Урганч Давлат Университети


Ishga joylashmagan va vaqtinchalik ishlarda


Download 367 Kb.
bet8/10
Sana27.01.2023
Hajmi367 Kb.
#1129797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi .IK-820.O\'ktamov Jonibbek

Ishga joylashmagan va vaqtinchalik ishlarda
band bo`lgan aholi, 2020 yil*



Xududlar (viloyatlar) nomi

Ishsizlar soni
(kishi)

Ishsizlik darajasi (%)

vaqtinchalik va mavsumiy ishda band (kishi)

1

Jizzax

17 429

4,2%

54 684

2

Sirdaryo

14 438

4,3%

32 781

3

Toshkent v.

53 239

4,5%

186 203

4

Toshkent sh.

40 597

3,4%

80 070

5

Andijon

61 725

5,5%

201 354

6

Namangan

45 081

5,4%

115 674

7

Farg`ona

76 216

5,5%

228 644

8

Buxoro

38 306

4,9%

82 560

9

Navoiy

21 668

5,1%

38 364

10

Samarkand

68 002

5,4%

174 795

11

Qashqadaryo

50 593

5,1%

150 956

12

Surxondaryo

39 914

5,1%

115 100

13

Xorazm

32 217

5,2%

80 754

*Jadval Xorazm viloyati Mehnat va aholini ijtimoimy muhofaza qilish boshqarmasi


ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

Keyingi yillarda iqtisodiyotning innovasion turiga o`tish natijasida O`zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning innovasion yo`nalishi kuchayganligini aks ettiruvchi ijobiy o`zgarishlar ko`zga tashlanmoqda. Masalan, O`zbekiston iqtisodiyotida o`zlashtirilgan investisiyalarning 70% foizga yaqini ishlab chiqarish sektoriga, shu jumladan yarmidan ko`pi texnik va texnologik modernizasiyalashga yo`naltirilgan. 2016-2020 yillarda xorijiy va davlat kapital qo`yilmalarini ko`paytirish natijasida fan va texnologiyalar rivojlanishini uyg`unlashtirishni yaxshilash, fan va ishlab chiqarish o`rtasidagi aloqalarni kengaytirish imkoniyati yaratildi. Mana shunday say’i harakatlar tufayli, YAIM dagi yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi 2010 yildagi 3,5% foizdan 2020-yilda 6,8% foizga yetkazildi.


Xorazm viloyatida mexnat bozorini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va istiqbollari. Aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag`batlantirish belgilangan.
Mamlakatni modernizasiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish asosiy yo`nalishlardan hisoblanadi.
Aholi bandligini oshirish va ish o`rinlarini ko`paytirish borasida viloyat iqtisodiyoti oldidagi vazifalar:
1) Yangi ish joylarini yaratish bo`yicha 2019-yilga belgilangan dastur parametrlarining bajarilishini ta’minlash;
2) Har bir shahar va tuman kesimida “2019-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi”ning manzilli ro`yxatlarini har bir korxona, ob’ekt bo`yicha ishga tushirish rejasini (“tarmok grafigi”ni) tasdiqlagan holda, tasdiqlash va nazoratini amalga oshirish;
3) 2015-2019 yillarda kichik biznes, xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari va ob’ektlarni ishga tushirishning aniq manzilli ro`yhatlarini shakllantirish;
4) Har bir tuman, shaharda hokimlar boshchiligida yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini ta’minlash choralarini ko`rish, manzilli dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, jumladan ro`yxatdan o`tkazish, moddiy-texnika resurslaridan va muhandislik kommunikasiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va hal etish choralarini amalga oshirish;
5) Kasanachilik ish joylarini ko`paytirish borasida tuman (shahar)larda ishini keskin jonlantirish, mavjud kasanachilik ish joylarini saqlab qolish va 2019-yil manzilli dasturi ijrosini ta’minlash;
6) Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilma ob’ektlarini loyihalarini amalga oshirishga ishsizlarni jalb etish;
7) Band bo`lmagan aholini ijtimoiy ximoyasini kuchaytirish (ishsizlarni xak to`lanadigan jamoat ishlariga jalb etish, kasbga qayta o`qitish va sh.k.)
8) Obod turmush yilida yoshlar, jumladan kollej bitiruvchilari va xarbiy xizmatdan qaytganlarning xar biri bilan ishlab, to`liq ish bilan, jumladan zaxira kilingan ish joylariga ta’minlash.
9) Kam ta’minlangan oilalarni qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish, bunday oilalardagi mehnatga layokatli yoshlarni birinchi navbatda ish bilan ta’minlash va o`z ishini boshlashlariga ko`maklashish
Xorazm viloyatining tumanlari bo`yicha ishga joylashmagan va vaqtinchalik ishlarda band bo`lganlarni taxlil qilish shuni ko`rsatadiki, ishsizlar soni Xazarasp (4,2 ming kishi), Qo`shko`pir (4,0 ming kishi), Xiva (3,5 ming kishi), Bog`ot (3,5 ming kishi) tumanlarida eng yuqori ko`rsatkichga egadir. SHunga mos ravishda ishsizlik darajasi ќam Qo`shko`pir (7,5 %), Bog`ot (5,9 %), Xiva (5,4 %) va Urganch (5,4 %) tumanlarida viloyatda eng yuqoridir. Bundan tashqari ushbu tumanlarda vaqtinchalik va mavsumiy ishda band bo`lganlar miqdori ќam yuqoridir. Ular Xazarasp (11,3 ming kishi), Bog`ot (9,7 ming kishi), Urganch (9,5 ming kishi) tumanlarida, Urganch shaxrida (9,5 ming kishi) va Gurlan tumanida (9,1 ming kishi) ko`pchilikni tashkil qiladi.

Download 367 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling