Urganch davlat universitetining tabiiy fanlarfakulteti «ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi “Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza”
Ekologik ekspertiza to’g’risida tushuncha
Download 267.65 Kb.
|
ogabek kurs ishi
1.2. Ekologik ekspertiza to’g’risida tushuncha
«Ekologik ekspertiza» tushunchasi asosan quyidagi uch xil yo‘nalishda talqin etiladi. 1) ekologik ekspertiza davlat boshqaruv tizimidagi maxsus faoliyat tarmog‘i; 2) ekologik ekspertiza-fan yo‘nalishi; 3) ekologik ekspertiza o‘quv fani. Ekologik ekspertizaning mamlakat boshqaruv tizimida tarmoq sifatida shakllanishi uchun eng kamida quyidagi uchta sharoit bo‘lishi kerak: 1) bunday tarmoqni shakllantirish uchun davlat manfaatining mavjudligi; 2) mustaqil tartibga solish (boshqarish) predmetini tashkil etuvchi tartibga solinadigan ekologik-iqtisodiy ijtimoiy munosabatlarning yaqqol namoyon bo‘lishi; 3) alohida metodlarda tartibga solishga extyojning borligi: Bunday sharoit O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda paydo bo‘ldi: mamlakatda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibida yagona Davlat ekologik ekspertiza tizimi va ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi ekspert organlari tashkil etildi va ular faoliyat ko‘rsatmoqda 1996 yilda ushbu tizimda 63 xodim ishlagan, murakkab muammolarni ko‘rib chiqish uchun 300 dan ko‘proq taniqli olimlar ekspert sifatida qatnashganlar. Ekologik ekspertiza qilingan ob’ektlar soni 1993 yilda 1860, 1994 yilda-2640, 1995 yilda-3712, 1996 yilda-4384 ta bo‘lgan 1997 yilda «Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. 2002 yil yanvar oyida «Ekologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nizom tasdiqlangan. Ekologik ekspertiza boshqarish tizimining tarmoq yo‘nalishi sifatida mamlakat va uning regionlari va hududlarida xo‘jalik kompleksi yangiliklarining (shu jumladan tabiatni o‘zgartirish loyihalarining ham) inson yashash muhiti, tabiiy resurslar va odamlar salomatligiga ta’sirni baholash bilan shug‘ullanadi. Bunda ekologik ekspertiza ekologiyaning qonunlari, qoidalari va prinsiplariga asoslanadi, ularning amalga oshirilayotgan loyihalarga ta’siri extimolini tekshiradi va xo‘jalik tadbirlarining ushbu fundamental qoidalarga mos kelishini aniqlaydi. Ekologik ekspertiza munosabatlarida ta’siri har tomonlama hisobga olinishi zarur bo‘lgan ekologiya qonunlari, qoidalari, prinsiplari ko‘p sonli bo‘lib, ularni tuzilmasi, funksiyasi, evolyusiyasi, tizimlararo o‘rni, empirik oqibatiga ko‘ra guruhlarga bo‘lish mumkin. Masalan, tuzilmasiga ko‘ra 10 ta ekologik qonun, 4ta qoida, 2 ta prinsip, funksiyasiga ko‘ra 14 ta ekologik qonun, 7 ta qoida, 5 ta prinsip, evolyusiyasi bo‘yicha 9 ta ekologik qonun, 2 ta qoida, 5 ta prinsip, tizimlararo o‘rniga ko‘ra 8 ta qonun, 5 ta qoida, empirik oqibatiga ko‘ra 1 ta ekologik qonun, 7 ta qoida, 6 ta prinsip borligi aniqlangan (Reymers N.F., 1990) Ularning umumiy soni quyidagicha: qonunlar-42, qoidalar-25, prinsiplar-13. Ularning ta’rifi, ta’siri xususiyatlari, ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari maxsus ekologiya ensiklopediyalari, lug‘at va ma’lumotnomalar, o‘quv adabiyotlarida va ilmiy asarlarda batafsil bayon qilingan. Shu sababdan biz eng muhim ekologiya qonunlari, qoidalari, prinsiplarining ayrimlariga namunaviy misol tariqasida qisqacha ta’rif berish bilan cheklanamiz. Bunday yondashuv o‘quvchilarda ma’lum tushuncha va tasavvur paydo bo‘lishga yordam beradi. Ekologik qonunlar orasida funksional qonunlar qatoriga kiradigan ichki dinamik muvozanat qonuni muhim o‘rinni egallaydi. Ichki dinamik muvozanat qonuniga ko‘ra ayrim tabiiy tizimlar va ularning ierarxiyasining (bosqichlari) moddalari, energiyasi, axboroti, dinamik sifati shurday o‘zaro bog‘langanki, ularning birortasida sodir bo‘ladigan har qanday o‘zgarish tizimning ichki munozanatiga ta’sir qiladi, uning modda-energetik, axborot, dinamik sifatining yig‘indisida va funksional tuzilmasida miqdor va sifat o‘zgarishlarining sodir bo‘lishiga olib keladi. Bunday o‘zgarishlar esa ushbu jarayonlar sodir bulayotgan hududlar va ularning ierarxiyasiga ham deyarli bir xil va barobar darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ekologik qonun ta’sirining ekologik ekspertiza faoliyatida hisobga olinishi zarur bo‘lgan empirik (amaliy) oqibatlari quyidagilar bilan harakterlanadi: 1. Tabiiy muhitning har qanday o‘zgarishi (ekotizimlarning modda, energiya, informatsiya, dinamik sifati) muqarrar tabiiy zanjir reaksiyalarining rivojlanishiga olib keladi, ular esa o‘z navbatida amalga oshirilgan o‘zgarishlarni neytralizatsiyalash (ta’sirsizlantirish) yoki yangi tabiiy tizimlarni shakllantirish tomoniga yo‘naladi va tabiiy muhitning sezilarli qaytmas harakterdagi o‘zgarishiga olib keladi. 2. Ekologik komponentlar (energiya, gaz, suyuqliklar, substratlar (oziqlantiruvchi muhit), produsent (o‘simliklar), konsument (hayvonlar), redusentlar (mikroorganizmlar), tabiiy tizimlarning axborot va dinamik sifatlari miqdoriy jihatdan to‘g‘ri chiziqli emas, ya’ni bir ko‘rsatkichning o‘zgarishi yoki kuchsiz ta’sir ko‘rsatishi oqibatida boshqalarida (va butun tizimda) kuchli chetga chiqish, og‘ish yuz berishi mumkin. 3. Yirik ekotizimlarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar nisbatan qaytmasdir. Ular ierarxiya bo‘ylab pastdan balandga o‘tib, - ta’sir ko‘rsatish joyidan butun biosferagacha - global jarayonlarni o‘zgartiradi va shu asosda ularni yangi evolyusiya darajasiga ko‘taradi. 4. Tabiatni har qanday mahalliy o‘zgartirishning global biosfera miqyosidagi yig‘indisida va uning eng yirik qismlarida (regionlarida) javob reaksiyasini qo‘zg‘aydi va ekologik-iktisodiy saloxiyatning nisbatan o‘zgarmasligiga olib keladi va uning ko‘payishi tabiiy tizimlarning termodinamik barqarorligi bilan cheklanadi. Ko‘plab ekologik qoidalar orasida «Tabiatni «qattiq» ( «Qo‘pol»;«dag‘al») boshqarishping zanjirli (muqarrar) reaksiyasi qoidasi» alohida o‘rinni egallaydi. «Qattiq», qoida tariqasida, tabiiy reaksiyani keltirib chiqaradi va uzoq vaqt oralig‘ida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Bu qoidaning harakati shu bilan bog‘likki, unda tabiiy tizimlardagi xayotga qo‘pol, «jarroxlik» aralashuvi ichki dinamik muvozanat qonunini harakatga keltiradi va tabiiy jarayonlarni qo‘llab - quvvatlash uchun energetika harajatlarini keskin ko‘paytiradi. Bunda ekologiyaning optimallik qonuni buziladi. Shu munosabat bilan «qattiq» boshqarishga asoslangan tadbirlar majmuasi, masalan, cho‘llarni o‘zlashtirish, suv resurslarini qayta taqsimlash va boshqalar zararni qoplash (kompensatsiya) uchun ko‘p miqdorda harajat qilishni (sho‘r yuvish, melioratsiya, eroziyaga qarshi kurash) talab qiladi yoki tadbirlarni g‘oyat ehtiyotkorona va ketini o‘ylab amalga oshirishni taqozo etadi. Tabiiylik prinsipi («eski avtombil» prinsipi) shunga asoslanadiki, tabiatni texnik tizimlar orqali boshqarish vaqt o‘tishiga bog‘liq ravishda tobora ko‘proq mablag‘ qo‘yishni talab qiladi va oxir oqibatda ularni qo‘llab - quvvatlash noratsional (zarar keltiruvchi) axvolga o‘tadi. Shu sababdan boshqarishning tabiiy («yumshoq») shakli texnik («qattiq») boshqarishdan samaraliroq bo‘ladi. Tabiiy («yumshoq») boshqarish (ekologik balansni (nisbatni) bilvosita yo‘naltiruvchi, tiklovchi boshqarish), qoida tariqasida, maqbul, maqsadga muvofiq tabiiy zanjir reaksiyasini qo‘zgashga olib keladi. Shu sababdan u ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan «qattiq» (texnogen) boshqarishdan afzaldir. Misol tariqasida maqsadga muiofiq melioratsiya tadbirlari tizimini tabiatga mos yo‘nalishlarda amalga oshirishni ko‘rsatish mumkin. Eski avtomobilni ta’mirlash uchun ko‘p mablag‘ sarflash kerakligi kabi texnogen («qattiq») boshqaruvdan ushbu holat boshqa ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Download 267.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling