Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
ZOHID JUMANIYOZOV
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Toschkent-2018
Zohid Jumaniyozov. Tarjimaning nazariy va amaliy asoslari. –Toshkent, 2018.
Mazkur o’quv uslubiy qo’llanma 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili bakalavriat ta’lim yo’nalishi III kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining asosiy masalalari aks ettirilgan, shu jumladan, tarjima tarixi, tarjima maktablari, tarjima turlari, tarjima uslubi, tarjimonlik transformatsiyalari, tilning leksik tarkibini tarjima qilish masalalari, tarjimaning ayrim grammatik muammolari, tarjimada kontekst va hakozolar.
Mas’ul muharrir: f.f.n., dots. Р.Хudoyberganov
Taqrizchilar: f.f.n., dots. J.Ermetova
f.f.n., dots. J.Qurbonboyev
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma UrDU ilmiy-uslubiy Kengashining 2017 yil dekabr oyidagi (3-sonli bayonnoma) qarori bilan nashrga tavsiya etildi.
„“nashriyoti, 2017
SO’Z BOSHI
Fan, texnika va texnologiyalar yutuqlari asosida ta’lim tizimini isloh qilishda davr sinovlaridan o’tgan ilg’or tajribalarni o’rganish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ularning joriy etilishini ta’minlash raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omili sanaladi. Buning uchun avvalambor sifatli kadrlar tayyorlash uchun zarur bo’lgan o’quv-uslubiy ta’minotni yaratishdek murakkab ammo xayrli faoliyat oldimizda ko’ndalang turadi.
Shu ma’noda mustaqillikka erishganimizdan so’ng oliy o’quv yurtlarining o’quv adabiyotlari bilian ta’minlanganlik darajasi masalasi „Ta’lim to’g’risidagi qonun”, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shunga aloqador ravishda chet tili o’qitish sifatini oshirishga qaratilgan “Chet tili o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida o’z aksini topgan. Shunday ekan oliy ta’lim ilmiy pedagogik jamoatchiligi oldida hozirgi kunda foydalanib turilgan mavjud chet tillari bo’yicha darslik, o’quv va o’quv uslubiy qo’llanmalarga yanada sayqal berish, ularni ixtisoslashtirish, yetishib kelayotgan mutaxassislar kasblariga moslab muayyan o’zgartirishlar kiritish masalasi turibdi. Shu ma’noda biz tavsiya qilayotgan o’quv-uslubiy qo’llanma oliy o’quv yurtlarining nemis filologiyasi bo’yicha uchinchi kurs talabalariga mo’ljallab tuzildi. Ta’kidlash joizki, o’quv-uslubiy qo’llanma tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining 18 soatlik kursi uchun mo’ljallangan. Unda xorijiy filologiya yo’nalishlarining tarjima nazariyasi va amaliyoti fani uchun asos bo’luvchi to’qqizta asosiy mavzu keltirilgan.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kursi filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlashning muhim tarkibi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |