Urganch davlat universteti texnika fakulteti


Download 0.74 Mb.
bet7/39
Sana28.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1236708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
Hayot.qo\'llanma

ISH BOSHLASHDAN OLDINGI
ХAVFSIZLIK ТALABLARI

• Barcha nazarda tutilgan himoya vositalari va o’t o’chirgichlarning mavjudligi hamda yaroqliligini tekshirish zarur.


• Ish joyida elektr qurilmalarni ajratib-ulagichga va laboratoriya xonasidagi umumelektr rubilnigiga ( elektr ajratgichga) ulanishiga imkon bor-yo’qligini tekshirish zarur.
• Ishga aloqador bo’lmagan asboblar va ish joyidagi ortiqcha predmetlarni yig`ishtirib olish lozim .
ISH VAQТIDAGI ХAVFSIZLIK ТALABLARI
• Mashg`ulot davrida faqatgina o’qituvchining topshirig`ini yoki laboratoriya mavzusida ko’zga tutilgan ishlarni bajarish lozim.
Laboratoriya qurilmasi, o’lchov asboblari va uskunalari texnik jihatdan soz bo’lishi shart.
• Elektr sxemalarini yig`ish (o’rnatish) faqat belgilangan elektr jihozlarida o’tkaziladi. Тok o’tkazuvchi simlarni ulashda (biriktirishda) uning sirti ishonchli izolyatsiyalangan (himoyalangan), ularning uchlari kavsharlangan bo’lishi shart .
• Elektr jihozlari yerga ulangan yoki nol o’tkazgichga ulangan taqdirdagina ularga kuchlanishni uzatish mumkin.
• Elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun qo’l bilan klemma( o’tkazgich)ga va boshqa tok o’tkazuvchi detallarga tegish taqiqlanadi.
• Faza-nol tugunlarida qarshilikni o’lchash dielektrik qo’lqop, rezina gilamcha yoki dielektrik botilarda o’tkaziladi.
• Agar asboblar va jihozlar ishlaganida biror-bir nosozliklar vujudga kelsa, ular tezda elektr kuchlanishidan ajratiladi.
• Laboratoriya xonasidagi ish joyida yong`in chiqadigan holat vujudga kelishining oldini olish uchun chekish va ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi. Yong`inni o’chirish mavzusini o’rganish uchun o’tkaziladigan mashg`ulot laboratoriya xonasidan tashqarida ochiq maydonda bajariladi.
AVARIYA HOLAТLARIDAGI ХAVFSIZLIK ТALABLARI
• Elektr qurilmaning qobig`iga kuchlanish paydo bo’lganligi sezilsa, tezda uni tokdan ajratish lozim. Bu to’g`rida talaba darhol o’qituvchiga xabar berishi talab qilinadi .
• Yong`in chiqqan holatida agar o’t o’chirish vositasi ishlamay qolsa, uni tezda o’chirish yonish manba’sining qopqog`ini bekitish bilan amalga oshiriladi.
• Baxtsiz hodisa sodir bo’lganda jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling