Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi
-modda. Ekologik auditorlik tashkilotining huquq va majburiyatlari
Download 382 Kb.
|
Kurs Ishi Bobojon
11-modda. Ekologik auditorlik tashkilotining huquq va majburiyatlari
Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: ekologik audit subyektiga nisbatan ekologik audit o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun uning ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlari bilan oldindan tanishish; ekologik audit subyektining asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish, shuningdek ularning haqiqiy holati va ish samaradorligini o‘rganish; zarur o‘lchovlar o‘tkazish, namunalar olish va o‘zining akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasida yoki boshqa akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyada laboratoriya sinovlarini o‘tkazish; ekologik audit o‘tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslardan tushuntirishlar va ekologik audit o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar olish; ekologik audit o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa mutaxassislarni ekspert sifatida jalb qilish; ekologik audit bilan bog‘liq huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berish. Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi turdosh xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin: a) atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov hisob-kitobining to‘g‘riligini tekshirish; b) quyidagi masalalar yuzasidan tahlil qilish va maslahat berish: tabiiy resurslardan foydalanish va (yoki) atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish; atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida hisobotlar tuzish; tabiatni muhofaza qilishga oid faoliyatni va tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish hamda natijalarini baholash; ishlab chiqarishga doir ekologik nazoratni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalari to‘g‘risida hisobotlar tuzish; atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va usullarni joriy etish; v) atrof-muhitga yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash. Ekologik auditorlik tashkiloti: ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ekologik audit to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; shtatida asosiy ish joyi ekologik auditorlik tashkiloti bo‘lgan kamida to‘rt nafar ekologik auditor mavjud bo‘lishini ta’minlashi; ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisiga ega bo‘lishi; ekologik audit xulosasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishi holatini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarni aks ettirishi; ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir tegishli hujjatlarni ekologik audit buyurtmachisining talabiga ko‘ra taqdim etishi; ekologik auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi; ekologik audit natijalarini ekologik audit standartlariga binoan rasmiylashtirishi va ekologik audit xulosalarining nusxalarini ekologik auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi; ekologik auditorlar ishi sifatining nazoratini ta’minlashi shart. Download 382 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling