Урганч давлат университети


Download 326.15 Kb.
bet1/17
Sana06.11.2023
Hajmi326.15 Kb.
#1752680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
услубий қўлланма 1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY- TALIM, FAN VA
INNAVATSIYALAR VAZIRLIGI
KURASH MASHG‘ULOTIDA YUKLAMALARINI NAZORAT QILISH
61010300 –SPO'RT FAOLIYATI ( KURASH ) YO'NALISH UCHUN
USLUBIY QO‘LLANMA

УДК: 796.81:37.01(077)

Toshkent -2023
Mualliflar:p.f.n., dotsent, Aliev I.B. – O‘zbekiston Milliy Unversiteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi dotsenti
Ramazonov. X. R - O'zbekiston Milliy Unversiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 3- bosqich talabasi
Taqrizchilar: M.A.Ibragimov UzMU Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi dotsenti
P.h.D dotsenti M.M.Kirgizbayev - O'zDJTSU Kurash Fakulteti dekanı
Mazkur uslubiy qo‘llanma kurash bilan shug‘ullanuvchi sportchilarni mashg‘ulotlar jarayonlarini nazorat qilish orqali optimallashgan mashg‘ulot yuklamalarni sportchilarga taqsimlashni yoritib bergan.
Uslubiy qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga va kurash sport turi mashg‘ulotlarini olib boruvchi murabbiylar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur uslubiy qo‘llanma UzMU tasarrufidagi ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishida muhokama qilingan va nashr etish uchun tavsiya etilgan.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan xalq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblangan ta’lim-tarbiya va sportga e’tibor, yurtimizda ushbu sohalarning rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Yurtimizda qisqa fursat ichida boshqa sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport sohasida ham asrlarga teng o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Istiqlolning ilk yillaridan sportchilarimiz Olimpiya o‘yinlari va jahon sport maydonlarida g‘alabalarga erishib kelishmoqda, shu qatorda kurashchilarimiz ham.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabrdagi «Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3306-son qarori qabul qilindi. Qarorda sportchilar, trenerlar va hakamlarning mahorati va malakasini muntazam oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarining yuqori sifatini ta’minlash, shuningdek, «Kurash» milliy sport turini Respublika aholisining keng qatlamlari o‘rtasida, ayniqsa, voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida faol targ‘ib qilish hamda ommalashtirishga qaratildi.
Qadimiy qadriyatlarimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan milliy sportimiz bo‘lgan kurashni ommalashtirish, keng ko‘lamda targ‘ib qilish va rivojlantirish, dunyoga tanitish va ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga aylantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, kurashning tobora ommalashib borayotganligi nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilishga, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilishga, sport inventarlari va kiyimlari ta’minotini yaxshilashga, bu borada ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuningdek sohada malakali kadrlar, murabbiylar va hakamlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga etkazish, o‘zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarni milliy sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni, shuningdek jahon xalqlarini mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilib berildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 4 sentyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘RQ-394-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son Qarori hamda 2017 yil 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-2821-sonli qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu monografiya muayyan darajada xizmat qiladi.
Respublikamizda 1999 yil 1 fevralda “Kurash” ni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida» gi farmon qabul qilinib, 2011 yil 14 iyul o‘zbek sporti - Kurashni Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish maqsadida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining XXX Bosh Assambleyasida (KXA) 2013 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida yopiq sport inshootlarida jangovar san’at turlari bo‘yicha tashkil etiladigan IV Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin egallagani rasman e’lon qilindi.
Yuqorida bildirilgan fikrlar, shuningdek, zamonaviy sportda mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari xajmi hamda shiddatining oshishi o‘quv-mashg‘ulotlarini olib borishda yangi imkoniyatlarni va foydalanilmagan zahirani izlab topishni taqozo etadi.
Kurashchilarning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini oshirishda mashg‘ulot yuklamalarini maqsadli rejalashtirish va nazorat qilish orqali ularning nisbatini aniqlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydilar.
Kurashchilarni samarali tayyorlash texnologiyasi o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va boshqarish, jismoniy hamda texnik-taktik tayyorgarlik darajasini baholash, sport natijalarini shakllantirish, musobaqa oldi tayyorgarlik va musobaqa faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha samarali tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etadi.
Kurashchilarning tayyorgarlik bosqichlarida an’anaviy mashg‘ulot vositalari hamda uslublaridan foydalangan holda mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlash jarayonidagi eng muhim optimallashgan o‘quv-mashg‘ulot yuklamalarini nazorat qilish, oqilona rejalashtirish va taqsimlash imkoniyatlari amaliyotda yangi hisoblanadi.


Download 326.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling