Урганч Давлат университетида профессор-ўқитувчиларнинг прокуратура ходимлари билан ўтказилган учрашув
Download 23.57 Kb.
|
10.06.2023 yil bayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raislik qildi
- KUN TARTIBI: 1. “Korrupsiya-davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”
- Q A R O R Q I L I N D I
- Yig‘ilish raisi: X.Avazov Rasmiylashtirdi: M.Samandarov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti talabalari orasida “Korrupsiya-davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiyori ostida o‘tkazilgan uchrashuv BAYONNOMASI __ 10.06.2023 yil Urganch shahri Raislik qildi: TATU Urganch filiali direktor maslahatchisi X.Avazov. Qatnashdilar: TATU Urganch filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Samandarov. TATU Urganch filiali tyutorlari Otajanova Sayyora ,Kazaqov Otabek, Karribayev Yangiboy, Dusimova Tamara, Yaqubova Nodira Kompyuter injiniringi fakulteti 914-21 guruh talabalari (jami 20 nafar)KUN TARTIBI: 1. “Korrupsiya-davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiyori ostida talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirini amalga oshirish. 2. Korrupsiyaning yuzaga kelishini oldini olish va uning salbiy oqibatlari, korrupsiya bilan shug‘ullangan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik turlari to‘g‘risida tushuntirishlar berish. 3. Korrupsion harakatlar to‘g‘risida tushuntirishlar. ESHITILDI: Yig‘ilishni TATU Urganch filiali direktor maslahatchisi X.Avazov. kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Tadbir boshida talabalarga ta’lim sohasida mavjud korrupsion holatlar, ularning yuzaga kelish sabablari va oqibatlari to‘g‘risidagi video rolik taqdim qilindi. Shundan so‘ng so‘z navbati Kompyuter injiniringi fakulteti tyutori Karribayev Yangiboyga berildi. Y.Karribayev talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususida ma’lumotlarni yetkazdi. Xususan, guruh talabalariga pora bergan shaxs yoki berishda vositachilik qilgan shaxs ham birday korrupsia jinoyati ishtirokchisi ekanligini va qonun oldida javob berishini yetkazdi. Yig‘ilish davomida TATU Urganch filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M.Samandarov so‘zga chiqib, Korrupsiyaning ta’lim tizimidagi salbiy oqibatlari oliy ta’lim tizimida korrupsion xarakatlar va javobgarlik masalalari to‘g‘risida tushuntirishlar berdi xususan Kronizm, manfatlar to‘qnashuvi, mahalliychilik, nepotizm urug‘ aymoqchilik, favoritizm kabi harakatlar bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazdi. JQ ning bir qator moddalari jumladan 210-211-212- moddalarida ko‘zda tutilgan korrupsion jinoyatlar to‘g‘risida so‘z yuritib talabalarga tushuntirishlar berib o‘tdi. Tadbir jonli muloqot tarzida o‘tdi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Q A R O R Q I L I N D I : 1. Kun tartibidagi masalalar muhokama qilingan deb hisoblansin. 2. TATU Urganch filialida talabalar o‘rtasida . “Korrupsiya-davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusi yuzasidan bildirilgan fikrlar ma’lumot sifatida qayd qilinsin. Yig‘ilish raisi: X.Avazov Rasmiylashtirdi: M.Samandarov Download 23.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling