5-Mavzu: Milliy turizm mahsulotining hayotiy sikli
Milliy turizm mahsulotning hayot sikli haqida tushuncha.
Milliy turizm mahsulotining hayotiy sikli konsepsiyalari.
Loyiha, kirish, o‘sish, etuklik, tushkunlik bosqichlari.
Hayot sikli bosqichlariga mos strategiyalar. Milliy turizm mahsulotini loyihalashtirish.
Ko‘pgina turfirmalarni asosiy maqsadi foyda olish va davomli biznesni yuritish hisoblanadi. Mazkur maqsadga erishish uchun firmalarga aniq xaridorlarning ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqish zaruriyatini shu bilan birga biznesni kengaytirish talab etadi. Mahsulotni rejalashtirish – bu foyda keltiruvchi va davomli biznesni rivojlantirishni muhim tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Uni odatda beshta qoidaga rioya qilish bilan rejalashtirish deb yuritiladi, ya’ni aniq mahsulotni yaratish maqsadida rejalashtirish, uni aniq joyga etkazish, aniq belgilangan vaqtda, aniq to‘g‘ri narx bo‘yicha hamda etarli miqdorda etkazib berishni o‘z ichiga oladi.
Iste’molchi uchun mahsulot – bu moddiy komponentlar va xizmatlarni qo‘shilishidan ham ustun bo‘lib, moddiy va nomoddiy boyliklarni foydalilik to‘plamidan iborat hisoblanadi. SHu sababli, mahsulotni rejalashtirish uni iste’molchilarning hoxish istagini hisobga olgan holda amalga oshirish zarur. Aniq mahsulotni (tovar yoki xizmatni) yaratish bu murakkab vazifadir, chunki xaridorlarni istagi talabi va ehtiyojlari doimo o‘zgarib turadi: raqobat kuchlari mahsulotni hayotiy sikliga shunday ta’sir etadiki, xayotiy siklini ma’lum muvafaqqiyatli bosqichidagi mahsulotlar, keyinchalik tushib ketish bosqichiga o‘tib qoladi.
3.1.rasmda turistik mahsulot bosib o‘tuvchi hayotiy fazalar tasvirlangan: tovarni bozorga chiqarish, o‘sish, etuklik-to‘yinish, tushib ketishi kishilar hayot tarzini va texnologik o‘zgarishlari munosabati bilan alohida tovarlar va xizmatlar xayotiy sikli oldiniga nisbatan qisqaroq bo‘lib, shu sababli mahsulot hayotiy sikli konsepsiyasi strategik rejalashtirishda muhim rol uynaydi hamda mahsulot xayotiy siklini har bir boqichi marketing uchun ma’lum vazifalarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |