Urganch davlat universiteti transport tizimlari


Apparatning  ishlash  jarayoni


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/68
Sana09.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#267993
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
Bog'liq
uslibiy qo'llanma 2019

Apparatning  ishlash  jarayoni:  Bankaga  solingan  chigitlar  to‗siq 

2  ning  yumaloq  teshiklaridan  pastga  o‗tib,  katakchali  disk  4  ning 

ustidagi  50  mm  balandlikdagi  bo‗shliqni  to‗ldiradi.  Bu  to‗siq 

chigitlarning  diskga  bosimini  pasaytirib,  katakchalarning  chigitga 

to‗lishini yaxshilaydi, bunkerdagi urug‗lar miqdorining ekish protsessiga 

bo‗lgan  ta‘sirini  kamaytiradi,  urug‗larning  maydalanishi  va  kardanli 

vertikal  valik  aylantirishga  sarflanadigan  kuchni  kamaytiradi.  Ekish 

diski  4  aylanganda  chigitlar  katakchalarni  to‗ldiradi  va  ular  bilan  birga 

aylanib qaytargich 11 ga duch keladi.  




 

4.4 -rasm. SChX-4A-III seyalkasininng tuksizlantirilgan chigitlarni aniq ekuvchi diskli apparati. 



1–qalpoq; 2–engillashtiruvchi to‗siq; 3–valik; 4–katakchali ekish diski; 5-flanets; 6–oraliq 

korpus; 7-shesternyalar bloki; 8–kurakchali parrak; 9–apparat tubi; 10–markaziy yetaklanuvchi 

shesternya; 11–qaytargich korpusi; 12-qaytargich. 

Bir  donalab  ekuvchi  diskning  katakchalariga  bir  donadan, 

gruppalab 

ekuvchi 


diskning 

katakchalariga 

esa, 

katakchaning 



o‗lchamlariga  qarab,  3  yoki  4  donadan  chigit  kiradi.  Qaytargich 

katakchalarga 

kirmagan 

chigitlarni 

chetga 

sidirib 


tashlaydi. 

Katakchalarda 

qolgan 

chigitlar 

qo‗zg‗almas 

plastin-kasimon 

tushirgichga  urilib,  apparatning  oraliq  korpus  6  dagi  ekish  darchasi 

orqali  apparatning  tubiga  tushadi.  Chigitlarning  maydalanmasligi  va 

shikastlanmasligi  uchun  qaytargich  12  ning  tumshug‗i  bilan  diskning 

orasida  kamida  0,5  mm  li,  korpusning  tagiga  ―ikkinchi‖  chigitlarning 

o‗tib ketmasligi uchun esa ko‗pi bilan 1,2  mm  li tirqish bo‗lishi kerak. 

Bu  tirqish  qaytargichni  apparatga  o‗rnatish  oldidan  kontrgaykali  vintni 

burish yo‗li bilan rostlanadi. Bu holda tirqish qaytargich tumshug‗ining 

pastki chetidan korpus ning pastki qirrasigacha o‗lchanadi. Qaytargich 

korpusi 11 ning ichida yulduzcha bor. U qaytargich bilan umumiy o‗qda 

tebranuvchi  ikki  yelkali  richagga  erkin  aylanadigan  qilib  o‗rnatilgan. 

Yulduzcha  tishlarining  qadami  ekish  diski  katakchalarining  qadamiga 



teng  bo‗lib,  katakchalarga  kirib  turadi  va  ekish  diski  aylanganda 

yulduzcha ham o‗z o‗qi atrofida erkin aylanadi. Qaytargichni apparatga 

o‗rnatish  oldidan  yulduzchaning  pastki  tishi  bilan  korpus  6  devorining 

pastki  chetigacha  6  mm  o‗lcham  hosil  qilish  kerak.  Bu  o‗lcham  vint 

kontrgaykasi  bilan  qotiriladi.  Tushirgich  orqali  pastga  tushgan  chigit 

oraliq  korpusning  tubidagi  ekish  darchasidan  o‗tib,  uya  hosil  qiluvchi 

apparatning  tubi  9  ga  tushadi.  Uya  hosil  qiluvchi  parrak  8  ning 

kurakchalari chigitlarni to‗plab, ostki korpusning darchasi orqali soshnik 

hosil qilgan egatchaga tashlaydi. 

SChX-4A-III  seyalkasining  diskli  apparatlarini  seruyalab  ekishga 

moslashda uya hosil qiluvchi parrak kurakchalarining biri va ekish diski 

4  ning  katakchalaridan  biri  ekish  darchasining  old  chetiga  ro‗para 

keltirib  qo‗yiladi.  Apparatni  rostlashdan  oldin  parraklar  tanlanadi. 

Uyaga  uchtadan  chigit  ekish  uchun  to‗rt  kurakchali  parrak,  to‗rttadan 

chigit  ekish  uchun  esa  sakkiz  kurakchali  parrak  ishlatiladi.  Har  uyaga 

ikkitadan chigit tashlab, ularning orasini 10 sm qilib ekish uchun sakkiz 

kurakchali parrak ishlatiladi. 

Seyalkada  apparatlarni  harakatga  keltiruvchi  chap  (4.4-rasm.)  va 

o‗ng  yuritmalar  bor.  Bu  yuritmalarning  yetakchi  zvenosi  tegishlicha 

o‗ng va chap g‗ildirakdan iborat. Ikkala yuritma bir xil tuzilgan. Seyalka 

harakatlanganda  uning  chap  g‗ildiragi  yetakchi  yulduzcha  Z




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling