Urganch davlat universiteti "Texnologik ta’lim" kafedrasi dotsenti A. N. Xudayberganov, "Texnologik ta’lim" kafedrasi o’qituvchisi O’. Yu
Download 14.05 Kb.
|
укув кулланмага ички такриз
Urganch davlat universiteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi dotsenti A.N. Xudayberganov, “Texnologik ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi O’.Yu.Qalanarovalarning “Texnologik ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar” fani bo’yicha yozgan o’quv qo’llanmasiga Urganch davlat universiteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri prof., E.I.Ro’ziev tomonidan yozilgan TAQRIZ Mamlakatimiz o’z mustaqilligini mustahkamlab, dadil qadamlar bilan rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlar qatori O’zbekistonda ham asosiy e‘tibor fan-texnikaning barcha sohalarining rivojlanishiga qaratilmoqda. Hozirgi kunda esa butun jahonda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham hayotimizda –innovatsion texnologiyalarni ahamiyatini yanada chuqurroq anglab yetishimiz uchu ushbu sohaga juda katta e‘tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda kadrlash tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi ta‘lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, milliy kadrlar tayyorlash va ularni har tomonlama rivojlantirish yuqori malakali o’qituvchi pedagoglarni tayyorlash bilan birga, yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berishni ham yuqori saviyada olib borish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunga kelib mamlaktimizda “Texnologik ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar” keng ko‘lamda rivojlanib bormoqda. Bu fanda o’tiladigan, amaliy bajarish orqali tayyorlanayotgan mahsulotlar, buyumlar turlari va ularni yetishtirish uchun zarur texnika va texnologiyalar xam yuqori talablarga javob beradigan darajaga yetdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Texnologik ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar” fani “Texnologik ta’lim” bakalaviriyat ta`lim yo‘nalishi talabalariga o‘qitiladi. Ushbu fan o‘qituvchilari oldiga talabalarni dars mashg’ulotlarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda ularda olib borilayotgan ishlar, ularning faoliyatlari xaqida yaqindan tanishtirish vazifasi qo‘yilgan. Bu mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalangan holda dars mashg’ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirish texnologiyasi hamda foydalana olish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Ushbu o’quv qo’llanma hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib tayyorlangan, unda pedagogika, psixologiya, umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko‘nikmalarini amalga tadbiq etish, texnologiya ta’limi darslarini samarali hamda no’ananaviy tarzda tashkil etishni o‘rgatishga alohida e`tabor qaratilgan. Texnologiya ta’limi dars jarayonlarida texnologiyalashtirish va innovatsion pedagogik texnologiyalami qo‘llashni tadbiq etishni o‘rgatishga doir ma’lumotlar berilgan. Qo’llanmada texnologiya ta’limi dars jarayoniga interaktiv metodlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar, va axborot texnologiyalarini qo‘llashni talabalarga o‘rgatish, talabalarga no’ananaviy darslarga tayyorgarlik ko‘rish, texnologik xarita tuzish, mavzuga mos pedagogik texnologiyalarni tanlash, innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularni o’quv - tarbiya jarayonida qo’llash, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga dars jarayonlarini oldindan loyihalashtirishni, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida darslarni rejalashtirishni o’rgatish, hamda «Aqliy hujum», «Tarmoqlar» (Klaster) usullari, «Ven diagrammasi», «B/B/B», «Muz yorar», «Rolli o’yin» va hokazo turli interaktiv metodlardan dars jarayonlarida foydalanish, innovatsion texnologiyalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan texnologiya fani dars jarayonlarida qo’llashning nazariy asoslari to`liq yoritib berilgan. Ushbu “Texnologik ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar” fani bo’yicha tayyorlangan o’quv qo’llanma namunaviy fan dasturi asosida yozilgan bo’lib, o’quv qo’llanma yozishga qo`yiladigan barcha talablarga to`liq javob beradi shu tufayli men uni chop qilishga tavsiya qilaman. Taqrizchi: “Texnologik ta’limi” kafedrasi mudiri prof., E.I.Ro’ziev Download 14.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling