Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi
O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni dinamikasi(
Download 2 Mb.
|
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar
O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni dinamikasi(ming kishi hisobida) ( 2.3-1.Jadval)
Manba: Jadval O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan. (ming kishi hisobida) 2.3.1-jadvaldan ko’rinib turganidek, 2007-2011 yillar davomida mehnat resurslari soni 2090,2 ming kishiga yoki 13,7 foizga ortgan. Bu davrda mehnat resurslari sonining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6 foizni tashkil qilgan. Ko’rilayotgan davrda mehnat resurslari sonining o’sish sur’ati respublika hududlarida bir me’yorda kechmagan. Jumladan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg’ona viloyatlarida respublika o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori, qolgan barcha hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri) esa past bo’lgan. 2012 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, mehnat resurslari jami aholining 59 foizini tashkil qilib, uning asosiy qismi (qariyb 60 foizi) Samarqand, Farg’ona, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida to’plangan. Keyingi yillarda yangi ish o‘rinlarini yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, birgina 2001 yilda 465,3 ming kishilik ish o‘rinlari tashkil etilgan. Ularning asosiy qismi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. Bu borada ayniqsa Farg‘ona, Samarqand va Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu muammo eng avvalo davlatning “Bandlik” dasturi doirasida hal etilib boriladi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini diversifikasiya qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik majburiy ta’lim tizimiga o’tish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar aholining bandlik darajasini yanada oshirish imkonini berdi XULOSA O‘zbekistonda demografik rivojlanishning xozirgi davrdagi tendensiyalarini tadqiq qilish natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi: 1. Umumjahon jarayonlariga muvofiq rivojlanayotgan hozirgi O‘zbekistonda, keyingi ikki o‘n yillikda demografik vaziyatda sezilarli miqdoriyva sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Avvalombor, demografik o‘sish kamaydi, hozirgi kunda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,1 - 1,6% ni tashkil qilmoqda, vaholanki, bu ko‘rsatkich o‘tgan asrning 70 - yillarida 3,0-3,2% ni va 90 - yillar boshida 2,2 -2,3% ni tashkil qilardi. Keyingi o‘n yilda respublikada tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti dunyoning o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lib kelmoqda (muvofiq ravishda 2,3 va 2,5). O‘zbekiston aholisi kontratsepsiya vositalaridan foydalanish darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga yaqinlashib qoldi. Xuddi shunday vaziyat O‘zbekistonda ham yuz bermoqda. Keyingi 20 yilda aholi o‘limi 6,2 promilledan 4,6 promillegacha pasaydi. Ayniqsa, aholining eng kam ta’minlangan ijtimoiy demografik guruhlarida ijobiy siljishlar yuz berdi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda onalar o‘limi darajasi Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng past ko‘rsatkichga egadir. Aholi o‘limining kamayib borishi hozirgi kunda O‘zbekistonda eng muhim ijtimoiy - demografik ijobiy o‘zgarish hisoblanadi. Uning darajasi nafaqat demografik vaziyatni holatini, balki davlatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi va uning fuqarolarining sog‘lig‘i holatini belgilab beradi. Transformatsiya davrining murakkab sharoitlariga qaramasdan, respublikada o‘lim darajasining izchil kamayib borishi va aholi o‘rtacha umr ko‘rish darajasining oshib borishi kuzatilmoqda. Go‘daklar, bolalar va onalar o‘limining kamayib borayotganligi Harakat dasturida tanlangan milliy darajadagi faoliyatning ustivor yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zbekistonda u ijtimoiy siyosatning asosiy ustivorligi hisoblanib, yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2-3 barobar qisqargan. SHu bilan birgalikda Respublikada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib bormoqda (keyingi 20 yilda u 3,6 yoshga ko‘paydi). 2. O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi shuni ko‘rsatadiki ko‘p bolalik deb hisoblanadigan 5-8 ta bolalik bo‘lgan oilalar ulushi kamayib bormoqda, ularning hissasi xozirgi kunda 23,3 foizni tashkil qiladi (2008 yil), 3-4 bolalik oilalar esa 38, 1 foizni, 1-2 bolalik oilalar 36,5 foizni tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oilalar tarkibida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, nikohga kirganlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Nikohlarning mutloq soni oshib borayotganligiga qaramasdan, har yuz ming aholiga nikohga kirganlar koeffitsienti bilan hisoblaydigan bo‘lsak, nikoh koeffitsienti 1995 va 2000 yillarda kamayib,2005 yilga kelganda osha boshlagan, va 2014 yilga kelib yana kamaygan. Buni aholi o‘rtasida tug‘ilish darajasining o‘zgarib turishi, tug‘ilganlarning ma’lum yillardan keyin nikoh yoshiga kirib kelishi bilan izohlash mumkin. 20g‘25 yil oldin tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, nikohga kiruvchilar soni ham oshib boradi va aksincha. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1 Ўзбекистон Республикаси биринчи Президенти Ислом Каримовнинг “Мамлакатимизни2013-йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014-йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишлари”га бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси 2. Ўзбекистон биринчи Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2014 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2015 йилга мўлжалланганиқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланганВазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. 4. Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995. - 264-б. 5. И.Каримов. “Ўзбекистон ХХ аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Тошкент: “Ўзбекистон”1997. 6. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг БМТ саммити Мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқи // Халқ сўзи, 2010 йил 22 сентябр, 1-2-б. 7. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2011 йил 14 мартдаги “Аҳолисонининг танлама статистик кузатувини тайёрлаш ва ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 71-сонли қарори // www.лех.уз. 8. Ата-Мирзаев О.Б. Народонаселение Узбекистана: история и современност. Ташкент: Ижтимоий фикр, 2009. – 209 с. 15. Джунайдуллаев Д.А. Ўзбекистон минтақаларида аҳоли миграсияси ва унитартибга солишни такомиллаштириш. Иқтисод фанлари номзоди илмий даражасиниолиш учун тақдим этилган диссертасия автореферати. Тошкент, 2012. 24 б. 16. Клупт М..А. Демография регионов Земли. – СПб.: Питер, 2008. с.18. 17. Мамбетуллаева С.М., Камалова Г.Н., Атаджанова А.Д. Анализ влияниянегативнйх экологических факторов на уровен заболеваемости населения в условиях Республики Каракалпакстан. Вестник Каракалпакского отделения Академии наук Республики Узбекистан. Нукус – «Илим»- 2011. №1. с.41. 18. Мўминов Х.И. Бухоро вилоятида меҳнат бозорини шакллантириш ва унинг фаолиятини ривожлантириш. – Т.: ЎзР ФА иқтисодиёт институти, 2008. – б.89. 19. Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч-2014. 147 б 20. Солиев С., Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари. (Қишлоқ жойлар географияси). Тошкент-“Фан ва технология”-2009. 21. Статистический эжегодник регионов Узбекистана. Статистический сборник. Ташкент 2013. 22. Население Узбекистана. Статистический сборник. Ташкент 2013. 23. Ўзбекистонда минг йиллик мақсадлари бўйича Асосий доклад. – ПРООН, АБР, Тошкент, Сентябр, 2004 й. 1 «Koreya Xerold» gazetasi, Janubiy Koreya. 2O'zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni , 1-modda. 3 O'zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni , 4-modda. 4 Payoz Musayev, Jahongir Musayev."O`zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi" "Sharq" nashriyoti Toshkent-2014 5 Payoz Musayev, Jahongir Musayev."O`zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi" "Sharq" nashriyoti Toshkent-2014 Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling