Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


Download 156.62 Kb.
bet9/11
Sana16.06.2023
Hajmi156.62 Kb.
#1496520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Adhamjon

Tojikiston
Tojikiston Tojikistonda ham suv qonunchiligi asosini Suv kodeksi tashkil etadi, biroq shu bilan birga suv bilan bog‘liq alohida masalalar 50 dan ortiq qonunlarda o‘z aksini topgan. Tojikiston Respublikasi Suv kodeksiga 2012-yilda va yangi tahrirda 2020-yilda SRIB bilan bog‘liq qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, Suv kodeksiga «Suv resurslarini integral boshqarish», «Suv resurslarining havza tashkiloti»,
«Milliy suv kengashi», «Havzaviy suv kengashi» kabi tushunchalar kiritilgan. Tojikiston Suv kodeksida SRIB va havzaviy rejalashtirish elementlarining aks ettirilishi (Tojikiston Respublikasi suv kodeksi, 2020-yil 2-aprelda kiritilgan o‘zgartirishlar bilan):
- 1-modda: Asosiy tushunchalar: • Suv resurslarini integral boshqarish – bu suv (yer osti, yer usti va qaytgan) va yer resurslari hamda ular bilan bog‘langan boshqa tabiiy resurslarning muayyan gidrografik chegaralarda hisobga olinishi va o‘zaro ta’siriga asoslangan, turli tarmoqlarning hamda suv va tabiiy resurslardan foydalanishning turli ierarxiya darajalari manfaatlarini inobatga oluvchi, ularni barqaror taraqqiyot va tabiatni muhofaza qilish yo‘lida qarorlar qabul qilish, moliyalashtirish, suv resurslarini muhofaza qilish va rivojlantirish jarayoniga jalb etuvchi boshqaruv tizimi; •
Suv resurslarining havza tashkiloti – bosh havza chegaralarida suv resurslarini boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan, suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish jarayonini tartibga soluvchi vakolatli davlat organlarining hududiy tuzilmasi. Bu yerda havza tashkilotlari vakolatli davlat tashkiloti sifatida talqin etilgan;
• Milliy suv kengashi – Tojikiston hukumati qoshidagi suv resurslarini rejalashtirish, boshqarish, foydalanish va muhofaza qilish yo‘nalishida vazirlik va idoralar, davlatning boshqa organlari hamda nodavlat tashkilotlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahat organi;
• Havzaviy suv kengashi – muayyan suv havzasida suv resurslarini rejalashtirish, boshqarish, foydalanish va muhofaza qilish yo‘nalishida davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi havzaviy maslahat organi; - 21-modda: Suv resurslarini havzaviy boshqarish.
• Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi boshqarishning havzaviy … prinsiplariga asoslangan holda Tojikiston Respublikasi hukumati, joylardagi ijro hokimiyati organlari hamda suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlatning mutasaddi tashkilotlari tomonidan qonunchilik asosida amalga oshiriladi. - 38-modda.
Suv resurslarini boshqarish bo’yicha havzaviy reja. • xo‘jalik ichki suvdan foydalanish rejalari – suv bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishgan holda, muayyan hudud ma’muriy jihatdan bo‘ysunuvchi joylardagi ijro hokimiyati organlari tomonidan; • tuman (havzaviy) ahamiyatiga ega bo‘lgan tizimlar bo‘yicha – muayyan hudud ma’muriy jihatdan bo‘ysunuvchi joylardagi ijro hokimiyati organlari tomonidan; • tumanlararo, viloyat (havzaviy) ahamiyatiga ega bo‘lgan tizimlar bo‘yicha – mos ravishda suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlatning mutasaddi organlari va ularning tashkilotlari tomonidan joylardagi qishloq xo‘jaligi organlari bilan kelishgan holda. -30-modda
(IV bob): Suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish: • Suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish aholining ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirishni, suv ob'ektlarini muhofaza qilishni va ularning zararli ta'sirini oldini olishni hisobga olgan holda suv resurslairni suvdan foydalanuvchilar o'rtasida ilmiy asoslangan taqsimlanishini ta'minlashi kerak. • Suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirishda davlat suv kadastri, suv xo’jaligi balanslari, suv resurslaridan mukammal foyfalanish va ularni muhofaza qilish shakliy loyihasi hamda davlat suv fondi manbalaridan suv olish limitlari ma’lumotlari hisobga olinadi.
Tojikiston Respublikasi Suv kodeksiga asosan mamlakatda tarkibiga faoliyatlari havzadagi mavjud suv resurslarini rejalashtirish, ulardan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli tashkilotlar va korxonalar vakillari kiruvchi Havzaviy suv kengashlari tuziladi. Asta-sekin barcha havzalar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning havzaviy rejalari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Download 156.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling