Urganch davlat universteti texnika fakulteti
Tuzuvchi. Тaqrizchilar
Download 0.74 Mb.
|
Hayot.qo\'llanma
Tuzuvchi.
Тaqrizchilar: . MUNDARIJA 1.So’z boshi ………….…...…………...………………………...............................4 2.Laboratoriya ishlarini o’tkazishning shakllari, uslubi va tartibi….............…...5 3.Laboratoriya ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari ….…..............8 4.Laboratoriya ishi 1. Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash ……………………………………………………………………………...10 5.Laboratoriya ishi 2. Zararli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash ………………………..………………………………............................................17 6.Laboratoriya ishi 3. Ishlab chiqarish korxonalari va inshoatlarida tabiiy yorug`likni aniqlash…..…………………………………………………………..20 7.Laboratoriya ishi 4. Ishlab chiqarish korxonalari va inshoatlarida sun’iy yorug`likni aniqlash ……………………………………………………….…….24 8.Laboratoriya ishi 5. Sanoat korxonalaridagi shovqinni va tebranishni aniqlash ………………………………………………………………………….28 9. Laboratoriya ishi 6. Birlamchi o’t o’chirsh vositalari ish unmdorligini aniqlash. va ulardan foydalanishni o`rganish ……………...................................................34 10. Laboratoriya ishi 7. Elektr qurilmalarining yerga va nolga ulashni hisoblash..40 12.Foydalanilgan adabiyotlar………...…………………………………..….......45 SO’Z BOSHI Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishda yuqori samarali va xavfsiz texnologiyalarni, mehnatni tashkil qilishning ilg`or usullarini tadbiq etish va shu bilan birgalikda ushbu soha uchun yuqori malakali o’rta bo’g`in kadrlari tayyorlashni talab qiladi. Ularning sanoat korxonalarida xavfsiz mehnat qilishlarini ta’minlash ularga sog`lom mehnat sharoitlarini yaratish, jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish usullarini o’rgatish orqali amalga oshiriladi . Ushbu uslubiy ko’rsatmalar mehnat xavfsizligi standartlari, sanitariya me’yorlari va qoidalari bo’yicha hukumat qarorlari, ko’rsatmalar, boshqa me’yoriy hujjatlar hamda Texnik oliy o'quv yurtlarining kimyoviy texnologiya bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun “Mehnatni muhofaza qilish” kursi dasturi asosida yozildi. Uning asosiy vazifasi ― talabalarga ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish, kasbiy kasalliklarning kelib chiqish sabablarini hamda ish joyidagi sharoitni mustaqil baholash uslubini o’rgatish, asboblar va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni, mehnat muhofazasi bo’yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish hamda ularni ishlab chiqarish korxonalarida amaliy qo’llanilishini o’rgatishdan iborat. Ko’rsatmalarda talabani har bir laboratoriya ishiga tayyorlash inobatga olingan. Har bir ishni bajarishda ishning maqsadi, mashg`ulotni bajarish uchun zarur bo’ladigan asbob-uskuna va jihozlar, mashg`ulotni bajarish tartibi, mustaqil ishlash uchun hisobot rejasi va umumiy tushunchalar berilgan. Тo’plamga kiritilgan laboratoriya ishlari talabalarga ishlab chiqarish jarayonida mehnat xavfsizligi bo’yicha texnik nazorat o’tkazishga mo’ljallangan zamonaviy asbob - uskuna va jihozlarning tuzilishi hamda ishlash tartibini o’rganishga imkon beradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling