Urganch davlat universiteti transport tizimlari


PN-4-45 plugning asosiy texnikaviy tavsiflari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/68
Sana09.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#267993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
uslibiy qo'llanma 2019

PN-4-45 plugning asosiy texnikaviy tavsiflari:  

 

  konstruktiv qamrash 



kengligi 

1,40…1,75 m 

  ishchi tezligi   -  



8…12 km/s 

  shudgorlash chuqurligi 



40 sm gacha 

  korpusning qamrash 



kengligi  

-45 sm 


  korpuslar soni -  

 4; 



  gabarit o‗lchamlari -  



6210x3270x1550 

mm; 


  massasi -  

1350 kg; 

  agregatlanadi 4–5 klass traktorlari bilan. 



 

O‘rnatma to‗rt korpusli plug (1.1-rasm, a) bo‗ylama gryadillar 2 va 

Z-simon  kashaklardan  tuzilgan  hamda  bikrlik  balkasi  1  bilan 

mustahkamlangan  ramadan  iborat  bo‗lib,  har  bir  gryadilga  lemex-

ag‗dargichli  korpus  3  va  chimqirqar  4  o‗rnatilgan.  Ramadagi  oxirgi 

korpus-chimqirqar  jufti  oldida  erkin  aylanadigan  yassi  diskli  pichoq  

o‗rnatiladi. 

Plug  korpusi  (1.1-rasm,  b)  asosiy  ishchi  organi  bo‗ladi. 

Korpusning  asosiy  qismlari:  lemex  7,  ag‗dargich  3,  dala  taxtasi  2  va 

stoyka  4  dan  iborat.  Lemex  tuproq  palaxsasini  gorizontal  tekislikda 

ostidan  qirqib,  uni  qisman  parchalaydi  va  ag‗dargichga  uzatadi. 

Lemexlar ikki xil: trapetsiyasimon va iskanasimon bo‗ladi. 

Plug  korpusining  ag‗dargichi  qirqilgan  tuproq  palaxsasini 

qo‗shimcha  ravishda  uvalash,  kamida  128°  ga  aylantirib  ag‗darishga 

mo‗ljallangan.  Lemex  va  ag‗dargich  birgalikda  lemex-ag‗dargichli 

sirtini  tashkil  etadi.  Lemex-ag‗dargichli  sirtlar  to‗rt  xil:  silindrik, 

madaniy, yarimvintsimon va vintsimon bo‗ladi (1.2-rasm). Dala taxtasi 



egat  devoriga  va  tubiga  nisbatan  2-3°  qiya  o‗rnatiladi.  Ish  jarayonida 

plug dala taxtasining tovoni vositasida egat tubiga tayanadi. Shunda dala 

taxtasining  yon  sirti  egat  devoriga  ishqalanib,  plugning  to‗g‗ri  chiziqli 

barqaror harakatlanishini ta‘minlaydi. 




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling