Hozirgi tilshunoslik fanida tillar o‘rtasida genetik aloqadorlikning yangi qirralari ochilmoqda. Taxminan 200 til oilasidan 22 tasi Yevrosiyoga, 20 ga yaqini Afrikaga, qolganlari Amerika, Avstralia, Yangi Gvineyaga to‘g‘ri keladi. XIX asr oxirida, asosan, 4 ta til oilasi ajratilgan: turkiy, mo‘g‘ul, tungus-maanchjur, koreys tillari. XX asrda mazkur tillarning qardosh ekanligi ta’kidlanadi va umumlashtirib, oltoy tillar oilasi deb nomlanadi. Bu kabi an’anaviy til oilalaridan kengroq bo‘lgaan, bir-biriga qardoshligi to‘la asoslanmagan til oilalarini” makro til oilalari” deb nomlash taklif qilingan. V.M. Ilyich-Svitich tadqiqotlarida aks atgan nostraik gipoteza ( lotin tilida noster “bizniki” ma’nosiniberadi) til oilalarini yanada kengroq doiradagi genetik asosga birlashtirishni nazarda tutadi. Nostratik makro til oilasiga hind-yevropa, ural, oltoy, kartvel, dravid tillari kiritilgan. Bu tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik, asosan, olmoshlarda kuzatiladi: –tatar. Мин, mord. Мон, “men”;zansk. Munens, rus.мне –udm.ми, teleut memu, xaysa mu, rus.мы. –udm.ми, teleut memu, xaysa mu, rus.мы. O‘zbek tilidagi men mo‘g‘ul tilidagi minu menga, evenk tilidagi минду menga so‘zlariga mos keladi. O‘rin-payt kelishigi turkiy tillarda –da, mo‘g‘ul tilida –da, tungus-manchjur tilida –de. Turk, mo‘g’ul, tungus-munchjur, koreys tillarida aksariyat o‘rinlarda fonetik moslik kuzatiladi. Oltoy oilasidagi tillarning o‘xshashligi, ayniqsa, so‘z yasalishi tizimida yaqqol namoyon bo‘ladi. Til oilalarini o‘ganish tilshunoslarning doimiy e’tiborida bo‘lgan. Jumladan, oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, N.A.Baskakovning “Алтайская семья язиков и ее изучение”; V.Kotvichning “Исследование алтайских языков”, N.P.Direnkovaning “Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari shular jumlasidandir. Foydalanilgan adabiyotlar: Foydalanilgan adabiyotlar: - Tilshunoslik nazariyasi. Z.Xolmanova. Toshkent– 2020
- Tilshunoslikka kirish. Saidumar Saydaliyev. Namangan– 2004
- Tavsiyalar.uz
- Ziyouz.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |