Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi
-jadval. O‘zbekiston Respublikasi aholi sonining o‘zgarishi
Download 2 Mb.
|
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Urbanizatsiya darajasi-viloyatlar miqiyosida.
3-jadval. O‘zbekiston Respublikasi aholi sonining o‘zgarishi.
Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Urushdan keyin aholi asosan tabiiy o‘sish hisobiga ko‘paydi. Mamlakat aholisi 1945-1959 yillarda salkam uch million kishi ortdi. Aholining soni esa yiliga o‘rtacha 3,7 foizga ko‘paydi. Umuman, 60-yillardan keyingi davrga aholi dinamikasiga ildam sur’atlar xos. Mazkur jarayon ayniqsa, 1970-1980 yillarda katta ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. 1980-1995 yillarda respublika aholisining soni 15,8 mln.dan 22,3 mln.ga etdi, o‘rtacha yillik o‘sish miqdori mutloq hisobda 400-500 ming kishini, nisbiy hisobda 2,2 foizni tashkil qildi. Undan keyingi davrda aholining yillik o‘rtacha o‘sish sur’atlari asta-sekin pasayib kelmoqda. Agar 2000 yil aholining yillik o‘rtacha o‘sishi 1,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa 2006 yilga kelib 1,1 foizga tushub qoldi.Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat bo‘yicha aholi joylashuvining o‘rtacha zichligi 1 kv. km maydonga 67 kishidan iborat bo‘lgan holda u Navoiy viloyatida 7,3 kishidan Andijon viloyatidagi 565,7 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 75 martadan ziyod). Aholi salmog‘iga ko‘ra Samarqand viloyati (3380,9 ming k.) birinchi, Farg‘ona (3329,7 ming k.) ikkinchi va Toshkent viloyati (2695,7 ming k.) uchinchi o‘rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy (888,4 ming k.) va Sirdaryo viloyatlariga (750,6 ming k.) to‘g‘ri keladi (4-jadval) 2.2.Urbanizatsiya darajasi-viloyatlar miqiyosida. O‘zbekiston Respublikasi aholisining 51,2 foizi shahar joylariga istiqomat qiladi. Mutloq raxamda u 15370,1 ming kishi (2013 y). SHahar aholisining o‘sish sur’ati ayniqsa 1970-1980 yillarda yuqori bo‘lgan. Bunga sabab 1972 yilda aholi manzilgohlarining shahar maqomiga o‘tkazish uchun talab etiladigan eng kam aholi miqdorini 10 mingdan 7 minggacha tushirilishi va buning oqibatida shaharlar sonining nihoyatda tez ko‘payishidir (agar 1970 yilda Respublikada 42 shahar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga etgan).1989-2006 yillar davomida shaharliklar sonining o‘sishi ancha susaygan. Natijada umumiy urbanizatsiya ko‘rsatkichi 40,7 foizdan 36,1 foizga tushib qoldi. Viloyatlar darajasida mazkur jarayon ayniqsa Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Xorazmda sezilarli bo‘lgan va u faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Namangan viloyatlarida birmuncha ko‘tarilgan. Hozirgi kunda shahar joylarda yashovchilarning nisbiy miqdori bo‘yicha Qoraqalpog‘iston hamda Toshkent va Navoiy viloyatlari oldinda turadi, uning eng past darajasi esa Surxondaryo viloyatida kuzatiladi. Ayni paytda Respublikada 119 shahar va 1065 shaharcha mavjud bo‘lib, ularning barchasida 15,3 mln. atrofida aholi yashaydi. SHaharlar soni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi (12), Qashqadaryo (12) va Toshkent (16) viloyatlari ajralib turadi. Ularning to‘ri Jizzax, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida yaxshi rivojlanmagan.O‘rta Osiyo xususan, O‘zbekiston urbanizatsiyasining o‘ziga xos xususiyati shaharlar to‘‘rida kichik shaharlar (shaharchalar) sonining ko‘pligidir. Kichik shaharlar toifasiga 1065 ta shahar manzilgohlari mansub bo‘lib, ularning hissasiga O‘zbekiston shaharlar tizimining 4G’5 qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Ammo bularning demografik salohiyati past bo‘lganligi bois, jami shaharliklarni taxminan 14,6 foizi aholisi 20 minggacha bo‘lgan shaharlarda mujassamlangan. ,,Yarim O‘rta" shaharlar (L.L.Trube iborasi) 69 ta (20-50 ming.) bo‘lsa, aholisi 50-100 ming bo‘lgan-O‘rta shaharlar soni (50-100 ming ) 19 ta . O‘rta shaharlarda mamlakat shahar aholisining 11,1 foizi istiqomat qiladi. Ushbu toifa asosan viloyatlarning 2-markazlaridan, ta’bir joiz bo‘lsa, okrug markazlaridan tashkil topgan. Masalan, SHahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Denov, CHust, SHahrixon, Zarafshon, To‘rtko‘l, Bekobod. Bular orasida faqat Guliston-viloyat markazidir. O‘rta shaharlar orasidan eng yiriklari SHahrisabz (91,5 ming) va Bekobod (85,2 ming) shaharlaridir.O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 17 ta katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq) mavjud bo‘lib, ularda jami shahar aholisining 39.9 foizi to‘g‘ri keladi. Aholi soniga ko‘ra Toshkentdan (2309 ming k.) keyingi o‘rinda Namangan (461 ming), Samarqand (363 ming), Andijon (394 ming), Buxoro, Nukus va Qarshi shaharlari turadi. Ayni vaqtda Sirdaryo viloyatining mamuriy markazi –Gulistonda 63.2 ming kishi yashaydi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling