Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


Download 156.62 Kb.
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi156.62 Kb.
#1496520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Adhamjon

Turkmaniston
Turkmaniston Respublikasining «Suv kodeksi» – Turkmanistonda suv-ekologik tartibotni shakllantirish va mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashishni ko‘zda tutadi.
Kodeksda suv resurslarini havzaviy prinsip asosida boshqarish to‘g‘risidagi qoidalar bevosita ko‘rsatilgan, biroq suv xo‘jaligi balanslari hisoblarini ularning holati va foydalanilishi darajasi bo‘yicha daryolar havzalari kesimida yuritish belgilangan.
Shuningdek, mamlakatda suv fondini saqlash bo‘yicha asosiy suv xo‘jaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini belgilab beruvchi «Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilishning Bosh va Havzaviy (hududiy) shakliy loyihalarini tuzish bo‘yicha majburiyatlar belgilangan – (SRMFvaUMQ SHL). Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilish shakliy loyihalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining suvga bo‘lgan istiqbolli talablarini qondirish, suv resurslaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash, suv resurslarini muhofaza qilish va ularning salbiy ta’sirlari oldini olishga yo‘naltirilgan.
Kodeksga ko‘ra, jamoatchilik Turkmaniston qonunchiligi asosida davlat tashkilotlari tomonidan suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish jarayonida hamkorlik qilishi va bevosita ishtirok etishi mumkin.
Turkmaniston Resublikasi «Suv kodeksi»da SRIB va havzaviy rejalashtirish elementlarining aks ettirilishi (2016-yil qabul qilingan, 2018 va 2019 yillarda to’ldirilgan): - 23-modda (IV bob): Suv xo‘jaligi balanslari: Suv xo’jaligi ob’ektlari havzalari va suv xo’jaligi zonalari bo‘yicha mavjud suv resurslari hisobi va suvdan foydalanish darajasini baholovchi suv xo‘jaligi balanslari… - 24-modda (IV bob): Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilish shakliy loyihalari:
Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilishning Bosh va Havzaviy (hududiy) shakliy loyihalari suv fondini saqlash bo‘yicha asosiy suv xo‘jaligi va suvni muhofaza qiluvchi tadbirlarni belgilab beradi



Xulosa
Xulosa qilib aytganda, suvdan foydalanuvchi subyektlarning o ‘z huquq va majburiyatlari mazmunini yaxshi anglab yetishlari hamda unga rioya qilishlari suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etish, suv qonunchiligi talablarini bajarishga xizmat qiladi. Suv fondidan foydalanish (iste’mol qilish) va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi Suvdan foydalanish (iste’mol qilish) va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi davlatning ekologik vakolati va ekologik siyosatini amalga oshirishning yo'nalishlaridan biridir.Ushbu boshqaruvni tashkil etish asosida atrof-muhitni yaxshilash, suvlarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish (iste’mol qilish)ni ta’minlash maqsadlari turadi. Suvdan foydalanish (iste’mol qilish) va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat suv fondining mulkdori sifatida ulardan foydalanish (iste'mol qilish)ni tashkil etish maqsadida suvni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. Suvdan foydalanish (iste’mol qilish) va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi deganda vakolatli davlat organlarining suvdan foydalanish (iste’mol qilish) va uni muhofaza etish bo‘yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi. Suvdan foydalanish (iste’mol qilish) va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining fannoyish berishi ularning ijtimoiy munosabatlami tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Suvdan foydalanish (iste’mol qiliSh) va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.



Download 156.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling