Urganch davlat universiteti transport tizimlari
OVX-600 asosiy texnikaviy tavfsiflari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
OVX-600 asosiy texnikaviy tavfsiflari: turi osma;
0,9; 1,4 klass traktorlari bilan agregatlanadi; 1 soat asosiy vaqt davomida ish unumi 4,5-22,2 ga/soat; qamrash kengligi 30 m.gacha; ishchi tezligi 6,3-7,4 km/soat; suyuqlik sarflashi 100-500 l/ga; rezervuarlarning sigimi 630yo20 l. Paxtachilikda ishlatiladigan OVX-600 ventilyatorli purkagichning texnologik sxemasi 7.2-rasmda ko‗rsatilgan. Bu purkagich suyuq zaharning suvdagi eritmasini juda mayda zarrachalarga (zarrachalarning diametri 125-250 mkm) parchalab purkash uchun xizmat qiladi. Purkagichning texnologik ish jarayoni quyidagicha: nasos 2 rezervuarlar 9 va 10 dagi ishchi suyuqlikni so‗rish magistrali 12, uch yo‗lli kran 15 va filtr 14 orqali so‗rib olib, filtr 5 va uzuvchi klapan 3 orqali pnevmodiskli uchlikga uzatadi. Uchlik 18 ventilyator 1 karnayining og‗ziga o‗rnatilgan.
7.1-rasm. OVX-600 ventilyatorli purkagichning umumiy ko‗rinishi: 1-suyri; 2-suv idishi; 3-rezervuar; 4-rama; 5-so‗rish magistrali; 6-bosim yuborish magistrali; 7- tebratish yuritmasi; 8-ventilyator; 9-karnay; 10-ventilyator dastasi; 11-filtr; 12-nasos; 13, 14- reduktor; 15-sharnirli val; 16-tayanchlar.
Havo oqimi uchliklardan chikkan suyuqlik zarrachalarni purkash ob‘ektiga uzatadi. Ishchi suyuqlikning ortiqcha qismi bosim sozlagich 7 dan uzatuvchi magistral 8 va 11 orqali rezervuarga favvora ko‗rinishida kiritiladi va u yerdagi suyuqlikni uzluksiz aralashtirib turadi. Harakat traktorning quvvat olish validan kardanli uzatma orqali (7.3-rasm) reduktorga uzatilib, undagi xarakat ventilyator va nasosga keladi. Uchlik o‗rnatilgan ventilyator karnayi o‗ng va chap tomonga burilib ishchi suyuqlikni sepish uchun ventilyator g‗ilofi tros (zanjir) orqali tebranuvchan sektor bilan ulangan. Ishchi suyuqlik bosimi 0,2...0,5 MPa bo‗lishi kerak. Purkash qurilmasini minutiga 16...20 marta burilish, minimal qamrash kengligi esa kamida 25 m o‗rnatiladi. Pnevmodiskli parchalash qurilmasi o‗ta yupqa (qalinligi 0,35 mm) polietilen disklar va ular orasiga qistirilgan shaybalarni aylanuvchan asosga qisib qotirish natijasida yasaladi. Disk va shaybalar o‗rtasi g‗ovak bo‗lib, u yerga bosim ostida suyuqlik yuboriladi. Disklarda kengligi 2,5 mm bo‗lgan kanalchalar bo‗lganligi sababli, nasos katta tezlik bilan (n=15…20 ming ayl/min) aylanganida
7.2-rasm. Ventilyatorli purkagichning texnologik ish jarayoni sxemasi: 1-ventilyator; 2- nasos; 3-uzuvchi klapan; 4,16-kranlar; 5,14,17-filtrlar; 7-bosim rostlagichi; 8,11-uzatish magistrali; 9,10-rezervuarlar; 12-so‗rish magistrali; 13-brandspoyt; 15-uch yo‗lli kran; 16- zaharli modda uchun shlang; 17- so‗rish shlangi; 18-purkash uchligi.
ko‗ndalang kesimi 2,5x0,35 mm bo‗lgan kanallar bo‗yicha, mar-kazdan qochirma kuchlar ta‘sirida g‗ovak ichidagi suyuqlik tashqariga ingichka favvorachalar ko‗rinishida otilib chiqadi va ventilyator shamoli ta‘sirida 60...150 mkm diametrli tomchilarga ajraladi. Natijada, kichik miqdor-lab purkash ta‘minlanadi. Purkagichni ishga tayyorlashda purkash uchliklari soni n tanlanib, bir dona uchlikdan sepilishi lozim bo‗lgan suyuqlik miqdori q aniqlanadi l/min:
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling