga xos va mana 

shu bino arxitekturasi mustaqillik yillari me’morchiligida o‘ziga xos yo‘nalish ochib 

berdi. 

“O‘zbekiston  milliy  akademik  drama  teatri”  binosining  qayta  ta’mirlanishi 



2001 yil 30 avgustda bitdi. 

Qayta  ta’mirlash  loyihasini  “Tashgiprogor”  instituti  bajargan,  bino  uch 

qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavatda vestibyul, ikkinchi va uchinchi qavatlarda 

esa teatr tarixiga oid muzey joylashgan. Tomosha zali 540 o‘rinli. Binoning tashqi 

qiyofasi an’anaviy me’morchiligimizning zamonaviy talqini ko‘rinishida ishlangan. 


 

Marmar  toshdan naqshinkor qilib  ishlangan  ustunlar, bino karniz qismidagi 



ornamentlar,  serjilo  oynalar,  yog‘och  o‘ymakorligi  uslubida  ishlangan  kirish 

eshiklar va bino tepasidagi moviy gumbaz teatr tarziga betakror chiroy baxsh etib 

turibdi. Teatr binosi ichki interyeri ham tashqi ko‘rinishidan qolishmaydi. Vestibyul 

shiftidagi gumbazning ichki qismiga ganch o‘ymakor ustalari tomonidan mohirona 

tarzda o‘zgacha jilo berilgan. Asosiy tomosha zali shiftidagi sferik gumbaz ichida 

moviy  osmon  tasvirlangan.  Devorlar  bezagida  turli  ornamentlarimizdan 

foydalanilgan. 

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda qad ko‘tarayotgan ko‘p jamoat binolarda 

an’anaviy  me’morchilik  ornamentlari,  uslublari  qo‘llanib  qyelmoqda.  Me’morlar 

nafaqat  interyer,  balki  tarz  yechimlarida  xam  ganch,  yog‘och  o‘ymakorligi, 

sangtaroshlik,  girix  va  islimiy  kompozitsiyalarga  ijodiy  yondoshib  zamonaviy  va 

shu bilan birga yetuk arxitekturaviy-badiiy obrazga ega binolar yaratishmoqda. 

 

Murad Buildings Oʻzbekiston qurilish kompaniyasining bergan maʼlumotiga 



qaraganda,  Markaziy  Osiyodagi  eng  yuqori  –  215  metr  osmonga  qarab  boʻy 

choʻzgan  51  qavatli  “Tashkent  City”ning  osmonoʻpar  binosi  zilzilaga  chidamli 

boʻlib, uning asosi – fundamenti 20 metr chuqurlikda kovlangan. Ob-havo yaxshi 

boʻlgan  kunlari  binoning  yuqori  qavatlaridan  turib  Chimyon  togʻlarini  xuddi 

kaftingizda turgandek koʻrishingiz mumkin.  “Tashkent City”  qurilishi 2021-yilga 

moʻljallangan. 

Hayron boʻlasan kishi. Qanday qilib tarixi, ilm-fani, madaniyati koʻpchilikka 

maʼlum boʻlmagan Singapur, Shanxay, Dubay kabi yangi shahar-davlatlar bir avlod 

umri  mobaynida  dunyoning  eng  taraqqiy  etgan  mamlakatlariga  aylanib  olmoqda.        


 

Butun dunyo sayyohlari ham oylik, yillik daromadlarini toʻplab, ana shu davlatlarga 



sayohatga borib, soʻnggi yillarda qurib foydalanishga topshirilgan gʻaroyib moʻjiza 

binolarni  tomosha  qilishga,  dam  olib,  hordiq  chiqarishga  oshiqmoqda.  Ularning 

turizmini rivojlantirmoqda. 

 

        Aytish  joiz,  insonning  aqli,  xayoli,  rejasi,  fantaziyasini  cheklab  ham, 



chegaralab ham boʻlmas ekan. Azaldan va mohiyatan inson ana shunday yaratilgan. 

Bugun  kechagidan,  ertaga  bugungidan,  indinga  esa  yana  ham  yaxshi  yashashni 

istaydi u. 

Jahonni  qoyil  qoldira  oladigan  ota-bobolarimizdan  bebaho  meros  boʻlib 

qolgan ajoyib fazilatlarimizni namoyon etish maqsadida targʻibot-tashviqot, hozirgi 

til  bilan  aytganda,  promoushn,  reklama  qilish  vaqti  ham  keldi.  Axir  butun  dunyo 

aholisi  jon-jon  deb  kiyadigan,  dunyoning  turli  mintaqalarida  hamon  shaharma-

shahar, doʻkonma-doʻkon qidirib topib boʻlmaydigan kiyimlar tayyorlanadigan xom 

ashyolar:  paxta,  ipak,  jun  va  ulardan  tayyorlangan  atlas,  adras,  banoras,  gilam, 

mazasi  tilni  yoradigan  qovun,  tarvuz,  oʻrik,  uzum,  qulupnoy,  gilos  –  bularning 

barchasi bizda, faqat bizda yetishtiriladi-ku! 

Oʻzbekiston  poytaxtining  maydoni  337  kvadrat  kilometrga  teng.  Shaharda 

uchta aeroport, ikkita temir yoʻl vokzali, Markaziy Osiyodagi yagona metropoliten 

aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangi Toshkent Sharqning goʻzal poytaxtlaridan biriga 



 

aylanmoqda.  Uning koʻchalari tong sahardan  suv  sepish  mashinalari bilan  yuvib, 



supirib-sidirib  ozoda  holga  keltirilayapti.  Toshkentda  yoz  issiq  boʻlganligi  sabab 

erta tongdanoq uning koʻplab yangi baland favvoralari shahar havosini namlab chor-

atrofga  ajoyib  va  g`aroyib 

suvni  go`zal  qilib    purkay  boshlaydi. 

 

           Markaziy  Osiyoda  yagona  boʻlgan  “Tashkent  City”  biznes  markazi 



oʻzimizning  –  ichki  va  chet  ellik  tadbirkor,  biznesmen,  turistlarni  ular  uy  sotib 

olmoqchi-mi, buyum xarid qilmoqchi-mi yoki ishdan charchagandan soʻng dam olib 

hordiq chiqarmoqchimi, barcha-barchani oʻz bagʻriga chorlamoqda. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

5  may  kuni  Toshkentning  qoq  markazida  yangi  ovqatlanish  majmuasi  – 



“AZURA  PARK”  o‘z  ishini  boshladi.  Mazkur  kafening  tantanali  ochilish 

marosimida  barcha  mehmonlarga  o‘zbek  milliy  taomlarining  “qiroli”  bo‘lmish 

palov oshi tarqatildi.  

Shuningdek,  20dan  ortiq  orkestr  milliy  cholg‘u  ansambli  ijrosida  durdona 

asarlar yangradi.  

Kafega tashrif buyurgan mehmonlar o‘rtasida esa qiziqarli tanlov o‘tkazildi. 

Shartga ko‘ra, mehmonlar orasida eng chiroyli raqsga tushgan qizlarning uch nafari 

tanlab olindi.  

 

Bu  maskan  bejizga  AZURA  PARK  deb  nomlanmaydi.  Sababi,  siz  kafeda 



o‘zingiz  istagan  menyuni,  shirinliklarni  topib,  vaqtingizni  chog‘  o‘tkazishingiz 

uchun barcha sharoitlar muhayyo.  

Kafening  yana  bir  afzal  jihati  –  ochiq  havo  qo‘ynida  tamaddi  qilishni  xush 

ko‘ruvchilar uchun favvoralar yonida tashqi oshxona ham mavjud. 

 

 

 



 

10 

 

 



 

 

Foydalanilgan  adabiyotla: 

 

1.T.F. Qodirova   San'at, arxitektura va shaxarsozlik tarixi 

 

2.Islom Karimov.  Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. Toshkent, Sharq 1998 y 

 

3.Qodirova T. O'zbekistonning istiqlol yillar me'morligi. Toshkent 2004 y 

 

4.Nozilov D. A. Markaziy osiyo arxitekturasida interer. Toshkent 



 

 

 



 

 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling