Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari
Asl matn tili va tarjima tili o’rtasidagi asosiy grammatik tafovutlar turlari
Download 0.5 Mb.
|
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Rod kategoriyasi va tarjima
2. Asl matn tili va tarjima tili o’rtasidagi asosiy grammatik tafovutlar turlari
Tarjimon A.V.Fedorov asl matn tili bilan tarjima tili o’rtasida yuz beradigan grammatik tafovutni uch xil ko’rinishini qayd etadi: 1. asl matn tilida tarjima tilida yo’q bo’lgan grammatik element uchraydi; 2. tarjima tilida asl matn tilida bo’lmagan, lekin tarjima jarayonida ishlatiladigan grammatik elementlar mavjud; 3. asl matn tilida mavjud grammatik elementlar tarjima tilida ham bor-u, ammo bu elementlar o’z funktsiyasi tomonidan farq qiladi. Sxematik tarzda ushbu grammatik tafovut turlarini quyidagicha ko’rsatish mumkin: АМТ – асл матн тили ТТ - таржима тили ГЭ - грамматик элемент(лар) Ф - функция, вазифа
1. 2 ТТ
+
ТТ
+
. 3. 3. 3. Rod kategoriyasi va tarjima Ma’lumki, dunyodagi ko’pchilik tilllarda rod kategoriyasi mavjud. Turkiy tillarda (o’zbek, qozoq, qirg’iz va boshqalarda) bu hol uchramaydi. Tilimizda mana shu xususiyatning yo’qligi ayniqsa tarjimachilik ishida katta qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Rod kategoriyasi bor bo’lgan tildan bunday grammatik xususiyatga ega bo’lmagan tilga tarjima qilishda qiyinchiliklar borligi o’z-o’zidan ravshan. Ammo rod kategoriyasiga ega bo’lgan tillarning hammasida ham bu xususiyat aynan muvofiq kelmaydi. Masalan: (139) die Sonne (j.r.) – solntse (sr.r.) der Löffel (m.r.) – lojka (j.r.) das Zimmer (sr.r.) – komnata (j.r.) Rus adabiyotida badiiy tarjimada rod kategoriyasi tug’diradigan mushkullikni aks ettiruvchi ma’lum va mashhur bir misol bor: G.Geynening «Qarag’ay bilan ‘alma» («Yovvoyi shimolda») nomli she’rida o’z ma’shuqasi «palma» dan abadiy judo bo’lgan oshiq «Qarag’ay» tasvirlanadi. (140)Ein Fichtenbaum steht einsam Im Norden auf kahler Höh! Ihn schläfert; mit weißer Decke Umhüllen ihn Eis und Schnee. Er träumt von einer Palme, Einsam und schweigend trauert Auf brennender Felsenwand. (H.Heine)
Bu ajoyib she’rni rus tiliga M.Yu.Lermontov tarjima qilar ekan, uning oldida bir muammo turar edi. Rus tilida «sosna» ham, «‘alma» ham jenskiy roddadir. Demak, bu ikki so’z yigit va qiz obrazlarini o’zida mujassamlantira olmaydi. Shuning uchun uning tarjimasida she’r mazmuni o’zgargan. Buning natijasida oshiq-ma’shuklar o’rnini dugonalar muhabbati, ular o’rtasidagi hijron azobi egallagan. Na severe dikom stoit odinoko Na goloy vershine sosna. I dremlet kachayas i snegom squchim Odeta kak rizoy ona. I snitsya yey vse, chto v pustine dalyokoy V tom krae, gde solntsa vosxod, Odna i grustna na utese goryuchem Prekrasnaya palma rastet. (M.Lermontov tarjimasi) G.Geyne she’rini rus tiliga ag’dargan boshqa rus shoirlari asar qahramonlarining jinsini bu tariqa o’zgartirishni ma’qul to’may, «sosna» ni mujskoy roddagi boshka bir daraxtning nomi bilan almashtiradilar. Masalan: Na severe mrachnom Na dikoy skale Kedr odinokiy pod snegom beleet. (F.Tyutchev tarjimasi) SHoir bu yerda «sosna» so’zini «kedr» (mujskoy roddagi) so’zi bilan almashtiradi [kedr: igna-bargli doim yashil yirik daraxt]. A.Fetning tarjimasida “sosna” (“qarag’ay”) o’rnini butunlay boshqa daraxt “dub” (“eman”) egallaydi. Na severe dub odinokiy Stoit na prigorke krutom (A.Fet tarjimasi) Botaniklar aytishicha, «kedr» shimolda unmaydigan janub daraxti bo’lib, faqat O’rta dengizda uchraydi. Shimolda esa kedr emas, balki «kedrovaya sosna» – kedr-qarag’ay o’sadi. G’.Salomov bu xususda shunday fikr bildiradi: «Bizningcha, mutaxassislarning shimolda kedr emas, balki kedrovaya sosna (kedr-qarag’ay) o’sadi, kedrning vatani O’rta dengizdir, deyishlarida bir yoqlamalikka yo’l qo’yilgan. Birinchidan, kedr qarag’ay daraxti turiga kirar ekan, bu unchalik katta farq qilmaydi. Ikkinchidan, mahalliy aholi kedrovaya sosna (kedr-qarag’ay)ni ham kedr deb tushunishlari turgan gap. Uchinchidan, badiiy shartlilikni ham unutmaslik kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda, qarag’ay (sosna)ni kedr (eman) deb olish (albatta, rus tilida) o’rinlidir» [2,199-bet]. G.Geynening ushbu she’rini o’zbek tilidagi variantlarini ko’rib chiqaylik. Yaydoq shimol tog’ cho’qqisida Bir qarag’ay turar yakkahol. Mudrar ham muz, ham qor ustida – Chulg’anmishdir oq kafan misol.
Ovloq yerda – kun yoqda jim-lol Kunda kuygan qoya to’shida Kuyunar bir xurma yakkahol. (Mirtemir tarjimasi) G.Salomov fikricha, Mirtemir tarjimasidagi she’rda “yigit” siymosini ”qarag’ayda” ko’rish uchun biror-bir turtki yo’q, chunki o’zbek tilida lisoniy jins tushunchasi yo’q. Lekin sifatlash, jonlantirish orqali Qarag’ay va Xurmo timsolida “yigit” bilan ”qiz” obrazini tasvirlash mumkin. Bunday urinishni Abdulla Sher tarjimasida ko’rish mumkin: Yovvoyi shimolda, yaydoq yuksakda Tund va xoliy turar qarag’ay. Chayqalib, u mudrar qoru qirovda, Huddi oppoq rido kiyganday. Tushida doim shu: ko’p olis sahro – Jazirama huv Sharq tomonda, Jizg’anak qoyada go’zal bir xurmo O’sar emish tanho, armonda. Gaybulla Salomov tarjimasi: Vahshiy shimol, yalang choqqida, So’qqabosh bir qarag’ay turar. O’’oq rido kiyganday go’yo Muzu qorga burkanib mudrar.
Olis Sharqda jimgina tanho, Cho’g’day qoya uzra kuyinmish, Motamsaro suluv bir xurmo. Bu tarjimadagi “so’qqabosh bir qarag’ay turar” misrasi “yigit” obrazini ma’lum darajada ko’z oldimizga keltiradi, chunki “so’qqabosh” so’zi faqat xotini vafot etgan beva erkaklarga nisbatan ishlatiladi. “Suluv bir xurmo” deganda ham xurmo jonlantirilayotganday ko’rinadi. Xurmoga “suluv” sifatini berish bilan ko’z o’ngimizda “qiz” gavdalanganday bo’ladi. Demak, rod kategoriyasi mavjud bo’lgan tillardan bunday kategoriyasi yo’q bo’lgan tilga tarjima qilishda rod funktsiyasini bajaruvchi unsurlarni aksar holda sifatlashlar orqali aks ettirish amaliyotda kuzatilmoqda. G.Geynening “Qarag’ay bilan palma” she’rini o’zbek tilidagi variantlarini tahlil etar ekanmiz, ushbu o’girmalar bilvosita tarjimalar ekanligini ta’kidlab o’tish lozim. O’zbek tilidagi ushbu she’r variantlari bevosita asl nusxadan emas, balki rus tilidagi o’girmalar orqali yaratilgan. O’zbekcha tarjimalarda asl nusxada yo’q bo’lgan “yaydoq”, “yovvoyi”, “vahshiy” so’zlari Shimolga nisbatan nohaq ravishda qo’llanilgan. Bunga asosiy sabab Yu.M.Lermontovning ruscha o’girmasida “Na severe dikom.” so’zlarining ishlatilganligidir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling