Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


Download 0.66 Mb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1533269
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
suvdan samarali foydalanish ilg\'or tajriba va tafsiyalar1

Toʻrtinchidan, aniqlashtirilishicha, suv ob’yektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish ob’yektlari boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda DXSh prinsiplari hamda boshqa shartlar asosida foydalanishga berilishi mumkin, bundan suv omborlari, sel-suv omborlari, shuningdek yirik va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlari mustasno. Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining qariyb 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashaydi. 2025 yilga kelib har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi chuchuk suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin. Yuqumli kasalliklarning 80 foizdan ortig‘i aynan ichimlik suv sifatining pastligi hamda suv ta’minotida sanitar-gigiyenik qoidalarning buzilishi bilan bog‘liq. Tabiiyki, bu global muammo insoniyatning to‘kis hayot kechirishiga, kelajak taraqqiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan 22 mart — “Butunjahon suv resurslar kuni”ga bag‘ishlab “Suv resurslari va ulardan foydalanishdagi ustuvor vazifalar” mavzusida amaliy-seminar tashkil etildi.
Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, sohani boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan qator farmon va qarorlar qabul qilinib, ularni ijro etishning aniq mexanizmlari belgilab berildi. Xususan, “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirishda, sohaga bozor tamoyillari, mexanizmlari, shuningdek raqamli texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’kidlanganidek, 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 31-maqsadida suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish, jumladan, suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish, suv xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish, soha obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Ma’ruzachilarning bildirishicha, yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan suvni iqtisod qilish yuzasidan o‘tgan yilda 463,7 ming gektar, shu jumladan, 89,8 ming gektar tomchilatib, 16,2 ming gektar, yomg‘irlatib va 5,7 ming gektar maydonda disket sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan. 243,0 ming gektar ekin maydonlari lazer uskunasi yordamida tekislanib, suvdan foydalanish samaradorligi oshirilgan. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida jami 7 mlrd kub metr suv tejalishiga erishilgan.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan aytib o‘tganidek, respublika hududida shakllanadigan suv resurslari transchegaraviy daryolarga bog‘liqligi, iqlim o‘zgarishi, suvga bo‘lgan ehtiyojning ortishi suv tanqisligi kelib chiqishini oldini olish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishni taqozo etmoqda. Xususan, so‘nggi 15 yilda yog‘ingarchilik 25 foizga qisqarganligi, yozda o‘ta issiq kunlar davomiyligi ortgani oldimizda hali katta sinovlar borligidan dalolat beradi.
Shuningdek, ekin maydonlarining asosiy qismida hanuzgacha eskicha uslubdagi sug‘orish tizimi qo‘llanilib kelinayotganligi hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi natijasida asosiy manbalardan olinadigan suvning 35–40 foizi sug‘orish tarmoqlarida yo‘qolmoqda. Fermer xo‘jaliklarining sug‘orish tarmoqlari asosiy qismi tuproq o‘zanli bo‘lib, ularda suvning filtratsiya hisobiga yo‘qolish salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda.
Jahon banki ekspertlariga ko‘ra, 2050 yilga borib Sirdaryo havzasida suv resurslari 5 foizgacha, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. 2050 yilda Markaziy Osiyoda chuchuk suv taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 11 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin.
Yig‘ilishida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida vazirlik va idoralarga suv havzalari va yer osti suv zaxiralarini muhofaza qilish bo‘yicha talablarni kuchaytirish, transchegaraviy suv resurslaridan xalqaro me’yorlar asosida, mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olgan holda foydalanish, suvning hisobini ochiq-oshkora yuritish tizimiyb joriy etish, suv xo‘jaligi obyekti raqamlashtirish, nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish hamda muqobil energiyaga o‘tkazish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida xalq vakillari tomonidan sohaga oid qonunlarni takomillashtirish, ularning joylardagi ijrosini nazorat-tahlil faoliyati tartibida o‘rganish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Seminar qatnashchilari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Agrover” MCHJda qishloq xo‘jaligi klasteri faoliyati, unda joriy etilgan suv tejovchi texnologiyalar bilan ham tanishishdi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling