Urganch davlat universteti texnika fakulteti


Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar


Download 0.74 Mb.
bet17/39
Sana28.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1236708
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Hayot.qo\'llanma

Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar.

Inson hayot faoliyati uchun yorug`lik katta ahamiyatga ega. Kishi o’zini o’rab turgan muhit to’g`risidagi ma’lumotlarni 90 % dan ko’prog`ini ko’rish organlari yordamida oladi. Shuning uchun ham korxonalardagi uskuna, jihozlarni boshqarish vanazorat qilishda ratsional yoritish natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan birga ish sharoitlari yaxshilanadi, ishchilarni charchashdan saqlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi va shu bilan birgalikda shikastlanishlarni oldini olishda, yaraqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishni kamayishiga olib keladi hamda kasb kasalligi, shal, shapko’rlikni oldini oladi.


Sanoat korxonalari yorug`lik manbaining turiga qarab, 2 xil usulda yoritiladi :
1.Tabiiy quyosh yorug`ligi yordamida yoritish ( bunda quyosh tarqatadigan nurdan to’g`ridan- to’g`ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’siridan yorug`lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug`ligidan foydalaniladi.)
2.Quyosh yordamida yoritishning imkoni bo’lmagan sanoat korxonalarining ish o’rinlari elektr nurlari yordamida, sun’iy yoritish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tabiiy yorug`lik o’zining barcha xususiyatlari bilan sun’iy yoritishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug`lik insonning ko’rish a’zolari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo’lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug`lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko’zning faoliyati uchun foydalidir.
Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish binolarini yoritishda quyidagi talablar qo’yiladi:
1.Ish o’rinlarini yoritish sanitariya gigiyena me’yorlari asosida ish toifalariga mos kelishi.
2.Ish olib borilayotgan yuzga va ko’zga ko’rinadigan atrof muhitga yorug`lik bir tekis tushadigan bo’lishi.
3. Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo’lmasligi.
4. Ish o’rinlarida to’g`ridan - to’g`ri yoki nur qaytishi natijasida hosil bo’ladigan yaltirash ishlovchilarning ko’zini qamashtirmasligi.
5. Yoritilish miqdori vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lishi.
6. Ish joyi bilan tevarak atrof bir biridan keskin farq qilmasligi.
7. Yoritgichlardan tushayotgan yorug`lik nuri to’g`ri yo’naltirilgan bo’lishi va hokazolar.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling