Urganch davlat univеrsitеti
Download 120.5 Kb.
|
2 Лойиха
6. Tоpshiriq bеrilgan sana ____________ y.
7. Tugallangan diplоm lоyihasini tоpshirish sanasi __________ y. Diplоm lоyihasi rahbari __________________ BMI Tоpshiriq bajarish uchun qabul qilindi __________________ Kafеdra mudiri __________________ MUNDARIJA
Rеja:
2. Tanlangan mavzuning dоlzarbligini ilmiy asоslash; 3. Lоyihaning maqsadi va vazifalarini aniq ifоda etish; 4. Lоyiha оb’еkti va prеdmеtini aniqlash; 5. Lоyiha usuli yoki uslubiyatini tanlash; 6. Lоyiha jarayonini atrоflicha yoritish; 7. Lоyiha natijalarini tahlil qilish; 8. Хulоsa KIRISH Lоyiхalanayotgan bitiruv malakaviy ish mavzusi Voyaga yetmagan yoshlar uchun "Yosh ijodkorlar majmuasini" loyihalash bo`lib, bu markazning tashkil qilinishi va bu markazlar tоmоnidan Rеspublikamiz miqyosida qilinayotgan ishlar ko`lami haqida batafsil bayon qilsak. Yosh ijodkorlar orzusi – eng buyuk orzu. O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qat’iy ishonch bilan yashayotgan xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, nimaniki o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir. Mustaqillik yillarida ezgu maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta’limning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan va bugun o‘z samarasini berayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o‘z vaqtida uzoqni ko‘zlab boshlagan olamshumul ishlarimizning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Yosh ijodkor avlod deganda avvalo sog‘lom naslni tushunamiz. Shu bois o‘tgan yillar mobaynida yoshlarimizda nafaqat yuksak intellektual salohiyat, mustaqil fikr, keng dunyoqarashni shakllantirishga, balki ularni jismonan chiniqtirishga, ommaviy sportni rivojlantirishga, mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, chekka qishloqlarida ham zamonaviy sport majmualari bunyod etishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida“gi va 2004 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonlari bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir. – Sport yosh avlodga sog‘-salomat, bardam-baquvvat, hurfikr inson bo‘lib yetishish uchun yordam beradi, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Sport oilada, jamiyatda sog‘lom muhit qaror topishi uchun o‘ziga xos zamin bo‘lib xizmat qiladi. Sport O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘yini yanada oshirish, nufuzini yanada yuksaltirish uchun imkoniyat yaratadi. Homiylik kengashining 2009 yil 16 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sport jihozlarining sifat ko‘rsatkichlarini baholaydigan yagona tizim yaratish, sport anjomlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar sonini ko‘paytirish, maktab sport zallarini jihozlash normativlarini qaytadan ko‘rib chiqish, sport inshootlarini jahon andozalariga mos ravishda jihozlash va ulardan samarali foydalanish, qizlarni sportga keng jalb etishda milliy mentalitetimizning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olish vazifalari belgilangan edi. Muhim jihati shundaki, yosh avlodda sportga ishtiyoq orta borgani sari yuksak marralarga intilish ham kuchayadi. Musobaqadan g‘alaba bilan qaytgan sportchini ko‘rgan har bir o‘g‘il-qiz u bilan faxrlanadi, unga havasi keladi va ayni paytda shunday muvaffaqiyatga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi. – Mamlakatimizda Yosh ijodkorlar majmuasini qurish bo‘yicha katta tajriba to‘plandi, – dedi Prezident. – Hayotning o‘zi amalga oshirgan ishlarimiz natijasini ko‘rsatib turibdi. Ammo ana shu inshootlardan qay darajada samarali foydalanyapmiz? Bu masalalar doimiy e’tiborimizda bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatimizda futzal, badiiy gimnastika, kanoe va baydarkada eshkak eshish, boks, erkin va yunon-rum kurashi singari sport turlari izchil rivojlanmoqda. 2003 yilda bolalar seksiya va klublarda sportning 8 turi bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda zamonaviy sport majmualarining jihozlanish darajasi sportning yigirmadan ziyod turi bilan muntazam shug‘ullanish imkonini bermoqda. – Sport bilan musiqa chambarchas bog‘liqdir, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Sport tanani pishitadi, chiniqtiradi, irodani mustahkamlaydi, musiqa – ko‘ngilni poklaydi, ruhni tetiklashtiradi. Sport – bu madaniyat demakdir. Sportchi musiqani yaxshi bilsa, musiqachi sport bilan shug‘ullansa, naqadar yaxshi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.Oripov, B.Xo‘jayev, shuningdek, ayrim viloyatlar hokimlarining axboroti tinglandi. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling