16
rasional ahamiyat kasb etadi va bilim, qiziqish doiralari aniqlashadi. Ammo
so‘rovnomamizda ijtimoiy gumanitar fanlar (demak, yuqoridagi savollar) barcha
yoshda o‘z ahamiyatini saqlab qolishi kuzatiladi. Masalan,
ijtimoiy gumanitar
fanlarga qiziqish 5-6 sinf o‘quvchilarida 68% bo‘lsa, 10-11 sinf o‘quvchilarida
67%ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar umumiy ko‘rsatkich (62%)ga yaqin. Diniy
tafakkur ham asosan ijtimoiy gumanitar fanlar doirasida shakllantirilishini eslasak,
ushbu fanlarga qiziqish uyg‘otish bir-biriga bog‘liq ikki muammoni hal etishga
yordam beradi: birinchisi, maktab yoshlarida umumiy dunyoqarash,
hayotiy
maqsad, qadriyatlarga munosabat va jamiyatdagi axloqiy imperativlarni e’zozlash;
ikkinchisi, o‘z xulq-atvorini ijtimoiy-huquqiy me’yorlar orqali baholash, davlat
tomonidan o‘rnatilgan tartiblarni e’tirof etish, oladigan bilimlarini ham ana shu
me’yorlar va normalar orqali baholash ko‘nikmasini shakllantirish. Umuman,
sharq kishilariga ijtimoiy gumanitar
fanlarga qiziqish, voqeliklarni ijtimoiy-axloqiy
qadriyatlar, me’yorlar orqali baholash kuchliligi ko‘rsatilgan.
Ushbu bobning
“Zamonaviy o‘quvchi yoshlar tafakkurining ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: