Urganch davlat universiteti transport tizimlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/68
Sana09.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#267993
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
uslibiy qo'llanma 2019

h

=(7...8)r,  

Dezaksial  qancha  katta  bo‗lsa,  shatunning  uzunligi  l

sh

  va  uning 

gorizontalga  qiyalik  burchagi  ψ,  shuningdek,  qirqish  apparatiga  ta‘sir 

etuvchi  vertikal  kuchlar  hamda  ishqalanish  kuchlari  ham  katta  bo‗ladi. 

O‘to‗rgichlarda l

sh

=(15...25)r, g‗allao‗rgichlarda l



sh

=(9...10)r



KS-F-2,1B o‗to‗rgich rama, yuritma va qirqish apparatidan iborat. 

Segment-barmoqli  qirqish  appparatining  asosiy  qismlari  (8.4-rasm.) 

sementli  pichoq  ,  barmoqli  brus  14;  tayanch  boshmoqlar  2  va  6, 

barmoqlar 8, ishqalanish plastinalari 13 va qisqichlar 11 dan iborat.  

Ichki  boshmoqqa  oldingi  3  va  ketingi  16  yo‗naltirgichlar 

biriktirilgan.  Yo‗naltirgichlar  pichoqning  kallagini  to‗g‗ri  chizikli 

harakatlantirish uchun xizmat qiladi. Po‗lat chiviq 1  

 

8.3-rasm. Krivoship-shatunli mexanizmlar sxemasi: a-aksial KShM; b-dezaksial KShM; 



1-krivoship; 2-shatun; 3-pichoq

 



o‗riladigan o‗simlik poyalarini pichoq tomonga og‗diradi. 

Tashqi boshmoqqa mahkamlangan taxta va po‗lat chiviq o‗rilgan 

o‗rilgan  o‗tlarni  ichki  tomonga  og‗dirib,  yo‗l  ochadi.  Agregatning 

navbatdagi  yonma-yon  o‗tishda  traktor  g‗ildiraklari  shu  yo‗ldan 

harakatlanadi. 

Po‗lat  brus  14  ga  27  dona  barmoq  (qamrash  kengligi  2,1  m  va 

barmoqlar  qadami  76,2  mm  li  apparatda)  yashirinma  kallakli  boltlar 

bilan  qotirilgan.  Qarshi  qirqish  plastinalari  9  barmoqlarning  ichki 

qismiga  parchin  mixlar  bilan  mahkamlangan.  Shuning  uchun  ham  bu 

plastinalar, ba‘zan, ichquymalar deb ham ataladi. 




 

8.4-rasm. KS-F-2,1B o‗turgichining segment - barmoqli qirqish apparati: 1-ayirgich; 2;5-

ichki va tashqi boshmoqlar; 3;16-oldingi va ketingi yo‗naltirgichlar;  4-kallak; 6-sirpangich; 7-

dala taxtasi; 8-barmoq; 9-ichqo‗yma; 10-segment; 11-bosish panjasi; 12-pichoq yelkasi; 13-

ishqalanish plastinasi; 14-barmoqli brus; 15; 17-chuv. 

Segmentlar  10  biriktirilgan  po‗lat  polosa  12  pichoq  yelkasi  deb 

ataladi.  Segmentlar  ichquymalarning  ustida  tirqish-siz  ilgarilanma-

qaytma harakatlanadi. Pichoq kallagining va segmentlarning orqa qismi 

ishqalanish  plastinalari  13  ustida  sirpanadi.  Segmentlar  ichquymalar 

ustida  tirqishsiz  sirpansa,  poyalar  tekis,  yulinmasdan  qirqiladi.  Lekin 

bunga  erishish  qiyin  bo‗lgani  uchun  segmentning  faqat  yuqori  asosi 

ichquymalarga yopishib sirpanadi, quyi qismi esa ko‗pi bilan 1…2 mm 

tirqish hosil qilib joylashadi. Tirqish katta bo‗lsa, poyalar segment bilan 

plastina orasiga kirib qoladi, Tirqish bo‗lmasa, segment ko‗p yeyiladi va 

sinish ehtimoli oshadi. 

Qisqichlar 



11 

segmentlarni 

ichquymalarga 

bosib 


turadi. 

Ishqalanish plastinalarning oldingi yuzasi pichoqning yelkasiga urinishi 

lozim.  O‘t  o‗rish  jarayonida  qirqishga  qarshilik  kuchlarining  tik 

yo‗nalgan  tashkil  etuvchisi  pichoq  plastinasiga  qisadi.  Barmoqlar  va 

qisqichlar  bog‗lanuvchan  KCh  33-8  cho‗yandan  tayyorlanadi.  Tortish 

shtangasining  oldingi  uchi  ramadagi  o‗qqa,  ketingi  uchi  esa  o‗rish 

apparatining  ichki  tayanch  boshmog‗idagi  o‗qlar  15  va  17  ga 

birlashtiriladi.  




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling