Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


Download 156.62 Kb.
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi156.62 Kb.
#1496520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Adhamjon

Qozog‘iston
Qozog‘iston Qozog‘iston Respublikasi Suv kodeksiga Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib SRIB, Havzaviy Kengash va Havzaviy rejalashtirish tushunchalari kiritilgan. Suv kodeksi asosiga boshqaruvning havzaviy prinsipi olingan, ya’ni boshqaruv gidrografik prinsip asosida amalga oshiriladi. Suv kodeksida Havzaviy kengashlarni tashkil etish va Havzaviy shartnomalarni tuzishga katta e’tibor qaratilgan. Suv kodeksi bandlarining bajarilishi davlat moliyalashtirish dasturiga kiritilgan. 2008-yildan boshlab SRIB prinsiplarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar davlat byudjeti hisobiga moliyalashtiriladi.
Qozog‘iston Suv kodeksiga SRIB elementlari va havzaviy rejalashtirishga oid bandlar 2009-yil 9-iyuldan va keyinroq 2012- yil 25-yanvardan o‘zgartirishlar bilan kiritilgan. Jumladan: SRIB elementlari I bob, 1-moddada (Boshqaruvning havzaviy prinsipi – suv resurslarini daryolar, ko‘llar va boshqa suv ob’yektlari havzalari doirasida ma’muriy-hududiy birliklarga taqsimotini amalga oshirishda suv fondi boshqaruvi gidrografik ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilishini bildiradi) o‘z aksini topgan. 9-moddada (I bob) esa suv qonunchiligi prinsiplari keltirilgan: • aholining suv bilan adolatli va teng ta’minlanishi; • suv fondidan foydalanishda va uning muhofazasida ochiqlik va jamoatchilikning jalb etilishi; • Qozog‘iston Respublikasi suv fondining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi.
Havzaviy rejalashtirish 34- va 40-moddalarda o‘z aksini topgan. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari: • suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida havzaviy boshqarish; • gidrografik havzaning suv resurslarini havzaviy prinsip asosida kompleks boshqarish;
• suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida suv munosabatlari sub’ektlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish...; • tegishli havza doirasida taraqqiyotning istiqbolli reja va dasturlari asosida suv ob’yektlarining muhofazasi va ularni qayta tiklash bo‘yicha havzaviy shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish; •
Havzaviy kengash ishini tashkil etish, Havzaviy kengash a’zolari bilan havza doirasida suv fondidan foydalanish va uni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarni tashkil etish, Havzaviy kengash tomonidan tayyorlangan tavsiyalar tahlili, ular asosida tadbirlarni amalga oshirish, Havzaviy kengash tavsiyalarini manfaatdor tomonlar davlat organlari va suvdan foydalanuvchilarga yetkazish. 42-modda suv ob’yektlarini qayta tiklash va muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan. Jumladan, unda havzaviy shartnomalar tomonlarining muayyan suvni muhofaza qilish tadbirlarini (ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan holda) amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kuchlar va resurslari bilan ishtirok etishi bo‘yicha majburiyatlari keltirilgan. 43-moddada
Havzaviy kengash – muayyan havza doirasida tashkil etiladigan maslahat organi sifatida talqin etilgan. 45-moddada Suv xo‘jaligi balanslari va 46-moddada Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilish shakliy loyihasi (SRMFvaUMQ SHL) mohiyati yoritilgan. Jumladan, SRMFvaUMQ SHL suv resurslarini integral boshqarish masalalarida qarorlar qabul qilish maqsadida ishlab chiqilishi ko‘rsatilgan.
Qirg‘iziston Qirg‘iziston Suv kodeksida suv resurslarini havzaviy yondashuv asosida boshqarish ko‘zda tutilgan. Kodeksda har bir Bosh havzada tegishli Havzaviy suv xo‘jaligi ma’muriyati va Havzaviy kengashlar tuzilishi belgilangan.
Shuningdek, mamlakatda faoliyati havzalarning gidrogeografik chegaralarini aniqlash, Milliy suv strategiyasi loyihasini ishlab chiqish, qonun hujjatlari loyihalarini va boshqa tegishli hujjatlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan Milliy kengash ham tuzilgan. Qirg‘iziston Suv kodeksida SRIB va havzaviy rejalashtirish elementlarining aks ettirilishi
(Qirg‘iziston Suv kodeksi, 2005- yil 12-yanvar, 2012-yil 10-oktyabrda kiritilgan o‘zgartirishlar bilan): - V bob: Suv resurslarini boshqarish va havzaviy yondashuv: • «Havzaviy yondashuv – suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish jarayonini boshqarish bosh havzalar doirasida gidrografik prinsip asosida amalga oshirilishini bildiradi...»; • «Har bir bosh havzada tegishli havzaviy suv ma’muriyati va havzaviy kengashlar suv resurslarini boshqarishning muayyan jihatlari uchun mas’uldirlar...». –
V bob: Suv resurslarini boshqarish prinsiplari: • Ifloslaganlik uchun to‘lov prinsipi; • Real kafolat prinsipi: suv iste’molchilarining huquqlari va yuridik himoyasi bo‘yicha real kafolatning ta’minlanishi; • Ochiqlik prinsipi: suv ob’yektlari va suv resurslarining holati haqidagi ma’lumotlar jamoatchilik vakillari uchun ochiq bo‘lishi lozim. –
X bob: Havzaviy rejalashtirish. Havzaviy kengashlar va ularning vakolatlari: • Havzaviy kengashlarning vazifalari – Havzaviy rejani ishlab chiqish... dan iborat; Havzaviy reja quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
havza ichidagi suv resurslari miqdori va sifatini baholash; o aholi va ekologik ehtiyojlar uchun suvga bo‘lgan talabni aniqlash; o investitsion va moliyaviy talablarni, ularning ehtimoliy manbalarini aniqlagan holda baholash; o suvdan foydalanish bo‘yicha ustuvorliklarni hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasida suvdan foydalanuvchilarning huquqlari ehtimoliy cheklanishlarini belgilash. • Havzaviy kengash faoliyati bo‘yicha ish yuritish qoidalari loyihalarini tayyorlash…;
• Bosh havza doirasida suv sektorida faoliyatlarni muvofiqlashtirish; «...Davlat suv ma’muriyati havzaviy rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha jarayonlarni belgilaydi...». «...Davlat suv ma’muriyati va tegishli havzaviy suv ma’muriyatlari o‘z vazifalarini bajarish davomida tegishli havzaviy rejalarni amalga oshiradilar...». «...Havzaviy rejalar tegishli havzaviy kengashlar tomonidan har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi...».

Download 156.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling