Urganch Innavatsion Universiteti 1-bosqich talabasi Rahimboyeva Guloraning Mutaxasisslikka kirish fanidan "Boshlang'ich sinflarda Matematika kursining mazmuni va tuzilishi" Mavzusidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 57.12 Kb.
bet2/5
Sana27.01.2023
Hajmi57.12 Kb.
#1133497
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda Matematika kursining mazmuni va tuzilishi

So’ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o‘qitish ayniqsa boshlang’ich ta‘lim tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi «Тa‘lim to’g’risida»gi qonunning 12-moddasi I–IV sinflarni o‘qitishga bag’ishlangan. 1997-yil 6-oktabrdagi «O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3.3.1 bandi uzlusiz ta‘limni rivojlantirishda I-IV sinflarda O‘qitishni tashkil qilishning rejalari ko’rsatilgan. Maktab ta‘limi oldiga tamoyili yangi maqsadlarning qo’yilishi matematika o‘qitish mazmunining tubdan o’zgarishiga olib kelmoqda.

Matematika boshlang’ich kursi mazmunida ham, darslik va qo’llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo’lishini talab qiladi. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, ―Тa‘lim to’g’risida‖gi qonun talablari Boshlang’ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasiga o’z ta‘sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi. Matematika so’zi grekcha ―mathema‖ so’zidan olingan bo’lib, uning ma‘nosi ―fanlarni bilish‖ demakdir. Matematika fanining o’rganadigan ob‘ekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir.

«Aqliy xujum» Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg`ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. «Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.


Download 57.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling