Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi


Mexnat resurslari va ularni ish bilan taminlash


Download 2 Mb.
bet12/13
Sana17.06.2023
Hajmi2 Mb.
#1521076
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ishim -Isomiddinov Sanjar

2.3. Mexnat resurslari va ularni ish bilan taminlash
Odatda, mehnat resursi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardan iboratdir. Mehnat resursining shakllanishiga aholining yoshi va jinsiy tarkibi, tabiiy o‘sish darajasi va boshqa ijtimoiy holatlar ta’sir ko‘rsatib turadi. Tabiiy o‘sish yuqori bo‘lgan mamlakatimiz aholisi tarkibida yosh avlod salmog‘ining ko‘p bo‘lishi mehnat resursi zahiralarining istiqbolli ekanligini bildiradi
Mehnat resurslaridan oqilona foydalanish muammosi nihoyatda muhim masala ekanligini hisobga olib, O‘zbekiston Oliy Kengashi 1992 yil 13 yanvarda "Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida" qonun qabul qildi. Mazkur qonunda fuqarolarning mehnat qilish huquqini ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlari belgilab berilgan, bozor munosabatlariga o‘tish davrida uni amalga oshirishning tegishli kafolatlari nazarda tutilgan.
2004 yilda mamlakat iqtisodiyotida band bo‘lgan aholining yillik o‘rtacha soni 1,4 foizga o‘sdi va 9,9 mln. kishini tashkil etdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakat. SHu bois, qishloq xo‘jaligida azaldan aholi bandligi yuqori bo‘lib kelgan. Masalan, 1959 yilda mamlakat qishloq va o‘rmon xo‘jaligida 58,5 %, 1998 yilga 39,3 %, 2002 yilda esa 36,2 foiz aholi band bo‘lgan. SHunga qaramasdan bu tarmoqda ishlovchilarning mutloq soni hanuz ancha yuqoriligicha qolmoqda. 2002 yilda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining-12,7 foizi sanoatda, 7,8 foizi qurilishda, 4,4 foizi transport va aloqada band. Bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlardagidan katta farq qiladi, ya’ni moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan mehnat resurslarining salmog‘i ancha baland.Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida aholi bandligi sohasida ham chuqur o‘zgarishlar yuz berdi, davlat sektori bilan bir qatorda nodavlat sektori ham vujudga keldi va u juda tez sur’atlar bilan o‘smoqda. 2003 yilga kelib bandlik iqtisodiyotning davlat sektorida 23,4 %, nodavlat sektorida 74,2 foizni tashkil etdi. Nodavlat sektorni ulushi Andijon viloyatida 76,6 %, Farg‘ona viloyatida 79,5 foizgacha etdi Respublikamizda davlat ish bilan bandlik xizmati 1991 yilda tashkil etilgan edi. Ish bilan bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillarixalqaro tajribaga mos keladi. Masalan, aholining ish bilan bandligi to’g’risidagi qonunga ko’ra davlat fuqarolariga o’zlari uchun mos keladigan ish tanlashda va ishga joylashda bepul yordam ko’rsatadi, ishsizlarga bepul ta’lim olish imkoniyati yaratib beriladi, yangi kasbga o’qiyotgan vaqtda stipendiya to’lanadi, haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoni beriladi, ishsiz fuqarolar daromadlarini qo’llab-quvvatlash siyosati amalga oshiriladi.
Respublikada bandlik xizmatini tashkil qilishga, ishsizlikning va mehnatga bo‘lgan bozor talabi o‘zgarib turishining oldini olishga katta e’tibor berilmoqda. 1991 yildan boshlab mamlakatimiz tuman va shaharlarida 210 dan ziyod mehnat birjalarining keng tarmoqli tizimi tashkil etildi. 2003 yilda mehnat birjalarida 4,5 ming kishi ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan. Bu iqtisodiy faol aholining 0,5 foizini tashkil etadi Demografik jarayonlarga bog’liq holda, yurtimizda mehnat resurslari soni yil sayin ortib bormoqda (2.3.1-jadval).


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling