PN-4-45 plugning asosiy texnikaviy tavsiflari:
konstruktiv qamrash
kengligi
1,40…1,75 m
ishchi tezligi -
8…12 km/s
shudgorlash chuqurligi
-
40 sm gacha
korpusning qamrash
kengligi
-45 sm
korpuslar soni -
4;
gabarit o‗lchamlari -
6210x3270x1550
mm;
massasi -
1350 kg;
agregatlanadi 4–5 klass traktorlari bilan.
O‘rnatma to‗rt korpusli plug (1.1-rasm, a) bo‗ylama gryadillar 2 va
Z-simon kashaklardan tuzilgan hamda bikrlik balkasi 1 bilan
mustahkamlangan ramadan iborat bo‗lib, har bir gryadilga lemex-
ag‗dargichli korpus 3 va chimqirqar 4 o‗rnatilgan. Ramadagi oxirgi
korpus-chimqirqar jufti oldida erkin aylanadigan yassi diskli pichoq 9
o‗rnatiladi.
Plug korpusi (1.1-rasm, b) asosiy ishchi organi bo‗ladi.
Korpusning asosiy qismlari: lemex 7, ag‗dargich 3, dala taxtasi 2 va
stoyka 4 dan iborat. Lemex tuproq palaxsasini gorizontal tekislikda
ostidan qirqib, uni qisman parchalaydi va ag‗dargichga uzatadi.
Lemexlar ikki xil: trapetsiyasimon va iskanasimon bo‗ladi.
Plug korpusining ag‗dargichi qirqilgan tuproq palaxsasini
qo‗shimcha ravishda uvalash, kamida 128° ga aylantirib ag‗darishga
mo‗ljallangan. Lemex va ag‗dargich birgalikda lemex-ag‗dargichli
sirtini tashkil etadi. Lemex-ag‗dargichli sirtlar to‗rt xil: silindrik,
madaniy, yarimvintsimon va vintsimon bo‗ladi (1.2-rasm). Dala taxtasi
egat devoriga va tubiga nisbatan 2-3° qiya o‗rnatiladi. Ish jarayonida
plug dala taxtasining tovoni vositasida egat tubiga tayanadi. Shunda dala
taxtasining yon sirti egat devoriga ishqalanib, plugning to‗g‗ri chiziqli
barqaror harakatlanishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |