birinchidan, ijtimoiy borliqning ob’yektiv qonunlaridan biri shuki, u
insondan rasional fikrlashni va rasional xatti-harakatlarni talab etadi. Aql, idrok va
o‘zining xatti-harakatlarini rasional boshqarish ko‘nikmalarining ortib borishi bilan
inson o‘zining ob’yektiv borliqdagi o‘rnini anglagan, u yoki bu madaniy boyliklar
yaratishga odatlangan, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini kashf etgan. Tafakkurning
faqat insonga, anglash, bilish va rasional fikrlash qobiliyatiga ega sub’yektga xos
fenomenligi ham shundandir. Ilmiy kuzatuvlarni o‘rganishdan kelib chiqib
tafakkurni, sub’yektiga muvofiq, individual, guruhiy, milliy va umuminsoniy
ko‘rinishlarga ajratish mumkin.
Ikkinchidan, tafakkur fenomeni faqat rasional va ob’yektiv borliq,
munosabatlar ta’sirida shakllanmagan, unga irrasional, tor sub’yektiv-kognitiv
kechinmalar, hatto mistik tasavvurlar ham ta’sir etgan, albatta. Mifoteologik
tasavvurlar (animizm, totemizm, shomonlik, mistika, fantastika) irrasional
xususiyatlarga ega, ular insoniyat tarixida, million yillar davom etgan tabiat va
inson o‘rtasidagi aloqalarning, kurashlarning, bir-birini anglashning mahsuli
hisoblanadi. Ilk tafakkur kurtaklari mifoteologik tasavvurlarda o‘z aksini topgan va
ular asrlar o‘tishi jarayonida transformasiyaga uchrab, insonni ob’yektiv borliq
talablariga muvofiq yashashga o‘rgatgan.
Uchinchidan, rasional bilan irrasional, ilmiy tafakkur bilan diniy tafakkur
o‘rtasidan ziddiyatlar, antogonizm izlash davri o‘tdi, endi konsensusni qaror
toptirish payti keldi. Ateistik qarashlar hali o‘z pozisiyasini bermagan va teizm ilm
bo‘lishga intilayotgan bir paytda ushbu ikki yondashuvdan inson butunligiga foyda
beradigan
xususiyatlarni
topish,
izlash
va
ularni
umumiy
maqsadda
uyg‘unlashtirish yangi ilmiy metodologik yondashuvlarni taqozo etadi. Bunga
qisman globallashuv jarayonlari, insoniyatning umumiyga intilishlari ham turtki
bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |