Turmush qurish arafasidagi yoshlarga tibbiy ko’rikning ahamiyatini tushuntirishning dolzarbligi Abdullayeva Sarvinoz Ibadullayevna


Download 1.98 Mb.
Sana16.08.2020
Hajmi1.98 Mb.
#126558

Turmush qurish arafasidagi yoshlarga tibbiy ko’rikning ahamiyatini tushuntirishning dolzarbligi

Abdullayeva Sarvinoz Ibadullayevna

“Sog’lom avlod deganda, men faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimizni emas, balki ruhan va fikran sog’lom, mustahkam e’tiqodli, ma’lumotli, ma’naviy boy, o’z Vatanini sevuvchi, mard avlodni ham ko’zda tutaman”.



O‘zbekiston Respublikasining

1-prezidenti Islom Karimov

– O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi 365- sonli “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq bo’lg’usi kelin-kuyovlar bepul tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.

Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad – irsiy va nasliy kasalliklarning oldini olish, oilada sog’lom muhitni qaror toptirish.

Fuqaroligidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasi FHDYO idoralari tomonidan nikohi ro’yxatdan o’tkaziladigan barcha fuqarolar Oila Kodeksiga muvofiq belgilangan tartibda tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.



Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish hajmi

1. Ruhiy kasalliklar (shizofreniya, еpilepsiya, oligofreniya) yuzasidan tekshirish:

- anamnestik;

- psixopatologik;

- somatonevrologik;

- paraklinik.



Shizofreniya — bu progressiv ruhiy kasallik bo’lib, ruhiy vazifalar birligining yo’qotilishi, emotsional sferaning tubanlashuvi, fikrlashning buzilishi va aqliy faoliyatning ilg’or zaiflashishi bilan ifodalanadi.

Shizofreniyada aql-zakovat jabrlanmaydi — kasallikning boshlanishidan oldingi xotira va olingan bilimlar saqlanib qoladi.

Hayolga o’z-o’zidan keladigan fikrlar

Jazavali va ipoxondriakal alomatlar

Senestopatiya.

4

1



3

Shizofreniyaning qo’shimcha alomatlari

Aqldan ozish

5

Psevdogallyutsinator.



6

Gallyutsinator buzulishlar



7

Maniakal, depressiv, oneyroid-katatonik, katatonik alomatlar



8

Epilepsiya – turli xil xurujlar va xushdan ketishlar bilan namoyon bo‘luvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. Epilepsiya aholi orasida ko‘p tarqalgan. Har 1000 kishidan 5-10 ta odamda epilepsiya kasalligi aniqlanadi. Epilepsiyaning 70 foizi 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Kasallanish darajasi erkak va ayollarda deyarli bir xil.

Aqliy faoliyatning rivojlanishdan orqada qolishiga esa oligofreniya deb aytiladi. Shuning uchun tug‘ilgandan buyon kognitiv buzilishlar aniqlangan bolalarga oligofreniya tashxisi qo‘yiladi

2. Narkologik kasalliklar yuzasidan tekshirish:

- klinik tekshirish;

- anamnestik;

- psixopatologik;

- somatonevrologik;

- laboratoriya tekshiruvi.

3. Zaxm yuzasidan tekshirish:

- genitaliy doirasida yara yoki еroziya mavjud bo`lganda yoki terining boshqa joylarida zaxmdan shubhalanadigan toshmalar mavjud bo`lganda material to`plash;

- pretsipitasiya mikroreaksiyasi usuli bilan zaxm yuzasidan qonni tekshirish;

- qonni serologik tekshirish.

Sifilis (zaxm)- bu yuqumli venerik kasallik bo’lib, uning sababchisi oqish treponema (spiroxeta) infektsiyasidir. Bu mikroorganizm anilin boʻyogʻi bilan yomon boʻyalganligi uchun oqish deyiladi. Kasallik teri va shilliq qavat orqali jinsiy yo’l bilan uzatiladi. To’g’ridan-to’g’ri aloqa va turli turdagi uy-ro’zg’or buyumlari orqali yuqishi ham mukin.

Zaxm (sifilis, grekcha sifilis Luis) surunkali yuqumli tanosil kasalligi bo’lib, uni oqish treponemalar qo’zg’atadi.

4. Sil yuzasidan tekshirish:

- anamnez;

- ko`krak qafasi organlarini tekshirish;

- ko`krak qafasi organlarining rentgenoskopiyasi (yirik kadrli flyuorogramma);

- ko`krak qafasi rentgenografiyasi;

- balg`amni, yaraning yiringini, bakteroskopiya usuli bilan siydikni sil mikrobakteriyasiga tekshirish;

5. OIV/OITS yuzasidan tekshirish:

- anamnez;

- klinik tekshirish;

- birlamchi immunoferment tekshirish;

- immunoblot usuli bilan qonni tekshirish


GEMOFILIYA KASALLIGI


Eng so`nggi ROSSIYA imperatori Nikolay II ning o`g`li shahzoda ALEKSEY gemofiliya kasalligi bilan aziyat chekkan. Bu xastalikni shahzoda Aleksey o`zining katta buvisi, Angliya qirolichasi Viktoriyadan nasl qilib olgan.
  • Qarindoshlar o`rtasidagi nikoh
  • Ota-onalarning yoshlari kattali
  • Og`ir metallar, yuqori toksinga ega bo’lgan moddalar (dioksinlar, benzopiren)
  • Ayrim dori-darmonlar
  • Narkotiklar, alkogolizm
  • Homiladorlik vaqtida virusli kasalliklar bilan og`rish

Irsiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin bo`lgan holatlar:

Odamlarda bizga ma`lim 10 mingdan ortiq kasalliklar ichida 3-5 mingtasi irsiyat bilan bog`liq

Shu o’rinda xulosa sifatida buyuk bobokalonimiz Amir Temurning bir gapini keltirib o’tmoqchiman “… To’y qilish va kelin tanlashni davlat siyosati darajasiga ko’tardim…”.


O`ZINGIZNI VA BO`LAJAK FARZANDLARINGIZNI SOG`-SALOMAT BO`LISHINI TA`MINLANG!


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling