Umumiy ma’lumotlar
Plug - yerga asosiy ishlov berish uchun mo‗ljallangan qishloq
xo‗jalik quroli. Pluglar lemexli va diskli bo‗ladi. Lemexli pluglar o‗z
navbatida uch xilga ajraladi:
- dalalarni 18 sm gacha chuqurlikda haydash uchun mo‗l-jallangan
yuza yumshatgich-pluglar;
- dalalarni 25...30 sm chuqurlikda shudgorlaydigan umumiy ishlarga
mo‗ljallangan pluglar;
- yangi yerlarda bog‗lar barpo etish uchun yerni 40...60 sm chuqur
haydaydigan maxsus pluglar. Bular jumlasiga plantaj pluglar, butozor-
to‗qayzorlarni haydashga mo‗ljallangan pluglar, bog‗dorchilik va tokzor
pluglari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |