Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi


O‘zbekistonda axolining migratsion ko‘payish xususiyatlari


Download 2 Mb.
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1521076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar

1.3 O‘zbekistonda axolining migratsion ko‘payish xususiyatlari
Migratsiya so‘zi lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘chish degan ma`noni bildiradi. Kishilarning yashash, ishlash, o‘qish maqsadida, ma`muriy chegaralardan o‘tgan holda, bir manzilgoxdan ikkinchi manzilgohga doimiy yoki ma`lum muddatga ko‘chishi migratsiya deyiladi. Demak, ayholining xududlar bo‘ylab harakati aholi migratsiyasini ifodalaydi. Migratsiyada ishtirok etgan kishilarni esa «migrantlar» deb ataladi. Migratsiya yo‘nalishiga binoan tashqi va ichki migratsiyaga bo‘linadi. Tashki migratsiya-bir davlatdan ikkinchi davlatga, bir qit`adan ikkinchi qit`aga aholining ko‘chishidir. Bu jarayonda davlatlar aholisi qayta taqsimlanadi va ularda aholining kamayishi va ko‘payishi ko‘zatiladi. Ichki migratsiya bir davlatning ichida aholining hududlar bo‘ylab ko‘chishidir. Bunday migratsiyada ma`lum davlat ichida shahar va qishloq, tumanlar bo‘ylab aholining qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Lekin shu davlat aholisining umumiy soni o‘zgarmaydi. Aholi migratsiyasi o‘z mohiyatiyaga ko‘ra uch turga, ya`ni doimiy, vaqtincha (mavsumiy) va tebranma (mayatniksimon) migratsiyaga bo‘linadi. Doimiy migratsiya BMT ta`rifiga binoan aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib, bir yildan ko‘p yashab qolishidir. Vaqtincha migratsiya esa aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chib, ma`lum muddat yashab qaytishidir. Vaqtincha migratsiyaga aholinng o‘qish, armiya xizmati, shartnoma asosida ishlash uchun vaqtincha yashash joyini o‘zgartirishini kiritish mumkin. Tebranma migratsiyada kishilar bir manzilgohdan boshqa bir manzilgoxga ishlash yoki o‘qish maqsadida xar kuni yoki bir xaftada qatnashidir. Ushbu migratsiya aksariyat hollarda urbanizatsiya sharoitida rivojlanib boradi. Tebranma migratsiyani asosiy yo‘nalishi qishloqdan shaharga, kichik shaharlardan kata shaharlarga tomon bo‘ladi. Iqtisodiy erkinlikka va raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoiti aholininig ijtimoiy - iqtisodiy va hududiy harakatchanligi oshib borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Respublikamiz mehnat bozorida talab va taklifning nomutanosibligi sharoitida, ya’ni ishchi kuchining taklifi umuman yuqori bo‘lgan bir vaziyatda tarmoq va hududiy tuzilmalarda unga bo‘lgan talabning turlichaligi mavjuddir. SHuning uchun ham, oqilona va tartibga solinadigan migratsiya mehnat bozorida talab va taklif muvozanatiga erishishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda mustaqillik sharofati bilan bozor munosabatlarining istiqboldagi rivojlanish yo‘li qilib belgilanishi aholi migratsiyasi jarayonlarida o‘ziga xos o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Ilgari aholi ko‘chib yurishini keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagi ketma-ketlikda: iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va siyosiy sabablar ko‘rinishida bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yildan keyin bu sabablarning yuzaga chiqishi davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib bordi. Ma’lumki, sobiq ittifoq parchalanishi arafasida O‘zbekistonda yashayotgan ko‘pgina millatlarning tarixiy vatanlariga qaytib ko‘chib ketishi jarayoni kuchaya boshlagan edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ham bu jarayonning jadalligi natijasida aholining migratsiya harakatlari ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanib turdi. Yuqori migratsion jadallik butun respublika bo‘yicha 1991-1994 yillar davomida yuz berib turdi. Bu davrda O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar ham, ko‘chib ketuvchilar ham ko‘p bo‘lgan. Masalan, 1991-1994 yillar davomida mamlakatimizda har yili 600 ming kishi atrofida o‘z yashash joyini o‘zgartirib turganlar. Bunda rusiy zabon millatlar o‘z tarixiy vatanlariga ko‘chib ketgan bo‘lsalar, O‘zbekistondan tashqarida yashayotgan o‘zbeklar o‘z vataniga qaytib kelganlar. Xuddi shunday Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashayotgan qozoqlar va turkmanlar ham qo‘shni Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlariga ko‘chib o‘tgan bo‘lsalar, boshqa joylarda yashayotgan o‘zbeklar va qoraqalpoqlar o‘z yurtlariga qaytib kelganlar. Migratsiya aylanmasi, ya’ni ko‘chib keluvchilar va ko‘chib ketuvchilar yig‘indisi 1993 yilgacha Qoraqalpog‘istonda har yili 60-80 ming kishi atrofida bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 50 ming kishidan oshmadi. Xorazm viloyatida ko‘chib yurishlar eng yuqori bo‘lgan davrlarda (1991-1993), bu jarayonda har yili 20-30 ming qatnashgan edi, keying yillarda ko‘chib yuruvchilar soni 20 ming kishi atrofida bo‘ldi.
Jadval 1.3.1

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling