Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mahsulotni bozorga chiqarish bosqichi


Download 0.84 Mb.
bet19/33
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1332051
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Mahsulotni bozorga chiqarish bosqichi. Xayotiy siklni bu fazasida talabni rag‘batlantirishga xarajatlar talab etiladi (bu yangi tovar reklamasi va xizmatlar uchun eng mos davr hisoblanadi). Bu bosqich yuqori xarajatlar bilan, sotish hajmini sust o‘sishi va boshlang‘ich talabni rag‘batlantirish uchun reklama firmalarini o‘tkazish bilan tavsiflanadi. Aynan turmahsulotni hayotiy siklini shu davrida muvafaqqiyatsizliklarni yuqori foizi kuzatiladi, tovar yoki xizmatlarni bozorga chiqarish bo‘yicha katta xarajatlar qilinganligi sababli bu bosqichda foyda hozircha kutilmaydi.

Rasm 5.1. Mahsulotning xayot sikli
O‘sish bosqichi. Bu davrda yangilik (agar u bozorda yuqori talabga ega bo‘lsa) bozor manfaatlarini qondiradi, bu esa sotishni o‘sishida va foydada o‘z aksini topadi. Foydani o‘sishi raqobatchilar uchun bozorni jozibador qilib qo‘yishi mumkin. Sotishni rag‘batlantirishga firma xarajatlari yuqoriligicha qoladi. Lekin, bu erda (maqsadga yo‘naltirilgan tanlov motivatsiyasiga) mazkur tovarni iste’molchilar tomonidan harid qilinishi motivatsiyasiga emas, balki maqsadga yo‘naltirilgan tanlov motivatsiyasiga urg‘u beriladi.
O‘sish bosqichida tovar yoki xizmatlarni sotishni chakana sotish nuqtalari miqdori odatda ortadi. Bu davrda raqobatchilar uchun bozor jozibador bo‘lib, harakat doirasining samarasi tufayli tovar va xizmatlarga narx tushishi mumkin.
Etuklik bosqichi. Etilgan mahsulot – bu tovar yoki xizmatlarni bozorda mustahkam o‘rnashib olishidir. Uning o‘sish sur’atlari ortib borishi mumkin, lekin juda sust darajada. So‘ng ular sekin-asta tenglashib boradi, mahsulotni xayotiy siklini bu bosqichida tovar yoki xizmatlarni sotuvchi ko‘pgina chakana nuqtalar juda raqobatbardosh hisoblanadi. Firma bozordagi o‘z ulushini saqlab qolish usullarini izlab topishga urinadi. CHang‘i kurortlari etilgan mahsulot uchun yanada mos keluvchi misol bo‘ladi. Bir necha yillar davomida ortib boruvchi o‘sishi sur’atida sotish hajmining o‘sishi sekin-asta pasayib boradi, kurortlar bozordagi o‘z ulushini va taklif diversifikatsiyasini saqlab qolishiga urinadilar.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling