Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari
Tarjima nazariyasining vazifasi –
Download 288.25 Kb.
|
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari-fayllar.org
Tarjima nazariyasining vazifasi – asl nusxa bilan tarjima o’rtasidagi nisbat qonuniyatlarini kuzatishdan, xususiy tarjimaviy hodisalardan hosil bo’lgan xulosalarni ilmiy dalillar asosida umumlatirishdan, shu yo’l bilan tarjima amaliyotiga ta’sir o’tkazib, uning sifatini yaxshilashga ko’maklashishdan iboratdir.
Tarjima amaliyoti maqbul ifoda vositalarini qidirib topish yo’li bilan muayyan tarjima muammolarini hal qilishda zarur andoza, qoida, dalil va isbotlarni tarjima nazariyasidan oladi. Asl nusxa bilan tarjima o’rtasidagi munosabat hamda konkret hollarda yuz berib turadigan, izohlash, tushuntirish va umumlashtirishni talab etadigan farqlanuvchi, tafovut qiluvchi shakllar hamda ikki til lisoniy-uslubiy hodisalarini qiyoslash orqali asl nusxaning shakl va mazmun birligini tarjimada muqobil vositalar yordamida qayta yaratish yo’l va imkoniyatlarini qidirib topish va shu asosda tarjima amaliyotining sifat o’zgarishiga olib keladigan nazariy umumlashmalar yaratish tarjima nazariyasining predmetini belgilaydi. Keyingi o’n yilliklarda bizning davlatimizda ham boshqa mamlakatlardagi kabi tarjimachilik sohasi rivojlanib keng quloch yoymoqda. Shu bilan birga tarjima sifati ham asta-sekin yaxshilanib bormoqda. Bunga turtki beradigan omillardan biri - tarjima nazariyasining so’nggi paytlarda jiddiy ravishda oldinga siljib borayotganligidir. Tarjimaning boshqa faoliyat turlari kabi o’ziga xos metodlari mavjud. Bular jumladan, lingvistik tadqiqot metodi, qiyosiy-chog’ishtirma (solishtirma) metodi, semantik uslubiy metod, komponentlar tahlili metodi (ikki til birliklarining turli kontekstlardagi qo’shimcha ma’no va ma’no belgilari ifodalanishi). Mazkur metodlar biri ikkinchisini mazmunan to’ldiradi. Shunday qilib, mamlakatimizda tarjimachilik hozirgi kunda o’z tarixi, rivojlanish xususiyatlari, an’analari, tadqiqot metodlari hamda tamoyillariga ega bo’lgan ijodiy jarayonga aylanib qoldi. Uning nazariy asoslari tadqiqotchilar tomonidan yanada chuqurroq o’rganilmoqda Tarjima nazariyasi va amaliyotining ikkita yo’nalishi mavjud. Birinchi yo’nalish tilshunoslik (lisoniy) yo’nalishi bo’lib 40 yillarda paydo bo’lgan. Bu yo’nalishning mohiyati tarjimaga asosan hamma holatlarda va barcha janrlarda lisoniy faoliyatdan iborat deb qaraldi. Ushbu yo’nalishni tanqid qilish asnosida ikkinchi adabiyotshunoslik yo’nalishi paydo bo’ldi. Natijada ikkita nazariy soha badiiy tarjima nazariyasi va nobadiiy tarjima nazariyasi yuzaga keldi. Download 288.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling