Urganch davlat universiteti xorijiy fililogiya fakulteti filologiya va tillarni o


Metodikada so'zlarni tushuntirishning usullari


Download 44.63 Kb.
bet7/7
Sana14.12.2022
Hajmi44.63 Kb.
#1006908
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
B.Sariboyeva

2.3 Metodikada so'zlarni tushuntirishning usullari
Metodikada so'zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:1. So'zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o'quvchilar tushunmaydigan
so`zlarni ularga tushunarli so'zlar qo'llangan gap (yoki matn) yordamida
tushuntiriladi.
2. So'z ma'nosini lug'atdan va o'qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan
foydalanib tushuntirish. Bunda o'quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so'z
ma'nosini mustaqil tnshnnib olishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.
3. So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshiyordamida tushuntirish. Masalan,
sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi, diyor -vatan, inshoot - bino,
samo - osmon kabi. So'zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so'zning stilistik
(uslubiy) ahamiyatini ham ko'rsatish zanir.
4. Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z
bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish.
Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo’y
so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. Ko'chma ma'noda
ishlatilgan so'z va so'z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar
ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. So'zni o'ziga yaqin tushuncha boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish.
Masalan, o'zboshimchalik-o'z xohishicha ish tutish, ishni o'zi xohlaganicha bajarish;

mutaxassis - biror hunar egasi; shunqor- uzoq uchadigan ko'zi o'tkir qush; mesh-mol terisidan tikilgan idish; guidon - gill solib qo'yiladigan idish va boshq. Ba'zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn — bir vaqtning


o'zida donni o'radigan, yanchadi-gan, tozalaydigan qishloq xo'jalik mashinasi;
ekskavator — bir vaqtning o'zida erni qazib tuproqniyuk mashinasiga ortadigan
mashina; aero-drom - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib
qo'nadigan joy va hokazo.
6. So 'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan,
yantoq — suvsiz joyda o'sadigan ninasimon tikanli o'simlik; akula-okeanlarda
yashaydigan juda katta yirtqich baliq.
7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini
misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy asardan
axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahra-monining qilgan ishlari tahlil qilinadi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, dars davomida lug’atlar bilan ishlash, o’quvchilarga
soz manosini tushintirish oquvchilarning lugat boyligini orttiradi, dunyqarashini
kengaytirib, ularning kreativligini rivojlantiradi. Lug'at ustida ishlash ona tilidarslarida ham, o'qish darslarida ham reja asosida izchil olib borish zarur.
Boshlang'ich sinflar uchun izohli, imlo lug'atlarining yaratilmaganligi lug'at ustida
olib boriladigan ishlarni to'g'ri uyushtirishda ba'zi qiyinchiliklarni keltirib
chiqarmoqda.Agar lugat ishi qat'iy reja asosida izchil amalga oshirilsa,o'quvchilardan
ortiqcha mehnat talab qilmaydi. Bunga erishish uchun qunt, e'tibor, qat'iyatlik
va sabot bilan ishlash zarur.
Nutqning go‘zalligi va xilma-xilligi – kuchli qurol. Biz nutq orqali ta'sir ko‘rsatish, boshqarish va yo‘naltirishga qodirmiz. Aniq gapirish, noodatiy iboralarni qo‘llay olish kishilarda doimo taassurot uyg‘otadi.
Leksikon turlari
Lug‘at zaxirasi quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Faol – kundalik turmushdagi muloqot. U o‘z ichiga yozma va og‘zaki nutqni oladi.
Passiv – odamga tanish bo‘lgan kundalik dialoglarda qo‘llaniladigan tushunarli atamalar. Zarur bo‘lgandagina inson ulardan foydalanadi. Ayrim hollarda passiv leksikondagi so‘zlarning ma'nosini eslashga harakat qilish kerak bo‘ladi.
Tashqi – ma'nosi tanish bo‘lmagan so‘zlar. Masalan, texnik so‘zlar.
Leksikonni qanday kengaytirish mumkin?
Ot so‘z turkumidan iborat hikoya tuzing. Bunda hikoyada ma'no va mantiqiy rivojlanish mavjud bo‘lishi lozim. Bu usulni fe'l va sifatlarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Alifbe harflari. Hikoyani hosil qiluvchi ketma-ket so‘zlar zanjiri. Bunda har bir keyingi so‘z – alifbedagi keyingi harf.
Bir harf. Shunday matn o‘ylab topingki, unda har bir so‘z yagona harf bilan boshlansin. Qo‘shni so‘zlar ma'no jihatidan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy matn esa yo‘q.
Shunday qilib, ishlardan biroz chalg‘ish va kutish vaqtlarida band bo‘lish mumkin. Bunday o‘yinlar bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi.
Yana qanday mashg‘ulotlar so‘z boyligini oshirishi mumkin?
Kitoblar. Albatta, kitoblar aqlni charxlaydi, tafakkur va so‘z boyligini rivojlantiradi. Xilma-xil kitoblar o‘qib, yangi atama va nutqning o‘ziga xosliklarini eslab qolasiz. Turli adabiyotlarni o‘qish muhim. Ana shunda natija sezilarli bo‘ladi.
Turli soha vakillari bo‘lgan kishilar bilan muloqot qilish. Biror narsani o‘rganishning eng samarali usuli bu – amaliyot. So‘z boyligini muloqot, yangi nutq shakllarini qo‘llash va o‘zlashtirish orqali kengaytirish tezroq kechadi. Ko‘pincha o‘zimiz uchun odatiy kishilar doirasidagilar bilan muloqot qilamiz. Bu oila, do‘stlar va hamkasblar. Agar ushbu muloqot doirasidan tashqariga chiqsangiz, o‘zingiz uchun ko‘plab yangi narsalarni kashf etasiz. Nafaqat so‘z boyligi borasida. Rassom, texnik mutaxassislar, tor doiradagi mutaxassislar bilan muloqot qiling. Hozirda internet makoni yangi tanishlar orttirish imkonini beradi. Yangi joylar, ko‘rgazmalar, namoyish va konferensiyalarga tashrif buyuring. Bularning bari yangi tanishlarni olib keladi va muloqot doirasini kengaytiradi.
Audio-kitoblar. Kitoblarni audio shaklda tinglash so‘z boyligini kengaytirish uchun a'lo darajadagi variantga aylanadi. Aytishlaricha, bilimlar bizga aynan quloq orqali keladi. Aynan shu kanal orqali ko‘proq ma'lumotni o‘zlashtiramiz. Turli mavzulardagi ma'ruza va chiqishlarni tinglash ham foydli bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI


1. Karima Qosimova, Safo Matchnov, Xolida Gulomova, Sharofat Yoldasheva, Sharofjon Sariyev “Lugat ustida ishlash metodikasi”
2. Ж.Жалолов. Чет тил ўқитиш методикаси. Tошкент: Ўқитувчи, 1996. – 14-127 бб.
3. Ш.Исмаилова. Кичик гуруҳларда таълимни ташкил қилиш шартлари.
“ФСМУ” технологияси. Семинар-тренинг учун махсус тайёрланди.
Урганч Давлат университети, 2007.
4 .To’xliyev B.Adabiyot o’qitish metodikasi.T., 2006.
5.Yo’doshev Q. Yoniq so’z. T.: “Yangi asr avlodi”, 2006.
6.Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta‟lim samaradorligini oshirish yo„llari. T.2004 7.Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. Qarshi.: Nasaf. 2000.



Download 44.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling