4 –modul. 12-mavzu. Xotira haqida umumiy tasavvurlar. Xotiraning neyrofiziologik
asoslari va bioximik nazariyalari.
Xotira haqida umumiy tushuncha. Xotira –o’tmish tajribalarni esga olib qolish, esda
saqlash va unutishdan ibora jarayon sifatida. Xotira bilan bog’liq hodisalar. Fenomenal xotira.
Xotira va o’rganish. Diqqat va xotira. Xotira va shaxs. Asab tizimida izlarning saqlanishi.
Xotirada izlar konsolidasiyasi. Qisqa va uzoq muddatli xotiraning fiziologik mexanizmlari.
Xotirani ta’minlovchi miya tizimlari.
13-mavzu Xotira jarayonlari va turlari.
Xotira jarayonlari. Esda olib qolish. Esda saqlash. Esga tushirish. Tanish. Unutish.
Materialning xarakteri (xajmi, bir xilligi, ma’noga egaligi). Mashqlantirishning o’rni. Zeygarnik
samarasi. Unutish egri chizigi (Ebbingauz). Esda olib qolish xarakteri: ixtiyoriy esda olib qolish,
ixtiyorsiz esda olib qolish. Obrazli, eshitish va semantik kodlashtirish. Kodlashtirish uchun
axborotlarni uyushtirish. Retroaktiv va proaktiv tormozlanish. Reminissensiya. Inson
xotirasining tashkiliy tuzilishi tamoyillari. Xotira turlari klassifikasiyasi. Genetik, xayotiy,
ixtiyorsiz, ixtiyoriy xotira. Lahzali, sensor (ikonik, exoik) qisqa muddatli, uzoq muddatli,
operativ va oralqk xotira. Obrazli xotira. Eydetik xotira. Emosional xotira. So’z-mantiq xotirasi.
Kognitiv va shaxslilik xotirasi. Xotiraning individual psixologik xususiyatlari.
14-mavzu Kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari.
Xotira va diqqat muammolari kognitiv psixologiyaning yadrosi sifatida. Xotira tizimining
umumiy tavsifi. Jarayonning avtomatlashgani va nazorat qilinishini farqlanishi. Ikkilangan xotira
nazariyasi. Axborotlarning darajaviy qayta ishlash nazariyasi. Xotiraning ko’p jabxali modeli.
Sensor registrlar, qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning eksperimental tadqiqoti. Semantik
va epizodik xotira. Avtobiografik xotira tadqiqotlari. Xotiraning sintetik modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |