Urganch davlat universiteti xudaynazarov nuraddin shavkatovich


Download 478.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana05.08.2023
Hajmi478.8 Kb.
#1665234
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Avtoreferat 26.05.2023 оригинал-1

birinchidan, ijtimoiy borliqning ob’yektiv qonunlaridan biri shuki, u 
insondan rasional fikrlashni va rasional xatti-harakatlarni talab etadi. Aql, idrok va 
o‘zining xatti-harakatlarini rasional boshqarish ko‘nikmalarining ortib borishi bilan 
inson o‘zining ob’yektiv borliqdagi o‘rnini anglagan, u yoki bu madaniy boyliklar 
yaratishga odatlangan, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini kashf etgan. Tafakkurning 
faqat insonga, anglash, bilish va rasional fikrlash qobiliyatiga ega sub’yektga xos 
fenomenligi ham shundandir. Ilmiy kuzatuvlarni o‘rganishdan kelib chiqib 
tafakkurni, sub’yektiga muvofiq, individual, guruhiy, milliy va umuminsoniy 
ko‘rinishlarga ajratish mumkin. 
Ikkinchidan, tafakkur fenomeni faqat rasional va ob’yektiv borliq, 
munosabatlar ta’sirida shakllanmagan, unga irrasional, tor sub’yektiv-kognitiv 
kechinmalar, hatto mistik tasavvurlar ham ta’sir etgan, albatta. Mifoteologik 
tasavvurlar (animizm, totemizm, shomonlik, mistika, fantastika) irrasional 
xususiyatlarga ega, ular insoniyat tarixida, million yillar davom etgan tabiat va 
inson o‘rtasidagi aloqalarning, kurashlarning, bir-birini anglashning mahsuli 
hisoblanadi. Ilk tafakkur kurtaklari mifoteologik tasavvurlarda o‘z aksini topgan va 
ular asrlar o‘tishi jarayonida transformasiyaga uchrab, insonni ob’yektiv borliq 
talablariga muvofiq yashashga o‘rgatgan. 
Uchinchidan, rasional bilan irrasional, ilmiy tafakkur bilan diniy tafakkur 
o‘rtasidan ziddiyatlar, antogonizm izlash davri o‘tdi, endi konsensusni qaror 
toptirish payti keldi. Ateistik qarashlar hali o‘z pozisiyasini bermagan va teizm ilm 
bo‘lishga intilayotgan bir paytda ushbu ikki yondashuvdan inson butunligiga foyda 
beradigan 
xususiyatlarni 
topish, 
izlash 
va 
ularni 
umumiy 
maqsadda 
uyg‘unlashtirish yangi ilmiy metodologik yondashuvlarni taqozo etadi. Bunga 
qisman globallashuv jarayonlari, insoniyatning umumiyga intilishlari ham turtki 
bermoqda. 

Download 478.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling