Urganch davlat universiteti transport tizimlari
= 45 va almashtiriladigan yulduzchalar bloki Z
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
1
= 45 va almashtiriladigan yulduzchalar bloki Z
= 12 (yoki 16; 18; 25) orqali yuritmaning chap vali 4 ni aylantiradi. Yulduzchalar zanjiri qo‗sh yelkali richag 6 ning roliklari 7 va prujina 5 bilan taranglanadi. Har qaysi val konusaviy reduktorlar 3 (Z
= 22; Z 4 = 22) va teleskopik kardanli val 2 vositasida ikkita ekish apparatini harakatga keltiradi. Ekiladigan chigit uyalarining orasi parrak kurakchalarining va yulduzcha Z 2 tishlarining soniga bog‗liq. Apparat ichidagi shesternyalar blokining uzatish soni Z 5 · Z 7 / Z 6 · Z 8 = 1/4 bo‗lganidan, kurakchalar soni 2, 3, 4, 6 tanlanganda, uyalar orasining qanchaligidan qat‘i nazar, har qaysi uyaga tegishlicha 6, 4, 3, 2, dona chigit tashlanadi.
1. SChX-4 chigit seyalkasi tishli - g‗altakli va diskli apparatlar konstruksiyasi, ish jarayoni o‗rganiladi. 2. Apparatlarni rostlash prinsiplari va mexanizmlari bilan tanishib chiqiladi.
4.4-rasm. SChX-4A-III seyalkasi chap yuritmasining kinematik sxemasi: 1–ekish apparati; 2–teleskopik kardanli valik; 3–konusaviy reduktor; 4–yuritmaning chap vali; 5–prujina; 6-qo‗sh yelkali richag; 7– rolik; 8–seyalkaning tayanch-harakat uzatuvchi chap g‗ildiragi. 3. Tishli - g‗altakli apparat belgilangan ekish normasiga moslab rostlanadi. Buning uchun ekish darchasini (4.1-rasm.) ochib-yopadigan plastinaviy to‗smaqopqoq 7 da har 2 mm oraliqda chiziq-lar bor va to‗smaqopqoq ana shu chiziqlarga qarab ochiladi yoki kirgiziladi. To‗smaqopqoq to‗la ochilganda plastinadagi oltita chiziqning hammasi ko‗rinib turadi , apparat chigitlarni eng katta normada ekadi. Quloqli bolt 9 bolt 10 ning kallagiga burab kirgizilganda to‗smaqopqoq apparatning ichiga kirib, ekish darchasini yopadi va ish unumini kamaytiradi. Prujina 8 to‗smaqopqoqning qayirilgan uchini bolt 10 ning kallagiga qisib, quloqli boltni o‗z-o‗zidan buralib bo‗shashdan saqlaydi va to‗smaqopqoqni belgilangan vaziyatda tutib turadi. 4. Ish unumi harakat uzatish nisbatini o‗zgartirish yo‗li bilan rostlanadigan tishli-g‗altakli apparatlar uchun i ning qiymati minimal va maksimal ekish normalari uchun hisoblab topiladi va shularga qarab uzatmadagi almashtiriladigan yulduzchalar Z 2 tanlanadi. 5. Diskli apparat (4.3-rasm.) belgilangan ekish normasiga moslab aniq ekish uchun va chigitlarning maydalanmasligi va shikastlanmasligi uchun qaytargichi rostlanadi. Buning uchun qaytargich 11 ning tumshug‗i bilan disk 4 ning orasida 0,5....1,2 mm zazor bo‗lishi kerak. Bu zazor qaytargichni apparatga o‗rnatish oldidan kontrgaykali boltni burish yo‗li bilan rostlanadi. Bu bolt qaytargichning qisqa yelkasini bosadi, boltni buraganda tirqish kattalashadi. Qaytargich 11 korpusining ichida erkin
aylanadigan yulduzcha 12 bor, u chigitlar kelayotgan tomonga aylanib, katakchalarga tiqilib qolgan chigitlarni pastga ekish darchasi orqali parrak 8 ga tushiradi. 6. Kurakcha va disk katakchalarining o‗zaro joylashuvi apparatlarni soshniklarga o‗rnatish oldidan rostlanadi. Buning uchun valik 10 ning (4.3- rasm.) shesternyasi katta shesternyadan ajratiladi, kurakcha ekish darchasining oldingi chetiga ro‗para keltiriladi, oxirgi katakcha esa shundan 20yo2,0 mm oldinda joylashtiriladi. Disk 4 ning katakchasi va parrak 8 ning kurakchasi o‗zaro joylashtirilgach, valik 10 ning shesternyasi katta shesternya bilan qayta tishlashtiriladi, so‗ngra valikning o‗zi sharnir 3 ning vilkasiga mahkamlanadi. Oraliq korpus 6 apparatning tubiga shunday o‗rnatilishi kerakki, bunda ekish darchasi tashlash darchasiga nisbatan diametral qarama-qarshi tomonda joylashsin. 7. G‘altaklarning talab etilgan ish unumi kg/s quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling