Urganch davlat universiteti transport tizimlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/68
Sana09.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#267993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
uslibiy qo'llanma 2019

Lemexli  pluglar  ag‗dargichli  va  ag‗dargichsiz  bo‗ladi.  Lemex  va 

ag‗dargich  umumiy  stoykaga  biriktirilib,  plugning  lemex  -  ag‗dargichli 

korpusi  deb  ataladi.  Haydov  agregati  harakatlanganda  lemex  - 

ag‗dargichli  korpusning  lemexi  tuproq  palaxsalarini  ostidan  qirqadi, 

ag‗dargich esa lemexdan uzatilayotgan palaxsani aylantirib  ag‗daradi va 

ayni  vaqtda  uvalaydi.  Pluglarning  ag‗dargichsiz  korpuslari  tuproq 

palaxsasini  ostidan  lemex  bilan  qirqadi,  ag‗darmasdan  faqat  uvalaydi, 

maydalaydi, palaxsalar o‗z holatini saqlaydi. 

Oddiy (umumiy ishlarga mo‗ljallangan) lemex -ag‗dargichli pluglar 

tuproq  palaxsalarini  qirqib,  o‗ng  tomonga  ag‗daradi.  Tuproq 

palaxsalarini  faqat  o‗ng  tomonga  ag‗daruvchi  pluglarning  kamchiligi 



shundaki,haydov agregati yonma-yon o‗tganda harakat usuliga qarab har 

gal  yoki  ochiq  egat,  yoki  tuproq  uyumlangan  marzalar  hosil  bo‗ladi. 

Bunday  shudgorni  ekishga  tayyorlashda  buldozerlar  va  boshqa  qurollar 

bilan ishlov berishga to‗g‗ri keladi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun 

tekis  haydash  plutlaridan  foydalaniladi.  Bular  aylanma  korpusli, 

klavishsimon korpusli, mokisimon harakatlanuvchi va korpuslari frontal 

joylashgan  pluglarga  ajraladi.  Hozir  asosan  aylanma  korpusli  pluglar 

ishlatiladi. 




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling