Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo
Milliy turizm strategiyasini ishlab chiqish. Milliy turizm korxonalarining SWOT tahlili
Download 0.84 Mb.
|
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu: Milliy turizm mahsulotining hududiy rivojlanishi Milliy turizm mahsulotining o‘ziga xosligi.
Milliy turizm strategiyasini ishlab chiqish. Milliy turizm korxonalarining SWOT tahlili.
SWOT tahlili ko'plab biznes akademiklari tomonidan har xil vaziyatlarda, ayniqsa marketing sohasida qaror qabul qilish uchun deyarli davo sifatida baholanadi. SWOT tahlili rasmiy biznes ta'limi uchun asosiy o'rinni egallaydi. SWOT-tahlil bu tashkilot va uning atrof-muhitini operatsion diagnostik tahlil qilishdir. Tashkilotning potentsial kuchli va zaif tomonlarini, tashqi muhit tahdidlarini aniqlash, shuningdek, tashqi muhit tomonidan firma uchun taqdim etilgan imkoniyatlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. "SWOT" atamasi quyidagi inglizcha so'zlardan olingan: - strengths - kuchli tomonlar, potentsial;; - weaknesses - zaif tomonlar, kamchiliklar; - opportunities - imkoniyatlar; - threats - tahdidlar, xavf-xatarlar, to'siqlar SWOT tahlil strategiyasining matritsasi. Tahlil natijalariga ko'ra biz SWOT tahlil natijalaridan strategiyaning ma'lum vektorlarini ishlab chiqishda foydalanamiz, unga muvofiq ish olib boramiz. Kompaniya, qoida tariqasida, bir vaqtning o'zida bir nechta yo'nalishlarda (vektorlarda) ishlaydi: - biz kuchli tomonlarni amalga oshiramiz; - biz kompaniyaning zaif tomonlarini to'g'irlaymiz, uning kuchli tomonlaridan foydalanamiz; - tahdidlarning o'rnini qoplash bo'yicha choralar ko'ramiz. 8-Mavzu: Milliy turizm mahsulotining hududiy rivojlanishi Milliy turizm mahsulotining o‘ziga xosligi. Hududning absolyut va nisbiy samaradorligini oshirish. Milliy turizm mahsulotining darajasi. Milliy turizm mahsulotining rivojlanish darajasini baholash imkoniyatlari. Milliy, mintaqaviy va mahalliy bosqichlarda turizmni rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi. Ko’rsatilgan bosqichlarning har birini tavsiflaymiz: Rejalashtirishning maqsadlari, yo’nalishlari va vazifalarini belgilab olish. Turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga mos ravishda va turizmga etishi mumkin bo’lgan minimal salbiy ta’sirlarni hisobga olgan holda turizmni rivojlantirish zaruriyati, imkoniyati va yo’llari baholanadi. Tadqiqotni tayyorlash. Turizmni rivojlantirish sohasidagi istiqbollar ochib beriladi va mo’ljallar belgilab olinadi, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolar, shuningdek eng muhim institusional elementlar (tashkil qilish va boshqarish, qonunchilik va me’yoriy hujjatlar, investisiyalarni jalb etish va boshqalar) ko’rib chiqiladi. Rejani bajaruvchilarni tanlab olish, mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilikni jalb qilish, tadqiqotni o’tkazishni tashkil qilish amalga oshiriladi. Rejalashtirishning barcha elementlarini tadqiq etish. Bunda turizmning barcha jihatlari (geografiya, raqobatlashuvchi turistlik firmalar, turistlarning kelishidagi tendensiyalar, mavjud va potensial diqqatga sazovor joylar, joylashtirish, transport ovqatlanish vositalari va boshqalar) bo’yicha miqdoriy va sifat omillari va ko’rsatkichlari aniqlanadi, bevosita joyning o’zida ob’ektlar tadqiq etiladi, hujjatlar o’rganiladi, mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik vakillari bilan munozarali kengashlar o’tkaziladi. Tahlil va sintez. Turizmning rejalashtirilayotgan turining barcha tashkil etuvchilarini tadqiq qilish natijasida olingan axborotni sifat va son jihatidan qayta ishlash amalga oshiriladi, shuningdek ishlarning holatini yanada to’liqroq tushunish uchun tahlilning turli komponentlari birlashtiriladi va integrasiya qilinadi. Turizm bozorining kon’yunkturasi va uni iqtisodiy ta’siri, turizmning institusional elementlari va boshqalar tahlil qilinadi. Turizmni rivojlantirishning asosiy imkoniyatlari, unda muammolar va to’sqinlik qiluvchi omillar aniqlanadi, turistlik biznes sifatini pasaytiruvchi to’siqlarni bartaraf yetish bo’yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqiladi. O’xshash turistlik mahsulotlar va bozorlarga ega mavjud va ehtimol qilingan potensial raqobatchilarning faoliyati hisobga olinadi. Siyosat va rejani ishlab chiqish. Turizmni rivojlantirish siyosati va tegishli tarkibiy reja ishlab chiqiladi. Birinchi navbatda rivojlantirishning sarf-harajatlar va foyda muvozanatda bo’ladigan muqobil variantlari ko’rib chiqiladi. Bunda quyidagi mezonlar qo’llaniladi: Rivojlantirish masalalarini hal qilishning ehtimol tutilgan murakkabligi, iqtisodiy foydalarni optimallashtirish, ijobiy ekologik va ijtimoiy-madaniy omillarni kuchaytirish, salbiylarining ta’sirini eng kam darajaga yetkazish, boshqa turistlik korxonalar bilan samarali raqobat qilish. Ko’p variantli baholash asosida siyosatning so’nggi yo’nalishlari va reja tuzilishi aniqlab olinadi. Rejalashtirishning ushbu bosqichida turizmni rivojlantirish va takomillashtirishning eng maqsadga muvofiq modellarini qabul qilish uchun mahalliy hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan mustahkam aloqa boglash zarur. Boshqa tavsiyalar. Ko’p variantli modellar tuziladi va ulardan eng maqsadga muvofiqlari tanlab olinadi. Rejani bajarish va nazorat qilish. Rejaning so’nggi varianti haqqoniy va bajarish mumkin bo’lishi uchun zarur bo’lgan rejani amalga oshirish modellari ishlab chiqiladi. Rejani amalga oshirish bo’yicha ishlar davomida uni bajarish muddatlari va bo’limlari bo’yicha nazorat qilinadi. Bu yo’l qo’yilgan chekinishlarni aniqlash va ularni bartaraf qilish bo’yicha tezkor choralar qabul qilishga imkon beradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling