Urganch davlat unversiteti


Download 27.82 Kb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi27.82 Kb.
#1192606
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish Sohiba

Parmalovchi qo‘ng‘izlar.
MDH hududlarida qurilishlarni, mebel, muzey eksponatlari va boshqa yog‘och-taxta buyumlarni zararlovchi parmalovchilaming 20 ga yaqin turlari ma’lum. Ular faqat uzoq saqlangan yog‘och-taxtalarni parmalab, teshib, boshqa materiallar uchun zararli emas, ammo ularning faoliyati ayniqsa, qadimiy butlar, mebellar va muzey eksponatlari uchun o‘ta xavfli. Ular Kiji (yodgorlik) singari bebaho yog‘och-taxta memorchilik yodgorligini ham chetlab o'tmaydilar. Uni saqlab qolish uchun katta kuch sarflangan (Persov, 1966; Toskina, 1966; Voronsov, 1981; Ilichev va b.q., 1987). Isitiladigan binolarga haqiqiy sinantrop va gilofag hisoblangan mebel parmalovchisi (Anobium punctatatum Deg.) ayniqsa, katta zarar etqazadi. Binolarda deyarli hamma erda tarqalgan. Uning ommaviy uchishi turli mintaqalarda aprel-iyun oylarida kuzatilib, ayrim qo‘ng‘izlari kuzga qadar uchraydi. Qo‘ng‘iz uchishining uzoq cho‘zilishi yog‘och-taxtaning turli harorat va namligiga bogiiq boiib, buning natijasida parmalovchining rivojlanishi turli muddatlarda o‘tadi. Qo‘ng‘izlar uchish davrida erkak va urg‘ochilar jinsiy qo‘shilib, tezda urg‘ochi yog‘och-taxta to‘siqlar yoriqlari, mebellarning bo‘yalmagan g ‘adir-budur qorong‘i qismiga, qo‘ng‘izlar uchib chiqqan eski teshikchalarga tuxum qo‘yadi. Urg‘ochilar tuxumlarini taxtaning ko‘nda!ang qismiga, ko‘pincha o‘zi uchib chiqqan joyiga tuxum qo‘yishni yoqtiradi. Tuxumni qo‘yilish holati buyumning zararlanish chuqurligini belgilaydi, lichinka odatda yog‘ochning yillik qavati bo‘ylab harakat qiladi, ayniqsa, ignabarglilar yog‘ochida. Oradan 2-3 hafta o‘tgach tuxumlardan, oq uch juft oyoqli, sargish boshli lichinkalar ochib chiqadilar. Lichinkalaming shakli yoysimon egilgan, uning ko‘krak qismi juda shishgan va bukriga o‘xshaydi. Lichinka oziqlana boshlaganidan key in uning eika qismida ko‘pson!i qilchalar hosil boiadi va lichinka harakatlanishida bu qilchalarni yurish yoiakchalarining devoriga taqab harakatlanadi. Uzunnasiga ketgan yoilar lichinkalaming ekskrementlari aralash qipiqlar bilan joylanadi. Yirik licliinkaning bo‘yi 4 mm, eni esa 2 mm ga etadi. Lichinkaning rivojlanish davomiyligi yog‘ochning harorati va namligiga bogiiq. G‘umbaklanishdan oldin lichinka yog‘och yuzasiga yaqinlashib 1 mm qalinlikdagi to‘siq qoldirib, keyin undan bir oz orqaga chekinib oval beshakcha yasab, uerda g‘umbakka aylanadi. G‘umbakning rivojlanishi 2 haftagacha davom etadi. Toiiq rivojlanish davri 6 oydan (kamdankam) 3-4 yilgacha davom etadi. Shuning uchun dastlabki zararni mutaxassis ham aniqlashi qiyin boiib, faqat qo‘ng‘izlar uchib chiqqandan keyingina o‘rnatsa boiadi. Lichinkalar uchun optimal harorat 20-22°C, yuqori halokatlisi-28-30°C, 30°C haroratdan yuqorida esa ular nobud boiadilar. Yog‘ochning optimal namligi 18-20% boiib, odatda bunday namlik, nisbiy namligi 60% dan yuqori boigan binolardagina hosil boiadi.
0 ‘rta va katta yoshdagi lichinkalarning quyi rivojlanish darajasi 50%, kichik yoshdagi lichinkalarning esa quyi rivojlanish darajasi 60% nisbiy namlik bilan belgilanadi. Ayniqsa past namlikka parmalovchining g‘umbagi chidamli bo‘ladi. Isitiladigan xonalarda qish faslidagi past namlik yog‘och-taxtani parmalovchi hujumidan saqlab qoladi. Mebel parmalovchisi ayniqsa, 5-6 va undan ko'proq yil foydalanilgan yog‘och-taxtalarga ishtiyoq bilan o‘rnashadi. U stollar, stuliar, krovatlar, divanlar, shkaflar, etajerka, musiqa asboblari, kartina romlari, turli taxta tokchalari, turli buyumlarning yog‘och hattoki buxgalteriya scheti ramkalarini ham zararlaydi. Parmalovchilar pollarning chaspakgiga, deraza tokchasi, deraza romlari, pol va shift to‘sinlari, yog‘och uylarining devorlariga joylashib oladilar. Bunda to‘sin faqat xona tomondan zararlanadi. Parmalovchilarga qarshi kurash lichinkalarining yashirin hayot kechirishi tufayli juda qiyindir. Buyumlarni fumigasiya qilish bilangina, ularni ishonchli himoyalash mumkin. Yana bir ma’qul usullardan biri, qish faslida buyumlarni 3-5 sutka davomida -20°Cdan -25°C gacha muzlatishdir, natijada lichinkalar nobud boiadi. Kurash choralari nihoyat murakkab boiganligi tufayli profilaktik chora -tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik hollarda parmalovchilar binolarga eski yog‘och buyumlar orqali o ‘tishini hisobga olgan holda, bunday buyumlarni binolarga kiritishdan oldin yaxshilab nazorat qilish, kerak boiganda ularni maxsus kameralarda fumigatsiyalash lozimdir. Parmalovchilar qo‘ng‘izlarining binolarga uchib kirishi ikkinchi y o ii ochiq derazalar orqali kuzatiladi. Buning oldini olish uchun derazaga 1,5 mm katakli metall to‘r o ‘rnatishdir.

Download 27.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling