Urganch davlat universiteti transport tizimlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
uslibiy qo'llanma 2019
q = NB
i v m /600, l/min
(7.1) bu yerda, N – bir ga yerga sarflanadigan suyuqlik me‘yori, l/ga
7.3-rasm. OVX-600 kinematik sxemasi: 1-sharnirli val; 2-chervyakli reduktor; 3- prujina; 4-kulachok; 5-rolik; 6-tros; 7-sektor; 8-ventilyator; 9-korpus; 10-yuritma ulanish muftasi; 11-ventilyator ulanish muftasi; 12-dasta; 13-reduktor; 14-nasos; 15-reduktor yuritmasining zanjiri.
i – agregatning ishchi qamrash kengligi, m; v m - agregatning tezligi, km/soat; Purkagichning asosiy rostlashlari Agregatning ish jarayoni purkagichda joylashgan maxsus asboblar va qurilmalar orqali nazorat qilinadi; Bosim rostlagichi ishchi suyuqligini sarfini rostlash uchun xizmat qiladi. Haydash tizimining bosimi xaydash magistrali 6 da joylashgan manometr orqali nazorat qilinadi. Uchliklarning suyuqlik sarfini rostlash uchun bosim rostlagichning yuqori maxovigidan foydalaniladi. Maxovik soat strelkasi bo‗yicha aylantirilsa, suyuqlik xaydash tizimining bosimi oshadi va buning natijasida uchliklarning suyuqlik sarfi ham oshadi, aks holda – kamayadi; Talab qilinadigan suyuqlik sarflash normasiga qarab purkash qurilmasiga uchliklar, yoki rezbali tiqinlar kerakli sonda (4...8) dona o‗rnatiladi; Agregat bajaradigan ish turiga qarab, purkagichga dalabob yoki bog‗bob uchlikli soplo o‗rnatiladi; Purkash moslamasi kulachok, sektor, tros va tortqilar vositasida harakatlantiriladi. Ventilyator soplosi burilish darajasi burilish amplitudasi
qaydlash bolti orqali rostlanadi. Yuritma trosining tarangligi va ishchi organning ravon burilishi uchun tortqilarning prujinasi va rolik yordamida rostlanadi. Purkash
moslamaning tebranishi zanjirli uzatmadagi boshqaruvchi yulduzcha tishlarining soniga qarab o‗zgartiriladi.
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling