Urganch davlat universiteti transport tizimlari


Barmoqli  o‘git  sepish  apparati


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/68
Sana09.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#267993
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68
Bog'liq
uslibiy qo'llanma 2019

Barmoqli  o‘git  sepish  apparati.  O‘g‗itni  majburiy  sepuvchi 

barmoqli  KMX-65  apparati  (2.2-rasm)  chigit  seyalkalariga,  chizellarga, 

kultivatorlarga o‗rnatib ishlatiladi. Bunker 1 ning silindrik qismida uchta 

vintsimon yo‗l 2 bor. 

Apparatning  asosi  4  ga  biriktirilgan  stoykalar  3  dagi  qo‗zg‗almas 

boltlar  12  bunkerni  ko‗tarib  turadi;  bunker  shu  boltlarga  nisbatan 

aylanganda  vertikal   ko‗tariladi,  natijada konus  ning  pastki teshigi 

bilan  tarelka 14 orasidagi tirqish, binobarin,  o‗g‗it ni sepish normasi 

xam o‗zgaradi.  



 

2.1-rasm. Shtiftli-g‗altakli o‗g‗it sepish apparati: 1-suriluvchan qopqoq, 2-g‗altak; 3-val; 



4-nov; 5-sozlovchi taglik; 6-o‗q. 

Valik 10 dan xalqasimon shesternya 9 orqali aylantiriladigan tushirgich-

barmoqlar  13  markaziy  teshikdan  tarelkaga  tushgan  o‗g‗itlarni  sidirib 

tashqariga  chiqaradi  va  aylana  darcha  15  ga  tashlaydi.  Aylana  darcha 

tarelka bilan xalqasimon shesternya 9 orasida xosil bo‗lib, uning tagiga 

voronkalar 11 o‗rnatilgan. Namligi 8...10% dan ortiq o‗g‗itlarni sepishda 

aylanuvchi  markaziy  stoyka  7  ga  konussimon  parrak  6  o‗rnatiladi. 

Parrak  aylanib  bunkerdagi  o‗g‗itni  pastga  siljitadi,  nam  o‗g‗it  bunker 

devoriga  yopishib  qolishiga  yo‗l  qo‗ymaydi,  o‗g‗itlarni  sochiluvchan 

qilib, pastga tushishiga yordam beradi.  

Traktorning  yon  KOVdan  kelayotgan  xarakat  markaziy  stoyka  7 

orqali konussimon  parrak ni aylantiradi. Uning ta‘sirida o‗g‗it konus 

ning teshigi orqali barmoqlar 13 ga tushadi. 

 

2.2-rasm. Barmoqli o‗g‗it sepish apparati: 1-bunker, 2-vintsimon yul, 3-stoykalar, 4-apparat 



asosi, 5–konus, 6-konussimon parrak, 7–markaziy stoyka, 8-o‗g‗it, 9–xalqasimon shesternya

10–valik, 11–voronka, 12–qo‗zg‗almas boltlar, 13–barmoqlar, 14–tarelka, 15– aylana darcha 

Barmoqlar aylanib, o‗g‗itni konusning pastki cheti bilan tarelka orasidagi 

aylanasimon  tirqishdan  siqib  chiqaradi.  Chiqqan  o‗g‗it  o‗g‗it 

o‗tkazgichlarga yo‗naltiriladi. 





Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling